|
LANGARCHO’P BILAN SAKRASH TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYOTI
|
bet | 97/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI5.3. LANGARCHO’P BILAN SAKRASH TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYOTI
Langarcho’p bilan sakrashning murakkab va mukammal texnikasini birdaniga o’rganish qiyin, ammo oddiy asosini tezda o’rganib olish mumkin. Dastlabki o’rganishdagi muvaffaqiyat ko’proq shug’ullanuvchining jismoniy tayyorgarligi va psihologik va irodaviy fazalariga bog’liq.
Elastik (fiberglass) langarcho’p bilan sakrashni boshlashdan oldin texnikaning asosiy elementlarini (langarcho’pni qutiga qo’yish, osilish, uzoqlashish, gavdani tortish, burilish va planka ustidan o’tishlarni) o’zlashtirib olish kerak.
Dastlabki vaqtlarda langarcho’pning egiluvchanligining ahamiyati yo’q, chunki yangi shug’ullana boshlaganlar undan foydalana olmaydilar. Yerga tushadigan chuqur bilan langarcho’plarda kamchilik bo’lmasligining muhim ahamiyati bor. Langarcho’p bilan sakrashning murakkab texnikasini o’zlashtirib olishda yordam beruvchi turli xil maxsus mashqlar mavjud.
Asosiy vazifalarni hal etish uchun quyidagi vazifalar, vositalar va uslubiy ko’rsatmalar berilgan.
1-vazifa. Shug’ullanunchilarga langarcho’p bilan sakrash texnikasini tanishtirish.
Vositalari:
1. Sakrash texnikasini namoyish qilish.
2. Ko’rgazmali qurollardan foydalanib (kinogramma, kinokolstovka va h. k.), texnika detallarini va xususiyatlarini tushuntirish.
2-vazifa. Langarcho’p bilan yugurib kelishni o’rgatish. Bu vazifa keyingi vazifazar bilan parallel hal etiladi.
Vositalari:
1. Langarcho’p bilan yurish va sekin yugurish.
2. Langarcho’p bilan 40-50 m gacha tezlanishli yugurish.
Z. Langarcho’p bilan va langarcho’siz kela turib 20 m ni yugurib o’tish vaqtini hisoblash.
4. Oraligi turli xil masofadan yugurib kelib, langarcho’pni qutiga qo’yish bilan ko’zda mo’ljal olishni yaxshilash.
5. Yugurib kelishni aniqlash va takomillashtirish.
Uslubiy ko’rsatmalar. Yurish va sekin yugurish vaqtida shug’ullanuvchilar langarcho’pni ko’tarib yugurishning o’zlariga qulay usulini o’zlashtiradilar. Keyinchalik har bir sakrovchining yugurish tayyorligiga qarab, uning uchun yugurib kelish uzunligi aniqlanadi. Buning ikkita qulay usuli bor:
a) shugullanuvchi depsinish joyida turib, orqaga qarab yuguradi va chap oyog’i tushgan yerni belgilab, shu belgidan boshlab yugurib keladi;
b) shug’ullanuvchi istagan yeridan boshlab yugurib kelib, langarcho’pni qumga suqadi. Langarni qumga suqqandagi va qutiga tiragandagi depsinish joylari orasidagi farqni aniqlab, yugurib kelish boshlanadigan joy shuncha nari yoki shuncha beri suriladi. Har gal yugurib kelishda erkin harakat qilish kerak.
|
| |