ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-140-147
Academic Research, Uzbekistan 141 www.ares.uz
marta oshib, soniyada terabitlar bilan o'lchanishi mumkin. Optik toladagi
yorug'likning yengil pasayishi kuchaytirgichlardan foydalanmasdan muhim
masofalarda optik tolali aloqa o'rnatishga imkon beradi.Optik tolali aloqa
elektromagnit parazitlardan ozod va ruxsatsiz foydalanish uchun kirish qiyin: optik
kabel orqali uzatiladigan signalni ehtiyotkorlik bilan ushlab turish texnik jihatdan
juda qiyin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Vazifasiga ko‘ra tolali optik kabellar magistral, hududiy va shahar kabellariga
bo‘linadi. Yotqizish sharoitlariga bog‘liq xolda stansiya va liniya optik kabellari
telefon kanalizatsiyasi kanallarida, gruntda, suv ostida yotqiziladigan; ustunlarga
osiladigan turlarga bo‘linadi. Tolalarni tuzilishiga ko‘ra monotolali va jgutli tolali
optic kabellarga bo‘linadi. Aloqa texnikasida faqat monotolali optic tolali kabel
qo‘llaniladi. Optik tolani tayyorlash uchun ishlatilingan materialga bog‘liq xolda,
«kvars-kvars» (optik tolani(OT) o‘zak va qobig‘i kvarsdan tayyorlangan) va «kvars-
polimer» (OT o‘zagi kvarsdan, qobiq esa polimerdan tayyorlangan) turdagi tolali
optik kabel(TOK) bo‘lishi mumkin. Liniya kabellari uchun faqat «kvars-kvars»
turdagi OT qo‘llaniladi. OT ni birlamchi mustahkamlovchi himoya qoplama
materialiga bog‘liq xolda, polietilen, poliamid, selikon, epitaloksial va epoksiakrilat
qoplamali kabellarga bo‘linadi. Liniya TOK da asosan epoksiakrilat qoplamali OT,
stansiya kabellarda polietilen qoplamali OT qo‘llaniladi.
OT qaysi to‘lqin uzunligiga mo‘ljallanganligiga bog‘liq ravishda 0,85; 1,3 va
1,55 mkm to‘lqin uzunliklarida ishlaydigan TOK ga bo‘linadi.
Topologiya – bu tarmoqning tuzilishi, bog’lanishdagi fizik yoki elektrik
konfiguratsiyasi.Uning bir nechta turlari mavjud.
Umumiy shina (Bus)
Yulduzsimon (Star)
Xalqa (Ring)
Daraxtsimon (Tree)
Barcha elementlar bir-biri bilan to’g’ridan to’g’ri ulangan topologiya (Mesh)