|
Kotibiyat uchun xonalar va ularning jihozlanishi
|
bet | 154/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIKotibiyat uchun xonalar va ularning jihozlanishi
Kotibiyat uchun yorug’ va yetarlicha keng xona ajratilishi zarur, u marraga hamda musobaqa o’tkazilayotgan boshqa joylarga yaqin bo’lgani ma’qul.
Mebellarni shunday joylashtirish kerakki, kotib-hakamlarning har biri uchun alohida hududlar ajratilsin. Kompyuterlar va nusxa ko’chirish texnikasi alohida yoki natijalarga ishlov berayotgan hakamlardan chekkaroqqa o’rnatiladi.
Imkon bo’lsa, bosh kotibga ayrim xona beriladi yoki umumiy xonadan alohida joy ajratiladi, chunki u boshqa kotiblarga halal bermagan holda jamoalar vakillari bilan ishlay olishi lozim. Hujjatlarning harakatini kamaytirish, keragidan ortiq yurishlarga yo’l qo’ymaslik uchun kotiblar ish sxemasiga muvofiq o’rinlarni egallashi zarur. Kotibiyatni uning ishiga aloqador bo’lmagan shaxslar va hakamlardan chegaralab qo’yish kerak, buning uchun boshqa xizmatlarni ham xonalar bilan ta’minlash lozim. Kotibiyat xonasiga kirish joyi ikkita bo’lgani ma’qul (ba’zan bu sun’iy ravishda amalga oshiriladi): hakamlar guruhlari kotiblari uchun – kirish oldida hakamlik hujjatlarini beruvchi yoki qabul qilib oluvchi kotib o’tiradi (uning o’zi ma’lumotlar bo’yicha kotib vazifasini bajarida) hamda jamoalarning vakillari uchun – kirish oldida bosh kotib yoki uning muovini joylashadi.
8.4. TALABNOMALARNI QABUL QILISH VA ULARGA
ISHLOV BERISH
Musobaqa oldi davrida butun dastlabki tayyorgarlik ishlari tugab, bevosita mazkur musobaqa hujjatlari bilan ishlash boshlanadi.
Bosh kotib ish tartibini tuzib, talabnomalarni qabul qilishdan to musobaqa haqida hisobotni chiqarguncha bo’lgan davrda kotibiyatda ishlash uchun ajratilgan har bir hakamga ish joyini belgilab beradi.
Kotib hakamlarni ikkita asosiy ish uchastkasiga taqsimlash zarur: talabnomalarni qabul qilish va musobaqaning ishchi hujjatlarini tayyorlash.
Tayyorgarlik ishlari musobaqaning barcha kotib hakamlariga ko’rsatmalar berish, ularga kotibiyat tanlagan ish tartibining xususiyatlarini, shuningdek, butun hakamlar hay’atining ishlash texnologiyasini tushuntirishni o’z ichiga oladi. Bunda har bir hakam o’z vazifasi hamda hujjatlar almashinuvi sxemasini – kimdan qanday hujjatlar olishini, ular bilan nima qilishini, kimga etkazib berishini, qanday yangi hujjatlar tayyorlashi va h.k.ni bilishiga ishonch hosil qilish kerak.
|
| |