Guliston davlat universiteti




Download 277.5 Kb.
bet14/23
Sana01.08.2021
Hajmi277.5 Kb.
#16725
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o’quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo’llanilarigan usuldir.

O’qish darslarida reproduktiv metod keng qo’llaniladi. Xo’sh bu usulni qachon qo`llash mumking’

Bu usullar o`quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Reproduktiv usullar o`quvchilarning o`quv materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta'minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita 6oshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko`nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo`llaniladi.

Reproduktiv usullar - o`quv materialining mazmuni, asosan, ahborot harakterida bo`lsa, amaliy harakatlarning usullarini ta'riflasa, o`quvchilarning bilimlarini mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish uchun tayyor Qanday holda induktiv va deduktiv usullar qo`llaniladig’ Ayniqsa, deduktiv o`qitishga talab va e'tibor kuchaydi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Induktiv yoki deduktiv usullarni qo`llash o`rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma'lum mantig`ini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o`tishni tanlashni anglatadi.

Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Reproduktiv usulda o`quvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan bilimlarini qo`llaydi. Masalan, o’qituvchi dastlabki darslarda o’zi asar matnini qismlarga bo’ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo’lgan muhim fikriga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko’rsatadi, o’quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib,o’quvchilarga ko’maklashadi. Bularning bari o’quvchilar uchun bir ko’rsatma vazifasini o’taydi. Shundan so’ng o’quvchilar o’qituvchining ko’rsatmalari yordamida yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni o’zlari mustaqil ravishda bajaradilar.

Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang’ich sinf o’qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya sullaridan “Aqliy hujum”, “Tarmoqlash”, “Guruhlar bilan ishlash”, “Blis texnologiyasi”, “FSMU texnologiyasi” kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.

Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo’llash o’qituvchi o’qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi lozim.

2-sinf o’qish darsidagi ish turlarini quyidagicha belgilash mumkin

– O’qituvchi topshirig’i bo’yicha matnni to’liq o’qish.

–Matnni bo’laklarga bo’lish.

–Tayyor reja bo’yicha o’qish.

–Matnni o’qib, mazmunini hikoya qilish.

–Matnni tayyorgarlik ko’rgan o’quvchilar tomonidan o’qilishi. Matnni qisqartirib o’qish.

–Xatboshi bo’yicha o’qish.

–Matndan rasmga bag’ishlangan qismini o’qish.

–O’qituvchining savollariga matndan javob topib o’qish.

–Tanlab o’qish.

–Gapning boshi yoki oxiridagi so’z asosida to’liq gapni topish. «Me'yor»dagidan yo’qori tezlikda o’qish.

–Ertak yoki masalni o’qiganda « Nima haqiqatga yaqin, nima o’ylab topilgan» mavzusida suhbat.

–Maqol sifatida aytiladigan gaplarni topish.

–Matndan xulosalarni topish.

–Matnga o’z sarlavhasini tanlash.

–Rollarga bo’lib o’qish.

–Dialoglarga bo’lib o’qish (muallif so’zlarisiz).

–O’qiganlarni qayta gapirishda mimika, imoishoralardan foydalanish.

«Jonli tasvirlar» o’yini. Bir kishi o’qiydi, ikkinchi kishi eshitganlarini mimika, imo ishoralar yordamida takrorlaydi. Matndagi har xil kayfiyatga xos qismlarni topish (quvnoq, xafa, bcfarq).

Matndagi diqqat bilan o’qishni talab qiladigan qismni topish.

Matndan undov, so’roq xarakteridagi gaplarni topish. Musobaqa' o’qish.

Siymolarni ifodalovchi so’zlarni topish.

Urg’u berilganda so’zlar ma'nosining o’zgarishini kuzatish va o’qish.

Sekin, tez, baland o’qiladigan gap va so’zlarni aniqlash.

She'rlarni bandlar bo’yicha o’qib, pauza bilan tugatish. She'rdan bir bandni tanlab, ifodali o’qish.

Matndan yoyiq gapli qismni topib o’qish.

O’qish darslari jarayonning samarali o’tishida motivlar muhum o’rin tutadi. Chunki qiziqib, aniq maqsad asosida egallangan bilimlargina samarali bo’ladi.

Ta'limda faqat qiziqishga tayanib qolish ham motivatsiyaning asosli samarali bo’la olishini ta'minlamaydi. Bunda eng muhim samarali usul motivatsion-muammoli vaziyatlarni qo’yish yoki o’rganilayotgan predmetning ijtimoiy mohiyatini aks ettiradigan maxsus bilishga oid vazifalarning qo’yilishidir.

Masalan, yangi dars boshlanishida yoki o’tgan darsni so’rash va mustahkamlash paytida didaktik o’yinlardan foydalanib, o’quvchilarning darsga qiziqishlari oshiriladi. Motiv hosil bo’lgach, dars davomida o’quvchilarning qiziqishlari saqlanib turgan holda o’rganilayotgan mavzuning ijtimoiy ahamiyatiga e'tibor qaratiladi. Boshlang’ich sinfda dars jarayonida motivlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatlarini tashkil etishda motivlarga ko’proq e'tibor berishi o’quvchilarning bilim egallash jarayonining samaradorligini ta'minlaydi.

O’qituvchi dars loyihasini tayyorlar ekan, maqsadni oydinlashtirishi va shu maqsad asosida o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatlarini shunday tashkil etishi lozimki, belgilangan maqsad to’liq amalga oshsin.

Darsda pedagigik texnologiyalarning metodlaridan foydalanish, o’quvchilarni bilimlarini kengaytirish o’qituvchidan katta mahorat talab etadi. U dars ishlanmasida boshqaruv yo’llarini belgilab oladi. O’z faoliyati va o’quvchilar faoliyatini tashkil etish yo’llarini, o’quvchilar bilimini nazorat etish yo’lLarini aniq ishlab chiqadi. Ta'lim natijasini tekshirib, maqsadning nechog’li amalga oshganini aniqlaydi va keyingi loyihani tuzishda korrektirovkalar kiritib, yo’l qo’yilgan xato-kamchiliklarni bartaraf etadi. O’qish darslarini tashkil etishda o’qituvchidan quyidagilar talab qilinadi:

Mustahkamlash-umumlashtirish darslarining maqsadi esa o’quvchilarning bo’lim yuzasidan o’rgangan bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirishga xizmat qiladi, bundan tashqari o’quvchilar bilimini nazorat qilishga ham xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun ham bunday darslar loyihasini qiziqarli yoki noan'anaviy tarzda ishlashga e'tibor qaratilsa ancha samarali bo’ladi.

Pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o’tib, interfaol usullarning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o’z isbotini topmoqda. Bu borada, pedagogik texnologiyalar muvofaqqiyatlarni kafolotlovchi omilligini ta’kidlagan holda, izlanishlarimiz, bir qancha tajribalarimizni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish orqali olib bordik va bir qancha natijalarga erishdik. O’qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida qurish o’quvchilar bilimini oshirish, og’izaki nutqini o’stirish maqsadida “Reklama” metodidan foydalandik. Bu metod boshlang’ich sinf o’qish darslarida qo’llanilsa o’quvchilarning kitob o’qishga bo’lgan ishtiyoqi, og’zaki nutqi shakllanadi, so’z boyligi oshadi, har bir mavzuga savol tuza olishga, erkin va mustaqil fikrlashga o’rganadilar. Ushbu metod orqali o’quvchilar ertaklarni, badiiy asarlarni reklama qiladilar. Reklama qilish jarayonida ertak, asar qahramonlariga xos sifatlarni ochib beradilar. Ya’ni asarni o’qib, asardagi voqea-jarayonlarni reklama qiladilar. Metodni qo’llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi.

1. o’quvchilar guruhlarga ajratiladi.

2. o’quvchilarga ertak yoki biror bir asarning mavzusi e’lon qilinadi.



  1. o’quvchilar mavzudagi jarayonlarni, undagi qahramonlarni qisqa fikrlar

bilan reklama qiladilar.

  1. sinfdagi boshqa o’quvchilar esa ertak yoki asarning nomini topishadi.

  2. Mazmunli, aniq va qiziq reklama tayyorlagan o’quvchi rag’batlantiriladi.

Bu metodning o’ziga xos jihati shungaki, unda o’quvchilar asar qahramonlarining rollariga kirib, she’rlarni esa ifodali tarzda o’qishga harakat qiladilar.

Bunga Termiz shahridagi 15-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinfida olib borilgan pedagogik tajriba ishlari orqali aniqlik kiritamiz. Termiz shahridagi 15-umumiy o’rta ta’lim maktabining 2-“E” sinfida O’qish fanidan o’tilgan ochiq darsning namunaviy dars ishlanmasi.





Download 277.5 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Download 277.5 Kb.