|
ULOQTIRISH, TURTISH VA DEPSINISH MASHQLARI YIROQQA OTADIGANSNARYAD EKANLIGI
|
bet | 105/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIULOQTIRISH, TURTISH VA DEPSINISH MASHQLARI YIROQQA OTADIGANSNARYAD EKANLIGI
Uloqtirish mashqlari yiroqqa otadigan snaryadekanligi, snaryadni uchishi, boshlang’ich uchish tezligi, uchib chiqish burchagiga havo qarshiligi. Sport snaryadini uloqtirishdan maqsad uloqtiruvchi harakatini chegaralovchi ma’lum qoidalarga snaryadni mumkin qadar uzoq masofaga tashlashdir.
Uloqtirish – g’ayrisiklik mashqlar bo’lib, uloqtiruvchidan katta asab muskul kuchini va yaxshi jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Busiz yuqori sport natijalariga erishish mumkin emas. Snaryadlarni uzoqqa borib tushishi sportchi uloqtirish texnikasini bilishiga bog’liqdir. Snaryadning uchishi va uloqtirish texnikasi mexnikaning umumiy qoidalariga bo’ysunadi. Lekin sport snaryadlarining konstruksiya xususiyatlariga va musobaqa qoidasiga qarab uloqtirish texnikasi bir – biridan farqqiladi.
Har qanday jismning uchish masofasining uzoqligi uning boshlang’ich uchish tezligiga o’sib chiqish burchagiga va havo muhitining qarshiligiga bog’liq. Ammo bunda havo qarshiligini snaryadning uchib chiqish doyi bilan tushish joyi bir-biridan qanchalar past-baland ekanini va snaryadning ayerodinamik xususiyatlarini hisobga olish kerak.
SNARYADNING UCHISHI BOSHLANG’ICH UCHISH TEZLIGI, UCHIB CHIQISH BURCHAGI, HAVO QARSHILIGI
Disk va nayza uloqtirishda qarama – qarshi havo oqimiga nisbatan uchib chiqayotgan snaryadning holati katta ahamiyatga ega. Uloqtirish texnikasida snaryadni tushish va uloqtirishning barcha fazalari muhim ahamiyatga ega. Har xil snaryadni uloqtirishning o’ziga xos tomonlari bo’lsa ham umumiy talablarini aniqlash mumkin. Snaryadni to’g’ri qo’lda tutish va uni uloqtirish paytida olib otish snaryadning tuzilishi va uloqtirish texnikasiga bog’liq.
Snaryadning tutish uloqtirishning barcha harakatlarini yaxshi bajarishga, ayniqsa oxirgi kuch birligida kuch va qo’l barmoqlari uzunligidan, uloqtirish paytigacha uloqtiruvchi qo’l muskullari sal bo’shashgan bo’lishidan to’liq foydalanishga va uloqtirish vaqtida harakatlarni yaxshi kuzatishga yordam berishi kerak. Snaryadning tuzilish usullari ularning tuzilishiga va uloqtirish texnikasiga bog’liq.
Snaryadni tuzilish usullari ularning tuzilishiga, uloqtirish texnikasiga ayrim paytlarda esa uloqtiruvchining xususiyatlariga ham bog’liq.
|
| |