• VI. Shaxsiy va jamoa birinchiligini aniqlash tartibi
  • VII. Mukofotlash
  • VIII. Ishtirokchilar va tashkilotlarni qabul qilish shartlari
  • Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




    Download 24,48 Mb.
    bet159/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    V. Musobaqa dasturi
    Erkaklar va o’smirlar: 60, 200, 400, 800, 1500, 3000, 5000 m.ga yugurish; 60 m.ga to’siqlar (barerlar) osha yugurish, uzunlikka, balandlikka, uch xatlab, langarcho’p bilan sakrash, yadro uloqtirish, 5 km.ga yugurish.
    Ayollar va o’smir qizlar: 60, 200, 400, 800, 1500, 3000, 5000 m.ga yugurish; 60 m.ga to’siqlar (barerlar) osha yugurish, uzunlikka, balandlikka, uch xatlab, langarcho’p bilan sakrash.
    VI. Shaxsiy va jamoa birinchiligini aniqlash tartibi
    Dasturning xar bir turiga ikki sportchi tavsiya etilishi mumkin. Xar bir sportchi dasturning ikki turi bo’yicha qatnashishi mumkin. O’zbekiston Kubogi dasturida shaxsiy birinchilik xar bir turdagi yuqori sport natijalariga ko’ra aniqlanadi.
    O’smirlar ichida shaxsiy birinchilik 1987-1988 yillarda tug’ilgan sportchilar orasida o’ynaladi. O’smirlar o’rtasida o’rinlar musobaqaning barcha ishtirokchilari orasida egallagan yuqori joyiga qarab aniqlanadi.
    Jamoa birinchiligi qatnashchilar jamlagan ochkolar soniga qarab aniqlanadi. Jamoa birinchiligi xisobiga quyidagilar kiradi:
    Birinchi gurux bo’yicha – 22 yaxshi natija;
    Ikkinchi gurux bo’yicha – 10 yaxshi natija.
    Ochkolar xisobi IAAFning yopiq inshootlar uchun 2003 yildagi natijalar jadvali bo’yicha amalga oshiriladi.
    Rag’batlantiruvchi ochkolar jamoaga XTSU me’yorini bajargani uchun 500, SU uchun 300 ochko tarzida qo’yiladi.
    VII. Mukofotlash
    O’zbekiston Kubogi dasturining barcha turlari va o’smirlar o’rtasida O’zbekiston Respublikasi birinchiligi g’oliblari O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining sovg’a va birinchi darajali diplomi bilan taqdirlanadi. O’smirlar o’rtasida O’zbekiston birinchiligi g’oliblariga O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining birinchi darajali diplomi beriladi. 2 va 3 o’rinni egallagan sportchilar Vazirlikning muayyan darajadagi diplomi bilan taqdirlanadi.
    VIII. Ishtirokchilar va tashkilotlarni qabul qilish shartlari
    O’zbekiston Kubogi va 1987-1988 yillarda tug’ilgan yigitlar o’rtasida O’zbekiston Respublikasi birinchiligi qatnashchilari, jamoa vakillari va trenerlarning (murabbiy) safar bo’yicha xarajatlari (yo’l xaqi, kunlik to’lov, maoshni saqlash, ovqatlanish) safarga jo’natgan tashkilot xisobidan qoplanadi.
    Musobaqani tashkil etish va o’tkazish bo’yicha xarajatlarni (musobaqaga hakamlarni chaqirish va jo’natish, ovqatlantirish, hakamlik uchun to’lov, sport baza ijarasi, mukofotlash) O’zbekiston Madaniyat va sport vazirligi zimmasiga oladi. Malakasini oshirishga da’vogar hakamlar safarga jo’natayotgan tashkilot tomonidan musobaqa hakamligiga yuborilishi mumkin.

    Download 24,48 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    Download 24,48 Mb.