• 2-vazifa.
  • Uslubiy ko’rsatmalar.
  • 3-vazifa.
  • Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




    Download 24,48 Mb.
    bet102/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    Uslubiy ko’rsatmalar. Dastlab langarcho’pga chap qo’lni bukmay tayanishga yo’l qo’yish mumkin, lekin bora-bora o’rganish darajasi ortgan sari, chap qo’lning to’g’ri burchakka yaqin bukilishini talab qilish kerak. Qo’lning bukilish darajasi o’zgarishi mumkin, lekin panja har doim langarcho’pga tayanib qolishi kerak. Osilib turganda oyoqlarni tushirish elastik langarcho’p bilan sakraganda temir langarcho’p bilan sakragandagichalik katta ahamiyatga ega emas.
    2-vazifa. Oyoqlarni ko’tarish va uzoqlashish texnikasini o’rgatish.
    Vositalari.
    1. Birinchi vazifadagi 5-mashqning o’zi, lekin vertikal holatdan o’tayotganda tos harakatini sekinlatib, oyoqlarni oldinga “burchak” hosil qilib ko’tarish.
    2. Oyoqlarni asta-sekin yuqoriroq ko’tarish, yelka kamarini esa, dumalayotgandek, orqaga tortib, oyoqlar vertikal, gavda esa gorizontal holatda bo’lishiga intilish. UOM albatta langarcho’pdan orqada qolishi kerak.
    3. Shuning o’zini turnikda yoki mustahkam o’rnatilgan qimirlamaydigan langarcho’pga osilib bajarish.
    Uslubiy ko’rsatmalar. Sakrovchining tosi langarcho’pdan oldinga o’tib ketmasligi kerak. Uzoqlashayotganda kallani orqaga yoki oldinga tashlamaslik kerak. Oyoqlarning tizzasini bukib ko’tarib, keyin to’g’rilasa ham bo’ladi. Langarcho’p egilayotganida, orqa bilan yiqilishdan qo’rqmaslik kerak, lekin baribir chuqur oldiga gimnastik to’shak to’shalishi kerak.
    3-vazifa. Langarcho’pda osilib turgan holatdan gavdani yuqoriga ko’tarish texnikasini o’rgatish.
    Vositalari.
    1. Yerda chalqancha yotib, kuraklarga tayanib, oyoqlar va tosni yuqoriga ko’tarish.
    2. Yerda o’tirgan holatdan orqaga dumbaloq oshib, qo’llarda tik turish. Shuning o’zini chapga burilib bajarish.
    3.Turnikda tayangan holatdan orqaga tashlanib, yoy bo’lib irg’ib tushish.
    4. Turnikda tayanib turgan holatdan snaryadga gavdani tegizmay, orqaga aylanib chiqib, oyoqlarini tik ko’tarib qo’llarda turib qolish.
    5. Bo’sh uchini sherigi ushlab turgan arqonga osilib olish, arqondan uzoqlashayotib, sherigi arqon uchini yon tomonga tortganda, gavdani yuqoriga “itqitib” yuborish.
    6. Langar tagiga “kirib” borish, undan uzoqlashayotib, langarcho’p eng ko’p bukilgan vaqtida gavdani rostlanayotgan langarcho’p bo’ylab yuqoriga “itqitib” yuborish. Tos-son bo’g’imini to’g’rilab, yuqoriga qo’llar yordamida tortilib, langarcho’p bilan birga vertikaldan o’tib, oyoqlarni tushirish va yerga qo’nish.

    Download 24,48 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    Download 24,48 Mb.