|
Issn (E): 2992-9148 sjif 2024 =
|
bet | 5/10 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 395,71 Kb. | | #234773 |
Bog'liq 85-94 Gulnoza Xolmurod qizi TSRUOchiq schyot orqali hisoblashilganda haridor tovarga buyurtma berilishi bilan yuklab jo’natiladi, to’lov esa o’rnatilgan muddatlarda kelishilgan summa chegarasida vaqti-vaqti bilan amalga oshirilib boriladi. Bunda haridor har gal tovar olishda kreditni rasmiylashtirib o’tirmaydi, ya’ni kreditga murojaat qilmaydi.
Chegirma berish usulida haridor to’lov hujjatlari yozilgandan so’ng, shartnomada kelishilgan ma’lum davr ichida to’lovni amalga oshirsa to’lov yig’indisidan chegirma beriladi. Agar ushbu davrda to’lay olmasa, unda belgilangan muddatda to’lovni to’liq amalga oshiradi.
Mavsumiy kredit odatda o’yinchoqlar, suvenirlar va boshqa xalq iste’mol mollarini sotishda qo’llaniladi. Masalan, o’yinchoqlarni vaqtidan oldin olib yangi yil o’tgach yanvar-fevral oyida to’laydi. Buni ishlab chiqaruvchilar uchun qulayligi ular o’yinchoqlarni omborlarda saqlash harajatlaridan xolos bo’ladilar.
Konsignasiya usulida tovarni sotib oluvchilar hech qanday majburiyatsiz sotib oladilar, ya’ni tovarlar sotilganidan keyin puli to’lanadi, agar u sotilmay qolsa egasiga qaytarib beriladi.
Xorijiy mamlakatlarda tijorat kreditidan keng foydalaniladi. MDH mamlakatlari amaliyotida tijorat kreditidan kam foydalaniladi. Umuman jaxon amaliyotida ham tijorat kreditining ochiq schyot, konsignasiya, chegirma berish usullari kengroq foydalaniladi.
Tijorat kreditining salbiy tomoni bo’lib tovarlarni kreditga bergan tashkilot unga pul tushgunga qadar mablag’ga muxtoj bo’lishi, uni o’zi kreditga murojaat qilishga majbur bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham korxonalarni tijorat kreditidan foydalanishi bank kreditidan foydalanishni inkor qilmaydi.
Yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarni hisobga olmagan holda tijorat krediti tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va korxonalarning aylanma mablag’larini xo’jalik faoliyatidan tezroq bo’shashini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Kredit faoliyati kredit resurslariga ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan qayta taqsimlashni amalga oshirish hamda kredit faoliyatining sub’ektlari uchun daromad olish imkonini beradi. Kredit faoliyati yaratuvchilik tabiatining mohiyati
89
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
|
| |