|
SEMINAR MASHG‘ULOT ISHLANMALARI
|
bet | 76/92 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 1,24 Mb. | | #111254 |
Bog'liq Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya (2)SEMINAR MASHG‘ULOT ISHLANMALARI.
1-MAVZU: SHAXS IJTIMOIYLASHUVI
REJA:
1. Ijtimoiylashuv tushunchasi
2. O’spirinlik davrida shaxs ijtimoiylashuvi
3. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs yo’nalishining shakllanishi
1-topshiriq. 1. Ijtimoiylashuv tushunchasi .”Klaster” metodikasi bo’yicha shaxsning ijtimoiylashuvini yoritish.
Bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatning asosi maqsadlarida biri–barkamol avlodni tarbiyalashdir. Barkamol avlod tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan kishilar sifatida psixolog mutaxassislarga bugungi mavzu juda dolzarbdir.
«Ijtimoiylashuv» atamasini birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog F.G.Giddings insonlarga nisbatan qo'llagan. U o‘zining «Ijtimoiylashuv nazariyasi» (1897) kitobida «ijtimoiylashuv individ tabiati yoki xarakterining rivojlanishi, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir», degan fikrni bildiradi.
2-topshiriq. O’spirinlik davrida shaxs ijtimoiylashuvi. “Shaxsiy fikr” metodikasi bo’yicha o’spirinlarning ijtimoiylashuvini bayon eting.
Shaxs, uning dunyoni bilishi, o’zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni bilishi, tushunishi va o’zaro munosabatlar jarayonida o’zidagi takrorlanmas individuallilikni namoyon qilishi hamda ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga bog’liq ayrim jihatlarini tahlil qilish bizga umumiy ravishda shaxs-jamiyatda yashaydigan sotsial mavjudotdir, degan xulosani qaytarishga imkon beradi. Ya’ni, u tug’ilgan onidan boshlab o’ziga o’xshash insonlar qurshovida bo’ladi va uning butun ruhiy potensiali ana shu sotsial muhitda namoyon bo’ladi.
3-topshiriq. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs yo’nalishining shakllanishi.
Sotsiallashuvning institutlaridan tashqari uning oqibati masalasi ham psixologiyada muhim amaliy ahamiyatga ega. Shaxs sotsiallashuvining eng asosiy mahsuli — bu uning hayotda o’z o’rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi faoliyatlarda ishtirok etishidir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, shaxsning yo’nalganligi masalasiga ham fanda katta e’tibor beriladi. Sotsiallashuv jarayonida shaxs faoliyatini yo’naltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg’un, barqaror motivlar majmuiga ega bo’lishlik shaxsning yo’nalganligi deb ataladi.
Yo’nalganlikning eng muhim tarkibiy qismlarini quyidagilar tashkil etadi MAS’ULIYAT, MAQSADLAR VA IDEALLAR, QIZIQISHLAR VA DUNYOQARASH.
|
| |