AYLANISHGA DEPSINIB YUGURIB KELISH VA YUGURIB KELISHGA TAYYORLANISH HARAKATLARI




Download 24,48 Mb.
bet106/244
Sana21.05.2024
Hajmi24,48 Mb.
#249047
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   244
Bog'liq
portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

AYLANISHGA DEPSINIB YUGURIB KELISH VA YUGURIB KELISHGA TAYYORLANISH HARAKATLARI

Aylanish uloqtirishning barcha turlarida va yadro itqitishda yugurib kelishga tayyorlovchi dastlabki harakatlar bajariladi. Yugurib kelish deganda snaryal tutgan uloqtiruvchining tezligini oshirishga yordam beruvchi yugurish, irg’ish yoki burilish nazarda tutiladi. Bundan asosiy maqsad butun e’tiborni bo’lajak uloqtirishga yugurib kelishga to’g’ri boshlash uchun zarur bo’lgan holatda tura bilishga jalb qilib keyingi harakatlarni bajarilishini yengillashtirishdir. Aylanish bilan yugurib kelish paytida snaryadni uchib chiqishi qo’lning markazga intiluvchi tortish kuchining snaryadga ta’siri tamom bo’lgan joydagi yoy nuqtasiga urunma baylab sodir bo’ladi. Aylanma yugurib kelish paytida snaryadga beriladigan tezlik o’z navbatida burchak tezligiga va snaryadning aylanishi radiusi uzunligiga, ya’ni uloqtiruvchi bilan iborat sistemaning aylinsh o’qida snaryad og’irlik markaziga bo’lgan masofaga bog’liqdir. Bir burchak tezligi paytida aylanish radiusi qancha katta bo’lsa, snaryadning to’g’ri chiziqli tezligi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Shunday qilib uloqtiruvchi aylanayotganda tanasining aylanish tezligini o’zgartirmasdan snaryadning aylanish markazidan uloqtirish hisobiga harakat miqdorini olish mumkin. Bundan imkoniyatlarni to’liq ishga solib bo’lganidan keyin bundan burchak tezligini oshirishga intilishi mumkin. aylanish vaqtida uloqtiruvchining aylanish tezligi ortib snaryadning aylanish radiusi kamaysa, snaryadning harakat tezligi pasayishi mumkin.
Yugurib kelishni aniq bajarganda snaryad bilan harakat qilayotgan uloqtiruvchining tezligi uloqtirishning boshlang’ich fazasidan oxirgi fazagacha tobora o’sib borishi kerak. Lekin bu tezlikning o’sishi uzluksiz va tekis bo’la olmaydi, chunki yugurib kelish mobaynida depsinish sharoiti o’zgarib boradi.
Uloqtiruvchi gavdasining ayrim qismlarining harakat tezligi uloqtirishning turli fazalarida anachagina farqqiladi.
Ammo snaryadning jila borish tezligi uning uchib chiqish paytida maksimalgacha qotishi kelak.
Uloqtirish maksimal uzoqlikka otishda erishish uchun uloqtiruvchining yugurib kelish tezligi uning tezlik va kuch qobiliyatiga va ulardan uloqtirishning yakunlovchi fazasida foydalana olish qobiliyatiga mos bo’lishi kerak.
Yugurib kelish tezligi uloqtiruvchi yugurib kelayotganida o’zi hosil qilgan kinetik energiyadan oxirgi kuch berishda qanchalik to’liq foydalana olishga bog’liq. Yugurib kelishdan uloqtirishga o’tish juda murakkabdir. Uloqtiruvchining yugurib kelish tezligi qanchalik yuqori bo’lsa, u shunchalik murakkab bo’ladi. Odatda oxirgi kuch berishga o’tishda yugurib kelish tezligidan yetarli foydalanmaydigan uloqtiruvchilarda xuddi mana shu fazada sport natijalarini oshirish imkoniyati juda ko’p bo’ladi. Yugurib kelib uloqtirishda eng yuqori yugurib kelish tezligidan effektiv foydalanish imkoniyati beradigan texnikani bilib olish uloqtiruvchi uchun juda muhimdir.




    1. Download 24,48 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   244




Download 24,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AYLANISHGA DEPSINIB YUGURIB KELISH VA YUGURIB KELISHGA TAYYORLANISH HARAKATLARI

Download 24,48 Mb.