• Uslubiy ko’rsatmalar.
  • 3-vazifa.
  • -vazifa. Depsinish texnikasini o’rgatish, b) «Fosbyuri-flop» usuli. Vositalari




    Download 24,48 Mb.
    bet94/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    2-vazifa. Depsinish texnikasini o’rgatish, b) «Fosbyuri-flop» usuli.
    Vositalari:
    1. D.h. – asosiy turish. Depsingach oyoqni oldinga qo’yib tayanish va oyoqlarni pastga orqaga harakatlantirish, tanani oyoqdan oyoqqa o’tkazish, orqaga egilmasdan, bir vaqtda oldinga-yuqoriga qad bukilgan oyoqni sonini aktiv ichkariga yo’naltirish, to’liq va tovonni tashqariga, qo’llar pastda.
    2. Shu mashqni yurishda bajarish, faqat sal tezroq.
    3. Shu mashqni yurishda har 3 qadamda yuqoriga sakrab bajarish.
    Uslubiy ko’rsatmalar. Asosiy diqqatni depsinishning kuchli va ishonchliligiga e’tibor berish kerak. Orqada qolgan holda to’laligicha bukilmaydi, qo’llar silkish vaqtida bukiladi. Silkish oyog’i depsinish oyog’i oldidan o’tgandan so’ng to’laligicha tizza bo’g’inidan to’g’rilanadi. Harakatdagi oyoq tovoni oldiga uzatish uchini o’ziga olinadi va yuqoriga ko’tariladi. Hatlab o’tishda yugurib kelish 35-45o ostida. Yugurib kelish to’g’ri chiziq bo’ylab. Yugurib kelish uzunligi 7-9 m. Yugurib kelishda oxirgi 3 qadamning ritmi o’zgarmaydi, lekin oxirgi qadam undan oldingi qadamga nisbatan uzunroq bo’ladi. Yoy shaklida yugurib kelishda oxirgi 3 qadamni bajarishdan oldin silkinadigan nazorat belgisiga oyoq tushishi kerak. Yugurib kelishdan oldin sportchi plankaga yon tomon bilan turib uning proyeksiyasidan 80-90 sm uzoqlikda plankadan oyoqqa depsinishi kerak.
    3-vazifa. Balandlikka sakrashda yugurib kelish texnikasini o’rgatish, a) «hatlab o’tish» usuli.
    Vositalari:
    1. Ko’rsatib va tushuntirib berish.
    2. D.h. – o’ng oyoq oldinga, chap oyoq orqada. Yurishda oxirgi 2 qadamni uzunroq bajarish.
    3. Shu mashqni depsingan oyoq havoda silkingach oyoqda o’tirgan holda bajarish.
    4. Shu mashqni sekin yugurishda bajarish.
    5. Shuni 5 qadamda bajarish. 6. Shuni 7 qadamda bajarish.
    3-vazifa.Balandlikka sakrashda yugurib kelish texnikasini o’rgatish. b) «Fosbyuri-flop» usuli.
    Vositalari:
    1. D.h. – o’ng oyoq oldinda, chap oyoq orqada. 5-8 m radiusli doirada 3 qadam yugurib yuqoriga sakrab, osib qo’yilgan predmetga intilish.
    2. Shuni yugurib kelib sakrab silkinish oyoqni ichkari tomonga, o’ng yelkani oldinga intiltirib, yuqoridagi predmetga intilish.
    3. D.h. – o’ng oyoqni oldinga. 5 qadam yugurib sakrash, dastlabki 2 qadam to’g’ri chiziq bo’ylab plankada 70-90o ostida, qolgan 3 qadamni doira bo’ylab plankada nisbatan 30o ostida bajarish.
    4. Shuni 7 qadamda 4 qadamni to’g’ri chiziq bo’ylab.
    5. 20-30 m doira bo’ylab yugurish.
    6. Spiral bo’ylab yugurish vaqti o’tishi bilan diametrini toraytirish.
    7. Yugurishda oxirgi 3 qadam tezligini oshirish.

    Download 24,48 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -vazifa. Depsinish texnikasini o’rgatish, b) «Fosbyuri-flop» usuli. Vositalari

    Download 24,48 Mb.