|
-vazifa.Planka ustidan oshib o’tish texnikasini o’rgatish. a) «hatlab o’tish» usuli bo’yicha.
Vositalari
|
bet | 95/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI4-vazifa.Planka ustidan oshib o’tish texnikasini o’rgatish. a) «hatlab o’tish» usuli bo’yicha.
Vositalari:
1. Ko’rsatish va tushuntirish.
2. D.h. – 40-60 sm balandlikda o’rnash-tirilgan uzun taxtaga o’ng yon boshi bilan bemalol hatlab o’tish.
3. D.h. – o’ng oyoq oldinda, uzun taxtadan o’ng yonboshi bilan turgan holda 1-1-3 qadam bilan yugurib, uzun taxta oldida sakrab, sakrash oyog’ini to’g’rilab, keyin pastga tushirib, tizza va to’piqni ichkariga aylantirish. Sakrab oyoqqa qo’nish.
4. D.h. o’ngga – gavdani uzun taxta ustiga engashtirish, qo’lni past tushirish.
Uslubiy ko’rsatmalar. Depsinishdan oldin gavda holati vertikal bo’lib, sakrovchi birdaniga taxtachaga tegmasligiga qarab turish. Taxtachadan gavdani tepa qismini o’tkazgandan so’ng oyoqlarni tizzada bukishga va son tizzani tepaga ko’tarishga e’tibor berish. Oyoqlarni bukish burchagiga e’tibor bergan holda taxtachadan o’tish.
4-vazifa.Planka ustidan oshib o’tish texnikasini o’rgatish.
b) «fosbyuri-flop» usuli bo’yicha
Vositalari:
1. D.h. – qo’nish joyida orqa tomon bilan 2 oyoqda zarb bilan depsinib ko’tarilib, yuqorida yerga va matoga tushishni bajarish. Yerga qo’ngandan keyin to’g’rilangan oyoqni o’ziga tortish.
2. D.h. – uzun taxtachaga orqa bilan turish (uzun taxta bel qismini balandligida). Yugurib kelish tomoniga yelkani birmuncha ko’tarish, bir vaqtda boshni burish, depsinish, sekin oyoq bilan uzun taxtachadan o’tish.
3. Bu ham 2-mashq singari bir va uch qadamdan yugurib kelib to’g’ri chiziq bo’ylab sakrash.
4. D.h. – o’ng oyoq oldinda, chap orqada. 3-5 yugurish qadam bilan yoysimon yugurib kelib uzun taxtachadan sakrab o’tish.
5. D.h. – gimnastik otida orqa bilan turib, qo’llar gavda bo’ylab uzatilgan, oyoq uchida ko’tarilish bilan birga yelkani ko’tarish va boshni burish, orqaga sekin engashish va orqa bilan oti ustida sirpanish, bosh bilan o’nbaloq oshib o’tish.
6. D.h. – orqaga yotib oyoqlarni tizzadan bukib, son va tosni tepaga ko’tarish, gavdani uzmasdan kuraklarni ko’prik shaklida bukish (taxtacha ustidan o’tish holatini egallash)
|
| |