• 5-vazifa.
  • Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




    Download 24,48 Mb.
    bet99/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    Uslubiy ko’rsatmalar. Bu vositalarning asosiylari oxirgi to’rt mashqdir. Bu vazifani bajarishda talabalar lapgarcho’pni to’g’ri olg’a emas, balki yuqorilatib olg’a yo’naltirishlariga e’tibor berish kerak. 4-6 qadam yugurib kelganda, langarni qadash paytini aniqlash uchun, depsinishdan 2 qadam ilgariroq belgi qo’yib qo’yish mumkin. Yugurib kelishni 12-13 oyoq tagi miqdorida uzaytira borish kerak; bu, taxminan, 2 yugurish qadamiga teng keladi. Tasvirlangan mashqlarni o’zlashtirish jarayonida langarni qumga qadashdan maxsus qutiga qadashga o’tish asta-sekin bo’lishi lozim. Agar yugurib kelish uzoqlashgani munosabati bilan langarni qadashdagi ishonch sal o’zgargudek bo’lsa, goho-goho qumga qadashni takrorlab mashq qilish kerak.
    5-vazifa. Langarcho’pga osilib turganda oyoqlarni ko’tarishni va burilishni o’rgatish.
    Vositalari:
    1. 4-6 qadamdan yugurib kelib depsinib, langarcho’pga osilish (langar, odatda, ushlanadigan yeridan 20-30 sm pastroq ushlanadi).
    2. Shuning o’zi, lekin langarcho’p vertikal holatdan o’tganidan keyin, ikki oyoqni olg’a silkish.
    3. Shuning o’zi, lekin silkinch harakat oxirida depsinuvchi oyoq tomonga 180° burilish.
    4. Asta-asta oyoqni tobora yuqori silkib, langarcho’pga yetkazishga harakat qilish.
    5. Gimnastika snaryadlarida turli silkinishlar: xalqa, turnik va bruslarda olg’a silkinib ko’tarilish, aylanib ko’tarilib, tayanib qolish va oyoqlarni yuqoriga tik ko’tarish.
    6. Arqon va langarda mashqlar: qisqa yugurib kelib, sakrab arqonga osilib, oyoqlar bilan yuqoriga silkinib chap tomonga burilish. Shuning o’zini planka ustidan o’tib bajarish.
    7. Mustahkam o’rnatilgan langarcho’pga osilib, oyoqlarni ko’p marta silkib ko’tarish.
    8. Lapgarcho’pning yuqorigi qismiga silkinuvchi oyoqni tegizishga harakat qilib, langarcho’p bilan sakrash. Burilmasdan, oldinga yiqila turib, oyoqni tushirish.
    9. Langarcho’pni qadab, qo’lni bo’shatmay, uning yuqori qismi tomon o’girilish (langar chap tomonda qoladi). Chap oyoqni qo’yib, o’ng oyoqni olg’a silkib, chap tomonga burilib, o’ng oyoqni pasaytirmaslikka intilish.
    10. Shuning o’zini sakrab, o’ng oyoqni tushirib va ikkala oyoqda yerga tushib bajarish.

    Download 24,48 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    Download 24,48 Mb.