• Ikkinchi bosqich.
  • Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




    Download 24,48 Mb.
    bet91/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    Birinchi bosqich. Mazkur bosqich vazifasi – yaxlit sakrash sxemasini o’zlashtirish uchun yetarli darajada sakrash texnikasini asoslari va uning alohida elementlarini o’rganish. Sakrovchi tebranish harakatlari yordamida har ikkala oyoqdan itarilishni bajara olishi kerak, startdan tezlikni tez rivojlantirishni, yugurib kelishni turtki harakatlari bilan birga bajarishni, parvozda turg’un muvozanat saqlashni o’rganish kerak. Bunga turli xil sakrash mashqlarini bajarish jarayonida erishiladi.

                1. Har bir oyoqdan itarilish (yurishda qisqa va o’rta masofada yugurib kelishda mashqni to’g’ri bajarishni nazorat qilish, buning uchun qo’shimcha vositalarni qo’llash).

                2. Qisqa masofadan yugurib kelib, har bir oyoqdan qadamlab sakrash.

                3. Har bir oyoqdan navbat bilan turtinish harakatlarini bajarish (mashq 25-30 m.li masofada yuqoriga faol siltanish va oldinga qarab bir oz siljish bilan bajariladi).

                4. Bir oyoqda sapchib sakrash yugurishda tezlanishlarni shunday bajarish kerakki, toki 35-40 m masofada yuqori tezlikni rivojlantirish mumkin bo’lsin. Bu harakatlar imkoni boricha erkin bajarilishi kerak. Masofa oxirida bo’shashib, energiya bo’yicha yugurish kerak.

    Ikkinchi bosqich. Ikkinchi bosqichda sakrovchi quyidagi izchillikda yaxlit sakrash sxemasini o’zlashtirishga kirishadi:
    1-vazifa. Soddalashtirilgan sxema bo’yicha sakrashdagi barcha harakatlar kompleksi va ularning maromini o’zlashtirish (ya’ni, yaxlit sakrash, lekin faqat qisqartirilgan harakatlar amplitudasi va kichik intensivligidagi urinishlar bilan).
    2-vazifa. Ikkinchi itarilishni o’zlashtirish asosida ikkinchi sakrashni takomillashtirish (ikkinchi turtkida kuchli, itarilgan holda 5-7 yugurish qadamidan sakrashni bajarish).
    3-vazifa. Uchinchi sakrashni takomillashtirish (parvozdagi faol tayyorgarlik va tebranish harakatlarining katta amplitudasi hisobiga itarilish quvvatini oshirish).

    Download 24,48 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    Download 24,48 Mb.