Sotsial normalar, sanksiyalar va shaxs




Download 1,24 Mb.
bet13/92
Sana05.12.2023
Hajmi1,24 Mb.
#111254
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Bog'liq
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya (2)

Sotsial normalar, sanksiyalar va shaxs.
Sotsial norma — shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o’z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan xarakatlar talablaridir. Masalan, o’zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan insonning kim bo’lishidan qat’iy nazar, «Assalomu alaykum» deb kelishi — norma; o’quvchining o’qituvchi bergan topshiriqlarni bajarishi lozimligi — norma; xotinning er hurmatini o’rniga qo’yishi, qaynonaga gap qaytarmaslik — norma; avtobusda yoki boshqa jamoat transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o’rin bo’shatishi — norma va hokazo. Bu normalarni ayrim-alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda ham ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo’lishi sotsial tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko’pchilik tomonidan e’tirof etilganligi fakti bilan xarakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va sotsial guruh psixologiyada muhrlanadi.
Sotsial normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vakili bo’lmish shaxs tomonidan qay darajada bajarilishi yoki unga amal qilinayotganligi sotsial sanksiyalar orqali nazorat qilinadi. Sotsial sanksiyalar - normalarning shaxs xulqida namoyon bo’lishini nazorat qiluvchi jazo va rag’batlantirish mexanizmlari bo’lib, ularning borligi tufayli biz har bir alohida vaziyatlarda sotsial xulq normalarini buzmaslikka, jamoatchilikning salbiy fikri obyektiga aylanib qolmaslikka harakat qilamiz. Masalan, yuqoridagi misolda, agar jamoat transportida katta mo’ysafid kishiga o’rin bo’shatishni norma deb qabul qilmagan o’smirga nisbatan ko’pchilikning ayblov ko’zi bilan qarashi, yoki og’zaki tanbeh berishi, juda kam hollarda o’zini bebosh tutayotgan o’smirning qo’lidan tutib, nima qilish kerakligini o’rgatib, «ko’zini moshday qilib ochib qo’yish» sotsial sanksiyaning hayotdagi bir ko’rinishidir.
Har bir alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan sotsial normalar va sanksiyalarni u yoki bu sotsial rollarni bajarishi mobaynida xulqida namoyon etadi. Rol — shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi. Masalan, talaba rolini oladigan bo’lsak, uni bajarish — u yoki bu oliy o’quv yurtida tahsil olish, uning moddiy bazasidan foydalanish, kutubxonasiga a’zo bo’lish, stipendiya olib, ma’muriyatning sotsial himoyasida bo’lish kabi qator huquqlar bilan birgalikda o’sha oliygoh ichki tartib-intizomi normalariga so’zsiz bo’ysunish, darslarga o’z vaqtida kelish, reyting baholov talablari doirasida kundalik o’zlashtirish normalarini bajarish, amaliyotda bo’lish, dekanatning bergan jamoatchilik topshiriqlarini ham bajarish kabi qator burchlarni ham o’z ichiga oladi.
Bu rol uning uyga borgach bajaradigan «farzandlik» roli (ota va ona, yaqin qarindoshlar oldida) talab va imtiyozlaridan farq qiladi. Ya’ni, konkret shaxsning o’ziga xosligi va qaytarilmasligi u bajaradigan turli-tuman sotsial rollarning xarakteridan kelib chiqadi. Shunga ko’ra, kimdir «tartibli, ba’mani, fozil, axloqli va odobli» deyilsa, kimdir-be’mani, bebosh, o’zgaruvchan, ikkiyuzlamachi (ya’ni, bir sharoitda juda qobil, boshqa yerda — betartib) degan hayotiy mavqega ega bo’lib qoladi.
Hayotda shaxs bajaradigan sotsial rollar ko’pligi sababli ham, turli vaziyatlardagi uning mavqei — statusi ham turlicha bo’lib qoladi. Agar biror rol shaxs sotsial tasavvurlari tizimida uning o’zi uchun o’ta ahamiyatli bo’lsa (masalan, talaba roli), u boshqa rollarni unchalik qadrlamasligi va oqibatda, o’sha vaziyatda boshqacharoq, noqulay va noboproq mavqeni egallab qolishi mumkin. Qolaversa, rollarning ko’pligi ba’zan rollar ziddiyatini ham keltirib chiqarishi mumkinki, oqibatda — shaxs ichki ruhiy qiyinchiliklarni ham boshdan kechirishi mumkin.
Hozirgi sotsial-iqtisodiy vaziyat va bozor munosabatlari sharoitidagi raqobat muhiti shaxsdan bir vaqtning o’zida qator qobiliyatlar va malakalarni talab qilmoqdaki, ayniqsa, yoshlar o’zgaruvchan sharoitlarga tezroq moslashish uchun ba’zan bir-biriga zid xislatlarni ham xulqda namoyon qilishga majbur bo’lishmoqda. Masalan, yosh oila boshlig’i, talaba, ota-onalarga moddiy jihatdan qaram bo’lmaslik uchun, bir vaqtning o’zida ham itoatkor, intizomli talaba va o’qishdan keyin esa — chaqqon va uddaburon, tadbirkor, tijoratchilik bilan shug’ullanishga majbur bo’lishi mumkin. Bu holat tabiiy, shaxsdan kuchli iroda, doimiy intiluvchanlik va o’z ustidan muttasil ishlashni talab qiladi.

Nazorat uchun savollar:


1.Shaxs sotsial ta’sirlar mahsuli sifatida
2. Shaxs tushunchasi bo’yicha qaysi allomalarning fikarlarini bilasiz?
3. Sh a x s — sotsial va shaxslararo munosabatlarning mahsuli
4.Sotsial normalar-nima?
5.Sanksiyalar deganda nimani tushunasiz?
6.Sanksiyalar va shaxs.



Download 1,24 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Download 1,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sotsial normalar, sanksiyalar va shaxs

Download 1,24 Mb.