• 8.5. MUSOBAQA HUJJATLARINI TAYYORLASH VA NASHRETISH
  • Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish




    Download 24,48 Mb.
    bet155/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish – kotibiyatning kelajak faoliyatidagi eng mas’uliyatli amallardan biri. Bu vaqtda ishning xususiyati uni amalga oshirish sxemasiga mos bo’lishi lozim.
    Uning o’ziga xos jihati – ishtirokchilarni musobaqalarga kiritish uchun mas’ul bo’lgan hay’at, kotibiyat hamda xo’jalik ta’minoti xizmati faoliyatining bir vaqtda olib borilishidir.
    Barcha guruhlarning bir xonada joylashuvi jamoalar vakillariga o’z jamoalarining mazkur bellashuvda ishtirok etishini tez rasmiylashtirish imkonini beradi.
    Eslatma: Xalqaro musobaqalar o’tkazilganda, talabnomalar faks orqali yuboriladi. Bunda kotibiyat talabnomani vakil bilan tekshiradi, zarur bo’lsa, unga o’zgarish kiritadi va ishtirokchilarga raqamlarini beradi. Barcha jamoalarning talabnomalari sharti bilan kechki kengashga butun dastur bo’yicha start qaydnomalari tayyorlanadi.
    Bosh kotib talabnomani qabul qilayotganda uning musobaqalar Nizomiga muvofiq rasmiylashtirilishini talab qilishi shart. Ayni vaqtda kotibiyatga ishtirokchilarning to’ldirilgan varaqalari topshiriladi. Har bir varaqadagi “Zayavlennыy natija” ustunida sportchining dasturda mavjud muayyan nomerda shu mavsumda ko’rsatgan eng yaxshi natijasi qayd etiladi (ayniqsa, yugurishda mazkur natijaning qayd etilmaganligi qur’a ta’sir o’tkazishi mumkin).
    Talabnomalarga ishlov berilgach, ular papkaga tikiladi, varaqalar dastur nomerlari bo’yicha taxlanadi va musobaqaning ishchi hujjatlarini tayyorlash uchun taqdim etiladi.
    Ishtirokchilar chiqishlarining ketma-ketligi yengil atletika bo’yicha musobaqa o’tkazish xalqaro qoidalariga muvofiq aniqlanadi (Qoidalarga q.).


    8.5. MUSOBAQA HUJJATLARINI TAYYORLASH VA NASHRETISH

    Musobaqaning barcha hujjatlari shartli ravishda uch guruhga bo’linadi:



    • musobaqalarga qadar;

    • musobaqalar vaqtida;

    • musobaqalardan keyin bosib chiqariladigan hujjatlar.

    Ko’pgina hujjatlarni tayyorlash uchun ishtirokchining varaqasi asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.
    Ishda qulaylik yaratish uchun varaqalar dastur nomerlariga qarab xatjildlarga joylanadi va har birining ustiga dastur turi, jinsi, rekordlari, toifa me’yorlari, keyingi davraga chiqish shartlari; mazkur turda ishtirokchilar soni, start vaqti yozib qo’yiladi.
    Ishchi qaydnomalar hakamlik blanklariga bosib chiqariladi va ularda mazkur davra to’g’risidagi ma’lumotlar – musobaqalarning nomi va dastur nomeri, musobaqaning boshlanish vaqti, o’tkazilish joyi, rekordlar, malakaviy me’yorlar hamda sportchilarning poyga (guruhlar, seriyalar, joylar) bo’yicha ro’yxatlari albatta ularning qur’a bo’yicha chiqish ketma-ketligiga ko’ra yoziladi.
    Ishchi qaydnomalarining nusxasi start qaydnomalari o’rnida ishlatilishi mumkin.
    Kotibiyat tomonidan chiqariladigan start qaydnomalari miqdori (adadi) quyidagicha aniqlanadi:

    Ma’muriyat

    – rasmiy shaxslar va mehmonlar soniga ko’ra;

    Ishtirokchi jamoalarga

    – vakillar orqali bir nusxadan chiqarilib, umumiy foydalanish uchun e’lonlar taxtasiga osib qo’yiladi;

    Matbuot uchun

    –matbuot markaziga barcha hujjatlar 1-2 nusxadan jo’natiladi;

    Hakamlar hay’atiga

    – papkalarga joylanib, guruh va xizmatlarning nomi yozib qo’yiladi.




    Download 24,48 Mb.
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish

    Download 24,48 Mb.