• Ijtimoiy psixologiyaning eksperimental fan sifatidarivojlanishi
  • -Mavzu: E. FROM NAZARIYASIDA IJTIMOIYLASHUV MEXANIZMLARI




    Download 1,24 Mb.
    bet7/92
    Sana05.12.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #111254
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92
    Bog'liq
    Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya (2)

    3-Mavzu: E. FROM NAZARIYASIDA IJTIMOIYLASHUV MEXANIZMLARI.
    E.BERN NAZARIYASIDA IJTIMOIYLASHUV QONUNIYATLARI.

    Reja:
    1.Ijtimoiy psixologiyaning eksperimental fan sifatida


    rivojlanishi
    2. Shaxsiyat nazariyasi E. Fromm.
    3. E. Bernning shaxsiyat nazariyasi.


    Tayanch so’z va iboralar: “geshtalt psixologiyasi”, “interaktsiopizm” ,”id”, “ego”, “superego”,”kognitivizm”

    geshtalt” (nemischa Gestalt — obraz, shakl ma’nosida


    Interaktsiopizm- “umumlashtirilgan o’zga” obrazi
    Id – bu anglanmaganlik, bunga biologik ichki sezgilar va insonning hayvonlar bilan umumiy bo’lgan organik ehtiyojlari kiradi.
    Ego – shaxsning o’zini anglashi
    Superego- inson qadriyatlari, uning hayotiy maqsadlari, ideallari kiradi.
    Kognitivizm –(K.Levin nazariyasi asosida paydo bo’lgan psixologik yo’nalish bo’lib,) undagi o’rganish ob’ekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo’lgan kognitiv holatlar.


    Ijtimoiy psixologiyaning eksperimental fan sifatidarivojlanishi
    XX asr shu bilan xarakterli ediki, u turli fanlar oldiga konkret topshiriklar, vazifalar kuya boshladi. Bundan tashkari,juda kup fanlarda ob’ektiv eksperimental usul yo’li bilan ilmiy faktlar tuplash yulga kuyildi. Psixologiya fani xam bundan istisno emas edi. Sof psixologlar individ psixologiyasini eksperimental urganar ekanlar, ularning boshka individlar ta’sirida bulishi faktini inkor kila olmas edilar. Ikkinchidan,esa, Amerikada kupgina psixologlar uz tadkikot ob’ektlarini laboratoriya sharoitida ayrim
    psixik jarayonlarni urganish amaliyotidan real, jamiyatda mavjud bulgan insonlar jamoasi -kichik guruxlarga kuchira boshladilar. Bu davrda psixologiyada shakllanib bulgan uch asosiy okim (psixoanaliz, bixeviorizm va geshtalt psixologiya) ichida xam ijtimoiy xulk-atvorni kichik guruxlar doirasida urganishga intilish paydo buldi.
    XX asr boshidagi psixologiya fani shu bilan ajralib turardiki, olimlar nazariy izlanishlarga kupam e’tibor berishmas, xattoki, katta guruxlar, ommaviy xodisalar psixologiyasi xam nazardan ancha chetda kolgan edi. Asosiy dikkat kichik guruxlarga va ularda turlicha eksperimentlar utkazishga karatilgan edi. Bunday Xolatning paydo bulganligi ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishida nixoyatda katta rol uynadi.
    Masalan, geshteltpsixologiya yunalishi negizida maxsus ijtimoiy-psixologik yunalishlarning — interaktsionizm va kognitivizmning vujudga kelganligi yangi paydo bulayotgan fanning eksperimental asosi xam bulishi mumkinligini yana bir bor isbot kildi. Chunki ushbu yunalishlardagi ishlar eng avvalo, insoniy uzaro alokalar va xamkorlikning, uzaro ta’sirning sirlarini aniklashga karatilganligi bilan olimlarning dikkatini torta oldi. Geshtaltpsixologiyaning asoschilari Xisoblangan nemis psixologlari M. Vertxeymer, V. Kyoler, K. Koffkalardan farkli, amerikalik Kurt Levin va uning maktabi tarafdorlari ijtimoiy xulkning motivlarini urganishga kirishdilar, F. Xayder esa “geshtalt” (nemischa Gestalt — obraz, shakl ma’nosida) tushunchasini ilk marotaba ijtimoiy psixologiyaga olib kirib, shu orkali shaxslararo uzaro idrokning mexanizmlarini izladi, dastlabki eksperimentlar aynan Amerika Kushma Shtatlarida utkazildi.
    Bixeviorizm yunalishlari doirasida utkazilgan ijtimoiy- psixologik tadkikotlar avvalo amerikalik olimlar KXall va V.Skinnerpar nomi bilan boglik. Ular va ularning izdoshlari xisoblangan K.Miller, DDollard, J.Tibo, G.Kelli va boshkalar diada - ikki kishi urtasidagi munosabatlarning xilma-xil; eksperimental kurinishlarini tadqik kilib, ularda matematik uyin nazariyasi elementlarini kulladilar. Diada sharoitida laboratoriyalarda utkazilgan tadkikotlarda asosan mustaxkamlash goyasini isbot kilishga urinildi. Klassik bixeviorizmdan farkli ularok, ijtimoiy-psixologik bixevioristlar xayvonlar urniga laboratoriyada utkaziladigan tekshiruvchlarga naqd pul tulagan xolda odamlarni taklif eta boshladilar. Shuning uchun xam bixevioristlarning yangi goyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi xayvonlarda tuplangan dalillar modelini insonlarda tekshirib kurish urfga aylandi. Yondashuvdagi sun’iylikka karamay bu tekshiruv va sinovlar xam ijtimoiy psixologiyani ayrim yangi dalillar bilan tuldirilishiga imkon berdi.
    Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy-psixologik tadkikotlar E.Fromm va J.Salliven ishlari bilan boglik.Bixevioristlardan farkli ularok, bu erda eksperimentlar ikki kishi emas, balki kupchilik ishtirokida utkazila boshladi.Ularning izdoshlari V.Bayon, V.Bennis, G.Sheparde, V.Shuttspar utkazgan tadkikotlar tufayli xdzirgi kunda xam katta kizikish bilan urganilayotgan “T - Guruxlar” psixologiyasi yaratildi. Unda gurux sharoitida bir odamning boshkalarga ta’siri, guruxningayrim individlar fikrlari ta’siriga berilishi kabi masalalareksperiment sharoitida ishlab chikildi va ijtimoiy-psixologik treninglar utaazishga asos solindi.
    Kognitivizm aslida Kurt Levin nazariyasi asosida paydo bulgan psixologik yunalish bulib, undagi uRganish ob’ektda munosabatlar tizimidagi odamlar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taallukli bulgan kognitiv xolatlar buldi. Kognitivizm doirasida shunday mukammal, boshkalarga o’xshamas nazariyalar yaratildiki, ular xozirgi kunda xam uz axamiyatini yukotgani yuk.Masalan, F.Xayderning balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T.Nyukomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshkalar shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy goya shundan iboratki, shaxs o’zigao’xshash shaxslar bilan mulokatga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruxiy mutanosiblik, tenglik bulishiga, shu orkali ziddiyatlardan chikishga xarakat kiladi. Maksad - turli ijtimoiy vaziyatlarda shaxs xulk-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning oldini olish uchun yul-yuriklar ishlab chikishdan iborat. X,ozirgi davrda xam tanikli ijtimoiy psixologlar Olport, A.Maslou, K.Rojers va ularning safdoshlari gumanistik psixologiya doirasida bu ishlarni faol davom ettirmokdalar.
    Nixoyat, yana bir eksperimentlar bilan boglik bulgan nazariya interaktsiopizm bulib, bu aslida sotsiologik nazariya xisobla nadi. Uning asoschisi Gerbart Mid bulib, uning karashlari ta’sirida T.Sarbinnnng rollar nazariyasi, G.Xaymen va R.Mertonlarning referent guruxlar nazariyasi, F.Goffmantt ijtimoiy Dramaturgiya nazariyalari shakllandi. Bu olimlar turli ijtimoiy sharoitlardagi xulk-atvorni tushuntirish orkali shaxs ijtimoiy- psixologik sifatlarining sabablarini topishga xarakat qildilar. Nazariyalarning moxiyati shundaki, xar bir shaxs doimo ijtimoiy uzaro ta’sir tizimida mavjud buladiki, unda u tugri xarakat kilish uchun uzgalarni tushunishga xarakat kilishi, uzgalar rolini kabul kilishga tayyor bulishi lozim. Lekin uzgalar rolini tugri kabul kilish uchun unda “umumlashtirilgan uzga” obrazi bulishi lozimki, bu obraz shaxslararo mulokat jarayonida, xar bir shaxs uchun ibratli bulgan kishilar guruxi bilan mulokotda bulish jarayonida shakllanadi. Ya’ni, shaxening faolligi tan olinadi, bu esa fan tarixida uta progressiv xolat edi.
    Yukorida aytib utilgan nazariya va okimlar xozirgi kunda xam ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishiga uz xissalarini kushib kelmokdalar. Keyingi davrlarda Rossiyada rivojlangan ijtimoiy psixologiya va sobik Ittifok davlatlarida utkazilgan barcha fundamental va tatbikiy tadkikotlarda chet ellik psixologlar, xususan amerikalik olimlar karashlarining ta’siri kattadir.
    Psixoanaliz – XIX asr oxiri XX asr boshlarida avstriyalik nevrolog Zigmund Freyd tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariyaga ko’ra, shaxs uch qism: Id, Ego va Superegodan iborat insonning ichki, psixologik hosilasidir. Id – bu anglanmaganlik, bunga biologik ichki sezgilar va insonning hayvonlar bilan umumiy bo’lgan organik ehtiyojlari kiradi.
    Z.Freyd jinsiy ehtiyojlar va tahdidlilikni, A.Adler – hokimiyatga intilishni, K.Xorni – turli-tuman komplekslarni, E.Fromm – odamning ozodlikka yoki uni cheklashga intilishini ajratib ko’rsatadilar. Bu – shaxsning o’zini anglashi, ya’ni Ego. Superegoga inson qadriyatlari, uning hayotiy maqsadlari, ideallari kiradi. Shaxsning bu uch tarkibiy qismlari, odatda, uyg’unlik holatida bo’lmaydi, ular o’rtasida nevrozlarga, inson ruhiyati va xulq-atvoridagi nuqsonlarga sabab bo’luvchi nizolar yuzaga keladi.
    Sotsial-psixologik nazariyalarning mazkur yo’nalish doirasida tizimga keltirish E.Fromm va Dj.Sallivan nomlari bilan bog’liq. Sotsial psixologiyaning ba’zi bir muammolari K.Yung, A.Adler tadqiqotlarida rivojlantirildi.
    Psixoanaliz doirasida echishga qaratilgan ikkita sotsial-psixologik muammoni keltirish mumkin: inson va jamiyat o’rtasidagi konflikt, insonning ijtimoiy cheklovlar bilan to’qnashuvida namoyon bo’lishi va shaxsning ijtimoiy faollik manbalari.
    Bu oqim ta’sirida T-guruhlar (trening guruhi) o’tkazish amaliyoti, ya’ni odamlarning bir-biriga ta’sir ko’rsatish mexanizmlaridan foydalanish paydo bo’ldi.
    Psixoanaliz yangi psixologik yo’nalish – gumanistik psixologiyaning kelib chiqishiga turtki bo’ldi (A.Maslou, K.Rodjers).



    Download 1,24 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92




    Download 1,24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: E. FROM NAZARIYASIDA IJTIMOIYLASHUV MEXANIZMLARI

    Download 1,24 Mb.