• Uslubiy ko’rsatmalar.
  • Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




    Download 24,48 Mb.
    bet88/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    Uslubiy ko’rsatmalar. Sakrashning bu elementi texnikasi boshqa usullarga o’tganda deyarli o’zgarmaydi. Shuning uchun erga to’g’ri tushishni o’rgatgandan keyin uni ko’p marta takrorlab, malakaga aylantirib olish kerak.
    Vositalari:
    1. D.h. – depsinadigan oyoq oldinda, siltanadigani orqada. 4-6 qadam yugurishdan keyingi «qadamda» sakrab, depsinadigan oyoqni siltovchi oyoq yoniga tortib ikki oyoq bilan erga tushish.
    6-vazifa. «Oyoqlarni bukib» sakrash usulidagi harakatlarga o’rgatish.
    2. D.h. – ikki oyoq bir chiziqda, qo’llar belda, 4-6 qadam yugurishdan keyingi qadamda sakrab, depsinadigan oyoqni siltovchi oyoq yoniga tortib, ikki oyoq bilan erga tushish.
    3. D.h. – yuqoridagidek. 4-6 qadam yugurishdan keyingi «qadamda» uzunlikka sakrab 2 ta to’siqdan (g’ovlardan) o’tib ikki oyoq bilan erga tushish.
    4. D.h. – yuqoridagidek. 8-10 qadam bilan yugurib, plankadan «qadamda» uzunlikka sakrab, ikki oyoqda ko’nish (plankani balandligi 60-70 sm).
    Uslubiy ko’rsatmalar. Ayrim shug’ullanuvchilar qo’nish oldidan oyoqlarini yuqoriga ko’tara olmaydi. Chunki son va qorin muskullarining kuchi yetarli emasligidandir.
    7-vazifa.Qaychi” usulida uchish fazasini texnikasini o’rgatish.
    Vositalari:
    1. 3-5 qadamda yugurib kelib ko’proq yuqoriga sakrash.
    2. 5-7 qadamda yugurib kelib ko’proq yuqoriga sakrash.
    3. Predmetlaga osilib turib “Qaychi” usulida sakrash kabi oyoq holatlarini almashtirish.
    4. Erga qo’nish paytida depsinuvchi oyoqni pastga tushirmay, balki silkinch oyoqni ikkala oyoqda qo’nish.
    5. Maxsus mashqlar va boshqa imkoniyatlardan foydalanib qaychi usulini tasavvurida hosil qilishni o’rgatish.
    Uslubiy ko’rsatmalar. Sakrovchi havoda oyoqlarini yoki tizzalarini “qaychi” qilmaydi balki yugurishni davom ettirgandek harakat qilishi lozim.
    8-vazifa.Ko’krak kerish” usulida uchish fazasini o’rgatish.
    Vositalari:
    1. Maxsus mashqlar va boshqa imkoniyatlardan foydalanib qaychi usulini tasavvurida hosil qilishni o’rgatish.
    2. Qisqa yugurib kelib sakrash, qadam holatidan silkinch oyoq va qo’llarni tez harakat qilib ikkala oyoqda erga qo’nish.
    3. Qisqa yuguib kelib, qadam holatidan silkinch oyoqni pasta tushirish va shu oyoqda erga tushish.
    4. 8-10 qadamda yugurib kelib, “qadam” holatidan silkinch oyoqni pastga tushirib keyin orqaga torti, tozni esa oldinga chiqarish – ko’krak kerish.

    Download 24,48 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    Download 24,48 Mb.