|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
|
bet | 89/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIUslubiy ko’rsatmalar. “Ko’krak kerib” sakrash usulini o’rganayotganda “qadamlab” uchuib chiqishga e’tibor berish, depsinish vaqtidayoq barvaqt ko’krak kerib yuborish ehtimoli yo’q emas. Ko’krak kergan paytda bosh orqaga tashlanmasligi zarur.
9-vazifa. Tanlab olgan sakrash usulida texnikani takomil-lashtirish.
Vositalari:
1. Qisqa masofadan yugurib kelib uzunlikka sakrash. 2. O’rta masofadan yugurib kelib uzunlikka sakrash. 3. Musobaqaga faoliyatiga yaqinlashtirilgan holatda uzun-likka sakrash.
4. Maxsus mashqlarni bajarish.
Uslubiy ko’rsatmalar. Har bir shug’ullanuvchining uchchala usulda sakrash texnikasini aniqlab ulardan qaysi biri samaradorligini aniqlash va yo’naltirish.
O’z – o’zini nazorat qilish uchun savollar.
Uzunlikka sakrashning sport turi sifatida shakllanishi va rivojlanishi qaysi davrlardan boshlangan?
Uzunlikka sakrash bo’yicha musobaqalarni kim boshqaradi?
Uzunlikka sakrash bo’yicha musobaqalarida nechta hakam bo’ladi?
Uzunlikka sakrashni oxirgi qadamlari qanday bajariladi?
Yugurish tezligi qanaqa bo’ladi?
Vertikal tezlik qanday hosil bo’ladi?
Depsinishda UOM qanaqa holatda bo’lishi muhim rol o’ynaydi?
Uzunlikka sakrash uzoqligi nimaga bog’liq bo’ladi?
Uzunlikka sakrash tezligi qanday bo’lishi kerak?
Uzunlikka sakrash uchun necha metr masofadan yugurib kelish kerak, balandlikkachi?
Erkaklar o’rtasida uzunlikka sakrash bo’yicha dunyo rekordi qaysi davlat vakiliga tegishli?
Ayollar o’rtasida uzunlikka sakrash bo’yicha dunyo rekordi qaysi davlat vakiliga tegishli?
UCH HATLAB SAKRASHNI O’RGATISH USLUBIYOTI
Yugurib kelib uch hatlab sakrash – yengil atletikadagi murakkab mashqlardan biri hisoblanadi. Mazkur sakrash texnikasida gavda harakatining katta tezligida «sapchib sakrash», «qadam» va «sakrash»dagi tayanch va «parvoz» fazalari ketma-ket tarzda almashib turadi. Sakrashning nazariy masofasi gavda parvozini boshlang’ich tezligi kattaligiga, har bir itarilish burchagi va balandligiga bog’liq. Sportchi parvoz vaqtida yugurish, dastlabki va kelgusi itarilishlar natijasida yuzaga keluvchi trayektoriyani o’zgartirolmaydi. Shuning uchun ham parvozda barcha harakatlar muvozanatni saqlab qolishga xizmat qiladi, hamda itarilish harakatlarini faol tarzda bajarishga tayyorgarlik holatini, oxirgi sakrashda esa to’g’ri qo’nishni ta’minlaydi. Uch hatlab sakrashda natija maksimal yugurish tezligini rivojlantirish, kuchli itarilishlar, shuningdek, «sapchib sakrash», «qadam», «sakrash» balandligi va uzunligining muayyan nisbatlari natijasida yuzaga keladi.
Yugurish masofasi va tezligi sakrovchining jismoniy hislatlari (bo’yi, vazni, oyoqlari uzunligi) harakatchanlik qobiliyatlari, maxsus tayyorgarlik holatda bog’liq bo’ladi.
Taniqli sportchilarda yugurib kelish uzunligi 38-42 m. Yugurib kelish vaqtida kuchni shunday taqsimlash kerakki, toki oxirgi 3-4 qadamni eng katta tezlik va sakrashga tayyorgarlik holatida yugurib o’tish imkoni bo’lsin. Uch hatlab sakrashda birinchi itarilishga tayyorlanish uzunlikka sakrashdagiga nisbatan tabiiy holda qadamlar uzunligidagi kichik farqlar bilan amalga oshadi. Faqatgina oxirgi qadam oldingilariga qaraganda 10-15 sm qisqaroq bo’ladi. Bunga sabab, birinchi sakrashda uzunlikka sakrashdagidek parvoz balandligi yuzaga kelmaydi.
Musobaqada yuksak natijalarga erishish uchun yugurish harakatlarini aniq bajarishga ishonch hissi zarurdir, chunki bu hol sakrash oldidan yaxshi ruxiy kayfiyatni yuzaga keltiradi. Taniqli sakrovchilar odatda, baquvvat, epchil, yengil harakatlanishadi, mushaklari yaxshi rivojlangan bo’lib, 8-10 yil davomida qunt bilan mashq qilishdan so’ng 23-26 yoshda rekord natijalarga erishadilar. 100 m masofadagi 11 sek.gacha tez yugurib o’ta oladigan va 7 m 50 sm.dan uzoq masofaga sakray oladigan sportchilar bugungi kunda uch hatlab sakrashda yuksak muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
Jismonan yaxshi tayyorlangan shug’ullanuvchilargina uch hatlab sakrash texnikasini o’rganishi mumkin. Agar ular bundan oldin qisqa masofaga yugurish va uzunlikka sakrash bilan shug’ullangan bo’lishsa, o’quv jarayoni samarali o’tadi.
Uch hatlab sakrash texnikasini o’rgatish vazifalariga quyidagilar kiradi:
|
| |