• Kalit so‘zlar
  • Ключевые слова
  • «O‘zaro Hisoblashishlar va Distributsiyalashning yagona neytral tizimi ishtirokchilari assotsiatsiyasi»
  • Innovatsion iqtisodiyot sharoitida sayyohlikni rivojlantirish va uning o‘ziga xos xususiyatlari turopova Nigora Xolmurod qizi




    Download 20,2 Kb.
    bet1/2
    Sana13.05.2024
    Hajmi20,2 Kb.
    #228884
      1   2
    Bog'liq
    Qurbonov Sanjar Maqola


    INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA SAYYOHLIKNI RIVOJLANTIRISH VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
    Turopova Nigora Xolmurod qizi
    Termiz Davlat Universiteti
    nturopova@tersu.uz
    Qurbonov Sanjar Soat o’g’li
    Termiz Davlat Universiteti
    Annotatsiya. Maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida madaniy va dam olish xizmatlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Maqolada sayyohlik sohasi global tarmoq sifatida istiqbolli eng yaxshi rivojlanayotgan soha ekanligi, uning ixtisoslashgan turlari mamlakat va mintaqa miqyosda shaxslararo, madaniy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlar rivojlanishiga ijobiy ta’siri o`rganildi.
    Kalit so‘zlar: sayyohlik, infratuzilma, savdo-sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, madaniy dam olish maskanlari, sanitariya sog‘lomlashtirish xizmatlari
    Аннотация: В статье научно проанализированы особенности развития культурно-досуговых услуг в условиях инновационной экономики. В статье рассматривается тот факт, что индустрия туризма является наиболее перспективной и развивающейся сферой как глобальная сеть, так и ее специализированные виды положительно влияют на развитие межличностных, культурных, социальных и политических отношений на региональном уровне.
    Ключевые слова: туризм, инфраструктура, торговля, пищевая промышленность, культурно-оздоровительные центры, санитарномедицинское обслуживание.
    Abstract: The article scientifically analyzes the features of the development of cultural and leisure services in the conditions of an innovative economy. The article discusses the fact that the tourism industry is the most promising and developing area, both the global network and its specialized types have a positive impact on the development of interpersonal, cultural, social and political relations at the regional level.
    Keywords: tourism, infrastructure, trade, food industry, cultural and health centers, sanitary and medical services.
    2023 yil 16 oktyabr kuni Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) Bosh assamblеyasining 25-sеssiyasini o`tkazish doirasidagi Forumda dunyoning 140 dan ortiq mamlakatidan yuqori darajali dеlеgatsiyalar ishtirok etayotgani global va mintaqaviy turizm markazlaridan biri sifatida O`zbеkistonga bo`lgan qiziqish ortib borayotganidan dalolat bеradi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shartsharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi [1]. Sayyohlik - fuqarolar o‘zlarining doimiy yashash joylari, sog‘lomlashtirish, o‘rganish, kasbiy ish yuzasi, sport yoki boshqa maqsadlarda vaqtinchalik chiqishi bo‘lib, unda xizmatlar iste’molchilarga quyidagi yo‘nalishlar orqali taklif qilinadi:  sog‘lomlashtirish (kurortda dam olish va davolanish tavsifidagi sog‘lomlashtirish guruhlari);  o‘rganish (ekskursiya dasturli turlar, muzeylarga tashrif buyurish, diqqatga sazovor joylarni ko‘rish hamda madaniy chora-tadbirlarda faol ishtirok etish);  kasbiy-ish (majlis, konferensiya, kongress, savdo yarmarka va ko‘rgazma ishlarida qatnashish, konsert, ma’ruzalarda chiqish qilish, kasbiy chora-tadbirlarda qatnashish, shartnoma tuzish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish, o‘rganish va tadqiqot faoliyati, maxsus kurslarda qatnashish va hokazolar);  sport turlari (nokasbiy sport turlari bo‘lib hisoblangan piyoda, ot, suv, chang‘i, velosiped, suv osti suzish va boshqa suv sporti, baliq ovlash, ov va boshqalar. Shuningdek, sport musobaqalarida qatnashish maqsadida taqdim etilgan turlar);  diniy (haj maqsadlari, diniy tadbirlarda ishtirok etish va qadrli joylarga tashrif buyurish marshrutlari). Biroq, joylardagi sayyohlik mavsumi bir-biriga to‘la mos kelmaydi. Bu holatda halqaro sayyohlik tizimida sayyohni jo‘natuvchi va uni qabul qiluvchi tomonlar mavjud bo‘ladi. Hamda sayyohlikning o‘zi o‘z navbatida ichki, kiruvchi, chiquvchi va mustaqil turlarga bo‘linadi. Ushbu xizmat turiga ixtisoslashgan servis tashkilotlari sayyohlik-ekskursiya xizmat ko‘rsatishni taklif etadilar hamda ular asosan aholi va xorijiy fuqarolarning sayyohlik-ekskursiya xizmatlarga bo‘lgan talablarining qondirilishiga yo‘naltiriladi. Avvalo, sayyohlik sohasida iste’molchilarga taklif etilayotgan xizmatlar kompleksi sayyohlik mahsuloti hisoblanib, sayyohlik mahsuloti sifatida sayyohlik turi keng namoyon bo‘ladi. Sayyohlik mahsulotini turistlarga turoperatorlar va turagentlar sotadilar. SHuningdek, sayyohlik-ekskursiya servis faoliyati doirasida quyidagi turdagi xizmatlarning turlari alohida guruhlarga bo‘linadi: turoperator tomonidan sayyohlik turlarini taqdim etish xizmatlari; turagent xizmatlari; mustaqil sayyohlikdagi xizmatlar; ekskursiya xizmatlar. Ekskursiya xizmatlar ekskursiyalarni taqdim etish va ekskursovodlar xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Hamda sayyohlarga xizmat ko‘rsatish doirasida ularga transfer taqdim etilishi mumkin, ya’ni transfer sayyohni keladigan joyidan vaqtinchalik bo‘ladigan joyga joylashtirish va o‘z yashash joyiga etkazish uchun tashish bo‘yicha xizmat hisoblanadi [3, 18-b.]. Madaniy va dam olish xizmatlarining tarkibi yuqoridagi xizmatlar bilan birga sanatoriya-sog‘lomlashtirish xizmatlaridan ham iborat bo‘ladi. Avvalo, mazkur xizmat turini taqdim etish bo‘yicha servis faoliyati iste’molchilarga dunyoning eng qulay rekreatsion zonalarida dam olish vasog‘lig‘ini tiklash imkoniyatlarini ta’minlaydi. Biroq, sanatoriya-sog‘lomlashtirish xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj turlari mintaqada iqlim sharoitlarning inson sog‘lig‘iga ijobiy ta’sirini isbotlab bergan tibbiyotning rivojlanishi orqali vujudga keladi. Shuningdek, tabiat-davolash resurslariga mineral suvlar, davolovchi balchiqlar, shifobaxsh iqlim, kasalliklarni davolash va oldini olishni tashkil qilish, dam olishni tashkil etish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hamda foydalanilayotgan boshqa tabiiy ob’ektlar va sharoitlar kiradi. Ana shunday xizmatlardan foydalanishga kasaba uyushma tashkilotlari yaqindan ko‘maklashmoqdalar [4,47-b.]. Umuman olganda, sanatoriya-sog‘lomlashtirish xizmatlari bir-birlariga o‘zaro mos bo‘lgan quyidagi xizmatlar majmuasida gavdalanadi: yashash bo‘yicha xizmatlar, sanatariyalarda davolanish bo‘yicha xizmatlar, sanatoriya profilaktoriyalardagi xizmatlar, pansionatlarda davolanish xizmatlari, kurort poliklinikalaridagi xizmatlar, balneologik davolanish xonalaridagi xizmatlar, yil davomida faoliyat yuritadigan balchiq bilan davolash joylaridagi xizmatlar. Sanatoriya-sog‘lomlashtirish xizmatlari sanatoriyalarda, sanatoriya profilaktoriyalarda, pansionatlarda va balneologik davolashxonalarida taqdim etiladi. Bu erda sanatoriy - qulay tabiiy sharoitlardan foydalanilgan holda insonlarning davolanishlari va dam olishlari uchun muassasa sanaladi. Sanatoriya-sog‘lomlashtirish xizmatlarining iste’moli mavsumiy tavsifga ega bo‘ladi. Xulosa sifatida aytish joizki, madaniy va dam olish xizmat turi hisoblangan sayyohlik-ekskursiya hamda sanitariya-sog‘lomlashtirish xizmatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish asosida mamlakatning iqtisodiy salohiyati oshadi. Natijada, kelajakda madaniy va dam olish xizmatlariningbarqaror rivojlanishi ta’minlanadi va uning imkoniyatlari yanada kengayadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida rivojlantirishga, uni barqaror rivojlanish, tuzilmaviy o‘zgartirishlar va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning qudratli vositasiga aylantirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
    Turizm sohasining yaratiladigan yalpi ichki mahsulotdagi, mahalliy budjetlar daromadlaridagi, bandlikni ta'minlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirishdagi hissasini oshirish bo‘yicha faol ishlar olib borilyapdi. Xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan islohotlar oqimida xususiy tursanoat sektorini jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar shakllantirilmoqda, jamoat tashkilotlari, kichik va o‘rta biznes vakillaridan chiqayotgan tashabbuslar faol rag‘batlantirilmoqda.
    Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan turizm sanoati turistik mahsulotlar va xizmatlar sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini yanada chuqurlashtirishga, raqobat kurashida o‘z pozitsiyalarini yaxshilash uchun zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etishga qaratilgan.
    2018 yili O‘zbekistonda «O‘zaro Hisoblashishlar va Distributsiyalashning yagona neytral tizimi ishtirokchilari assotsiatsiyasi» ta'sis etildi. Uning maqsadi turizm sohasining barcha yo‘nalishlariga oid yagona axborot resurslari bankiga ega unifikatsiyalangan turistik navigatsiya tizimini shakllantirishdan iborat. Shuningdek iqtisodiy faoliyatni yuritishning teng huquqli shart-sharoitlarini hamda uning barcha ishtirokchilari uchun biznes-jarayonlarning shaffofligini ta'minlash mexanizmni yaratish ham ko‘zda tutilgan.
    Yo‘lovchi tashuvlarini va xizmatlarni sotish bo‘yicha sifat jihatdan yangi jarayonlarni yaratishda, sotuvlar protseduralarini real soddalashtirish, texnologiyalarni standartlashtirish, hisobotlilikni shakllantirish va tizim ishtirokchilari o‘rtasida kirimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish yo‘li bilan turistik agentliklarning raqobatbardoshliligini oshirish imkonini beruvchi noyob vositani bozorda joriy etishga tayyorlashda faol qatnashish Assotsiatsiyaning vazifalariga kiradi.
    Assotsiatsiya qarorlari tufayli uning ishtirokchilari taqdim etiladigan xizmatlar sifati va turlarini sezilarli darajada oshirish, o‘z turistik mahsulotini ichki va xalqaro bozorlarda yanada faolroq va ishonchliroq tarzda ilgari surish kabi noyob imkoniyatga ega bo‘ladi.
    Aviakompaniyalar, temir yo‘l va avtobus kompaniyalari, turistik agentliklar, mehmonxonalar, tashuvlarni sotish bo‘yicha agentliklar, o‘quv markazlari, shuningdek kinoteatrlar, restoranlar, o‘z faoliyatini ham O‘zbekistonda, ham xorijda amalga oshiruvchi Event-agentliklar Assotsiatsiya ishtirokchisi va taklif qilinayotgan tizim foydalanuvchisi bo‘lishi mumkin.
    Xulosa
    Innovatsion iqtisodiyot sharoitida sayyohlikni rivojlantirish va uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi xulosa bilan ifodalangan:Innovatsion iqtisodiyot sharoitida sayyohlikni rivojlantirishda innovatsiyalar va texnologiyalar katta ahamiyatga ega. Yangi sayyohlik mahsulotlari, xizmatlar, va turli xil qulayliklar tajribachilarga taklif etilishi muhimdir. Bu texnologiyalar turli sohalarda qo'llanilishi mumkin, masalan, virtual realitiyani sayyohlik maqsadlari uchun ishlatish, ma'lumotlarni aniqlash uchun big data analizi, va turli turdagi ilmiy-ijtimoiy platformalar orqali mijozlar bilan munosabatlar o'rnatish. Sayyohlik sektoriga innovatsiyalar kiritilishi bilan turizm infrastrukturasining rivojlantirilishi muhim ahamiyatga ega. Bu shu jumladan, transport, mehmonxona, restoranlar, maqolat joylarini takomillashtirish, internet aloqalarini kengaytirish, va o‘rtacha turizm mijozlarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.Agar tashrif buyursa ("if-come" tourism) modeli innovatsion iqtisodiyot sharoitida sayyohlikni rivojlantirish uchun muhimdir. Bu model o‘sha joylarda turistlarning kelishini rag‘batlantirish uchun turli xil imkoniyatlarni taklif etishni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, shahar administratsiyalari "agar tashrif buyursa" platformalari orqali turistlarni shaharga jalb qilish uchun maxsus tadbirlar va ko‘rsatmalarni taqdim etishadi.Mahalliy menejment tajribasi va turizm sohasidagi hamkorlik innovatsion iqtisodiyot sharoitida sayyohlikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Mahalliy hokimiyatlar, sayyohlik kompaniyalari, jamiyat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida kuchli hamkorliklar yaratish orqali turizm tizimini rivojlantirish mumkin. Shunday qilib, innovatsion iqtisodiyot sharoitida sayyohlikni rivojlantirishga qaratilgan mashvaratlar va qabul qilingan qarorlar bilan turizm sohasida yangiliklarni o‘rganish, uning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish yo‘nalishlari turizm sanoati va iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega.


    Download 20,2 Kb.
      1   2




    Download 20,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsion iqtisodiyot sharoitida sayyohlikni rivojlantirish va uning o‘ziga xos xususiyatlari turopova Nigora Xolmurod qizi

    Download 20,2 Kb.