|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
|
bet | 100/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIUslubiy ko’rsatmalar. Oldin oyoq bilan gavdani silkib, keyin qo’llarda tortilishga e’tibor berish kerak. Sakrash vaqtida sportchi langarcho’pdan juda uzoqqa o’tib ketmasliti kerak. Uzoqlashishga ko’proq e’tibor berish kerak. Burilishdan keyin oyoqlarni barvaqt oldinga tushirmaslik kerak, yelka langarcho’p yaqinida bo’lsin. Sakrashda ham, yerga tushishda ham hamma vaqt muvozanat saqlashga e’tibor berilsin. Yerga tushish vaqtida langarcho’p o’ng yelka yonida, qo’llar tirsagi yon tomonlarga yo’nalgan bo’lishi kerak. Shug’ullanuvchilarni yerga tushish texnikasi bilan ham tanishtirish kerak. Yuqorida ko’rsatilgan vositalardan asosiylari dastlabki 4 ta mashqdir. Uchinchi mashq – langarcho’p bilan uzunlikka sakrab burilish – muhim mashqlardan biridir. Bu mashqda depsinish, langar tagiga kirib borish va uzun silkish elementlari, ya’ni sakrash texnikasining asosiy elementlari shiddat bilan bajariladi. Langarcho’p bilan uzunlikka sakrashda texnikaning alohida elementlarini yaxlit texnikaga bog’lab o’rganish qulayroq bo’ladi. Bunday sakrashga o’rgatayotganda, o’quv musobaqasi o’tkazish foydalidir.
59-rasm Langarcho’pdan sakrash joyi va texnikasi ketma - ketligi
6-vazifa. Planka ustidan o’tish texnikasini o’rgatish.
Vositalari:
1. Stul ustida bukilgan oyoqlarni yuqori ko’tarib, yarim bukilgan qo’llarda tik turish. Oyoqlarni tushirib, qo’llarni tiklab, stul suyanchig’i ustidan o’tish.
2. Shu mashqning o’zi, lekin gimnastik skameyka ustidan depsinib barer yoki planka ustidan o’tish.
3. O’tirgan holatdan aylanib, qo’llarda tik turish. Shuning o’zini planka ustidan aylanib bajarish.
4. Yugurib kelib, skameykadan yoki plintdan depsinib, plankadan sakrab o’tish.
5. Qimirlamaydigan langarcho’pdan planka ustidan o’tish.
6. Yugurib kelib (6-8 iadamdan) o’qituvchi yoki uning yordamchisi ushlab turgan plankadan sakrab o’tish. Planka, taxminan, 160-180 sm balandda, qutining orqa devoridan esa 150-200 sm narida.
7. Qutidan 100-150 sm naridagi planka ustidan sakrab o’tish.
8. Sakrash o’zlashtirila borgan sari planka balandroq ko’tarilib, qutiga yaqinlashtiraveriladi.
|
| |