|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
|
bet | 156/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIIshchi hujjatlarning to’plamlari:
musobaqa Reglamenti;
musobaqa Jadvali;
toza qog’oz varaqlari;
ishchi qaydnomalar (taxminiy miqdori – yugurish turlariga – 9, texnik turlar – 7).
Ishchi qaydnomalardan tashqari hakamlar guruhlari papkalariga hakamlik blanklari ham joylanadiki, ular musobaqa o’tkazish uchun zarur hisoblanadi.
Masalan,marradagi hakamlar guruhi uchun:
marradagi katta hakam qaydnomalari;
katta vaqto’lchovchiqaydnomalari;
davralar bo’yicha yugurish va oraliq vaqt hakamlari qaydnomalari;
masofadagi hakamlarning yozuvlari blanklari joylanadi.
Sportcha yurish bo’yicha hakamlar uchun – yurish bo’yicha hakamlar yozuvlari, jamlovchi qaydnoma, uslub bo’yicha hakam qaydnomasi va h.k. blanklar taxlanadi.
Agar ishtirokchilarning varaqalariga natijalar hakamlar guruhlari kotiblari tomonidan yozilsa, u holda papkalarga varaqali xatjildlar ham joylanadi, bunda guruhdagi kotiblar soni bir nafar hakamga ko’paytiriladi.
Papkalarning taxminiy miqdori va ularning kimlar uchun tayyorlanishi:
ishtirokchilar qoshidagi hakam;
startyor;
marra;
axborot;
fotomarra;
tablo;
shamol tezligini o’lchash;
sakrashlar: uzunlikka, uch hatlab, langarcho’p bilan, balandlikka;
uloqtirishlar: yadro, lappak, nayza, bosqon.
Har qanday darajadagi musobaqada kotibiyat e’lonlar taxtasini o’rnatishi lozim.
E’lonlar taxtasi vakillar va sportchilar ko’rishi mumkin bo’lgan joylarda (masalan, ishtirokchilar yig’iladigan joyda va kotibiyat yaqinida) o’rnatiladi.
Start qaydnomalari va natijalarni alohida joylashtirish maqsadga muvofiq. Jamoalarga oid ma’lumotlarni Nizom, Reglament, jadval bilan bir taxtaga joylashtirgan ma’qul.
|
| |