• Uslubiy ko’rsatmalar.
  • 4-vazifa.
  • -vazifa. Depsinish texnikasini (langar tagiga kirib borish va osilish) o’rgatish. Vositalari




    Download 24,48 Mb.
    bet98/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    3-vazifa. Depsinish texnikasini (langar tagiga kirib borish va osilish) o’rgatish.
    Vositalari:
    1. Vertikal turgan langarcho’pni yuqoriga to’g’ri ko’tarilgan qo’l bilan ushlab, orqaga bir qadam tashlanadi va chap qo’l bilan o’ng qo’ldan 30-40 sm pastroqdan ushlanadi. Keyin shu joyda tik turib, silkinch oyoqni uzunlikka sakrashdagi kabi harakatlantirib ko’tarib, ko’krakni langarcho’pga tekkazishga intilish.
    2. Shuning o’zi, lekin oldin bir qadam olg’a qadam tashlab depsinish va langarcho’pga osilishga o’tish.
    3. Shuning o’zi, lekin 2 qadam tashlab, o’ng qo’lni langarcho’p bo’ylab sirpantirib tushib, depsinish vaqtida langarcho’pni chap qo’l bilan tutib qolish.
    4. Arqonda xuddi langarcho’pda depsingan holatda osilib turish.
    5. Shuning o’zini poldan depsinib bajarish.
    6. Qisqa yugurib kelishdan arqonga yopishib olib, oldinga ko’krak surib harakatlanib depsinish.
    7. Murabbiy yordamida langarcho’p tagiga kirib borish. Sakrovchi depsinmaydi, murabbiy uni orqasiga qo’lini qo’yib, oldinga siljitadi.
    8. Bir do’nglikdan ikkinchi do’nglikka yoki ariqlardan hatlab sakrashlar.
    9. Qisqa yugurib kelib langarcho’p tagiga kirib borish; depsinib birgina o’ng qo’lda osilib qolish.
    Uslubiy ko’rsatmalar. Ko’rsatilgan vositalardan asosiylari – dastlabki uchtasidir. Qo’llarda tortilib ko’tarilishga yo’l qo’ymay, muvozanatni saqlash va depsinishga e’tibor berish kerak. Qo’llar sal bukilishi mumkin, lekin ularning haddan ortiq bukilib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Osilgan paytda depsinuvchi oyoq orqada va to’g’ri bo’lishiga e’tibor berish zarur.
    4-vazifa. Langarcho’pni quti devoriga tirashni o’rgatish.
    Vositalari:
    1. Turgan joyda va yura turib langarcho’p qo’yilishini taqlid qilish. Yura turib va sekin yugurayotib, qo’llarni langarcho’p bilan olg’a chiqarish. Langarcho’pning pastki uchi yerda sudralib boradi.
    2. Shuning o’zini sekin yugura turib, langar tagiga “kirish” holatida depsinib bajarish (qo’llarning yuqoriga shiddat bilan to’g’rilanishiga va uchish paytida silkinch oyoqni tushirishga e’tibor berish lozim).
    3. Yo’lkaning raxiga, chuqurcha va shu kabi joylarga langarcho’pni mashq qilib (ayniqsa ochiq joylardagi mashqlarda) yurish.
    4. Uchinchi vazifadagi uchinchi mashqni langarni beldan pastga tushirgan holatdan boshlab, uni tezroq boshdan yuqori ko’tarishga intilib bajarish.
    5. Langarni ilgarigi mashqda qo’l sirpanib tushgan joyidan tutib, ikki qadamdan qadash (texnika tasviriga qarang).
    6. Shuning o’zini bir necha qadamdan bajarish.
    7. Shuning o’zini depsinib va langarga osilib qolib bajarish.
    8. Shuning o’zini 4 va 6 qadam yugurib kelib bajarish.

    Download 24,48 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -vazifa. Depsinish texnikasini (langar tagiga kirib borish va osilish) o’rgatish. Vositalari

    Download 24,48 Mb.