|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
|
bet | 90/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI1-vazifa. Shug’ullanuvchilarning uch hatlab sakrash texnikasi bilan tanishtirish, ularda yugurib kelish, «sapchish», «qadam» va «sakrash» to’g’risida tasavvur xosil qilish.
2-vazifa. Uch hatlab sakrashning qisqa yugurib kelishdan bajariladigan oddiy texnikasini o’rgatish.
3-vazifa. «Sapchish» va «qadam»dan keyin erga tushish va depsinish uchun oyoqni to’g’ri qo’yishni o’rgatish.
4-vazifa. «Sapchish»ni «qadam»lab sakrash bilan bog’lashni o’rgatish.
5-vazifa. «Qadam»ni «sakrash» bilan bog’lashni o’rgatish.
6-vazifa. Uchinchi «sakrash» texnikasini o’rgatish.
7-vazifa. O’rta masofada va uzoqdan yugurib kelib, uch hatlab sakrash ritmini o’rgatish.
40-rasm. Uch hatlab sakrash joyi va texnikasi ketma – ketligi.
8-vazifa. Yugurib kelish texnikasini takomillashtirish va uning optimal uzunligini aniqlash. Depsinuvchi oyoqni taxtaga aniq tushiradigan bo’lish.
Uch hatlab sakrash texnikasini o’rgatishning mazkur uslubiyoti yosh sakrovchilarni tayyorlashning boshlang’ich bosqichlarida zarurdir.
Mashg’ulotlar vaqtida sakrash harakatining to’g’ri bajarilishini doimo nazorat qilib turish kerak. O’quv mashg’ulotlari tugagach, shug’ullanuvchilar musobaqada o’z kuchlarini sinab ko’rishlari va erishilgan natijalarni qayd etishlari lozim. Bunda «sapchib sakrash» «qadam» uzunligini o’lchash muhimdir.
Sakrash texnikasining kelgusida takomillashuvi shug’ullanuvchilarning irodasi va jismoniy hislatlarini rivojlantirishga bog’liq bo’ladi. Uch hatlab sakrash texnikasini o’rganish dastlab engillashtirilgan yaxlit sxemani o’rganish, so’ngra esa sakrovchini jismoniy tayyorgarlik darajasi o’sib borishi asosida uning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, shu sxemani mashq qilish jarayonida mukamallashtirishni o’z ichiga qamrab oladi. Yu.Verxoshanskiyning «Troynoy projok» kitobidagi ma’lumotlarga ko’ra, yosh sportchi – sakrovchilar bilan ish olib borish vaqtida shu narsa aniqlandiki, sakrash sxemasini dastlabki o’rganish jarayonini ikki bosqichda o’tkazish maqsadga muvofiq bo’lar ekan.
|
| |