• O‘quv mashg‘ulotining maqsadi
  • O‘quv faoliyati natijalari
  • Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




    Download 24,48 Mb.
    bet203/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    Mashg‘ulot shakli

    Amaliy: Guruhli

    Amaliy mashg‘ulot rejasi

    1. Yadroni ushlash texnikasi va usullarnio’rgatish
    2. Yadroni qo’ldan chiqarib yuborish texnikasini o’rgatish.
    3. Yadro bilan harakatlanish texnikasini o’rgatish.
    4. Yadro itqitish texnikasini yaxlit o’rgatish
    5. Yadro itqitish texnikasini takomillashtirish.

    O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Yadroni ushlash texnikasi va usullarnio’rgatish

    Pedagogik vazifalar:
     Shug’ullanuvchilarga yadroni itqitish texnikasi haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.

     Shug’ullanuvchilarni yadroni ushlash va itarish haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.


     Shug’ullanuvchilarni final kuchlanishi haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
     Shug’ullanuvchilarni sakrab-sakrab harakat qilish haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.

     Yadro itqitish texnikasini takomillashtirish va shaxsiy xususiyatlari haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.


     Sakrab-sakrab yadro itg’itish texnikasi haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.

    O‘quv faoliyati natijalari:
     Birinchi mashg’ulotlarda yengillashtirilgan yadrodan foydalaniladi, baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun shug’ullanuvchilarni oralig’i 3-4 m qilinib, bir tomonga qarab itqitish haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
     Qo’lni shikastlantirmaslik maqsadida, albatta panjalar bilan tayyorgarlik mashqlarini bajarish kerak. Yadro bilan o’tkaziladigan mashqlar yondashtiruvchi mashqlar bilan almashlab turiladi. Oyoq, gavda, qo’l ketma-ket ishlashi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
     Mashqlar quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: 1) chap oyoqni tayanch uchun tushirish; 2) tosni aylantirish; 3) tovonni o’ngga burish; 4) ko’krak bilan oldingayuqoriga harakat qilib, qo’ldagi yadroni itqitish. Mashqlarni bajarishda keraklilari: 1) ikki oyoqda yaxshi tayanch hosil qilish; 2) itqitishda harakatni o’ng oyoqdan boshlab, tosni aylantirish bilan uni oldinga-yuqoriga harakatlantirish. Itqitishni yo’nalishini nazorat qilish uchun ma’lum predmetni ustidan oshirib itqitish haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
     Sakrab-sakrab harakat qilishda o’ng oyoqni (tayanch) kuchlanishi doiraga burchak bo’lib qaratilgan bo’lib, yuqoriga qaratilmasligi shart. Sakrab-sakrab harakat qilishda, doiraning ichida ―sirpanib bajarishni harakatiga erishish shart. Sakrab-sakrab harakat qilishni, oldingi vazifalarni yechish bilan parallel olib borsa bo’ladi. Sakrab-sakrab harakat qilishda oyoqlarni bir vaqtdagi harakatiga (chap oyoqni siltash – o’ngini to’g’rilash) e’tibor berish lozimligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
     Gavdani engashishini saqlash. Sakrab-sakrab bajarilgan harakatda yadroni doimiy ravishda oldinga va keyinchalik tezlanish bilan bajarilishi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
     Jismoniy rivojlanish kamchiliklarini topish va ularni maxsus vositalar va yadro mashqlar bilan bartaraf etish. Final kuchlanishida oyoq, gavda va qo’lni barobar ishlashiga erishish. Texnikani baholash uchun joydan va sakrab itqitilgan natijalar solishtiriladi (yaxshi texnikani egallaganda farq, 1,5-2 m ni tashkil qiladi) haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.


    Download 24,48 Mb.
    1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    Download 24,48 Mb.