|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
|
bet | 101/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIUslubiy ko’rsatmalar. Planka ustidan tezroq o’tishga harakat qilish barvaqt burilishga sabab bo’ladi. Bunday hollarda ikki oyoq bilan yuqoriga silkinishga, planka ustidan chalqancha yoki yonboshlab o’tiladigan bo’lsa, o’z vaqtida burilishga e’tibor berish kerak bo’ladi. Shuningdek, plankadan uzqolashish va yerga tushishning to’g’ri bo’lishiga ham e’tibor berish zarur. Birinchi sakrashlarda, sakrovchi tegmasdan o’tishi uchun plankani qo’lda tutib, past yoki baland qilib burish kerak. Bu sakrovchida ishonch hosil bo’lishiga yordam beradi.
7-vazifa. Elastik langarcho’p bilan sakrashni o’rgatish.
Sakrovchi temir yoki bambuk langarcho’pda sakrashning texnika elementlarini o’zlashtirgandan keyingina, elastik langarcho’p bilan sakrashni o’rgana boshlashi mumkin. Bu vaqtga kelib, sportchi 330-360 sm balandlikdan langarcho’p bilan sakray olishi va elastik langarcho’pni 4 m yuqorisidan tutib yugura olishi kerak.
Oldinlari chuqurligi 40 sm dan normal 20 sm gacha o’zgaradigan maxsus o’quv qutisi ishlatib, o’rgatish sharoitini yengillatsa ham bo’ladi. Sportchi langarcho’pni egib, o’z kuchini to’g’ri yo’naltirishni o’rgansin uchun, egiluvchanligi ko’proq langarcho’pdan ham foydalanish mumkin.
Sakrovchi sakrash texnikasini egallab, langarcho’pni ko’lroq egish natijasida ma’lum kuch sarflashni o’rgangandan keyin, ancha qattiqroq langarcho’pga o’tishi mumkin. Murabbiy langarcho’p egilishini diqqat bilan kuzatib borib, uni o’z vaqtida almashtirish uchun maslahat berishi kerak. O’quvchi biron texnika elementini noqulayroq bajarganda ham, yerga tushganda lat emaydigan hamma sharoit bo’lishi kerak. Shuning uchun dastlabkn vaqtlarda tayanch qutining ikki yoniga ham porollon tiqilgan qoplar yoki gimnastik to’shaklar solib qo’yiladi. Ishonch bilan sakrashning ikkinchi sharti o’rgatish tartibiga rioya qilishdir (shoshilinch o’rgatish zarurati yo’q bo’lsa).
Elastik langarcho’ppda sakrash texnikasini o’rgatish tartibi:
1-vazifa. Elastik langarcho’pni egishni o’rgatish.
Vositalari:
1. Depsinish joyida langarcho’pni qutiga qadab, chap qo’l bilan unga tayanib va o’ng qo’l bilan tutib turib, ko’krak va tos bilan oldinga jilib, langarni egish.
2. Shuning o’zini 4-6 qadam yurib kelishdan langarcho’pni qutiga qadab bajarish.
3. Shuning o’zini sekin yugurib kelib, oyoqni yerdan uzmay bajarish.
4. Langarcho’pni pastrog’idan tutib, sekin yugurib kelishdan osilishga o’tib, langarni egish va depsingan joyga qaytib tushish.
5. Asta-sekin yugurib kelishni uzaytirib, langarning tutish joyini yuqorilashtirib depsingandan keyin, egilgan langarda osilgancha, vertikaldan nari o’tish.
|
| |