ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-140-147
Academic Research, Uzbekistan 143 www.ares.uz
Raqamli ma’lumot uzatish tizimlarida o‘tkazish qobiliyati yuqori bo‘lgan
telekommunikatsiya tizim va texnologiyalarini qo‘llash orqali texnologik
jarayonlarda boshqarish
darajasini takomillashtirish, xavfsizlikni oshirish, energiya
tejamkorlikka erishish hamda ma’lumotlar ayriboshlash imkoniyatlarini kengaytirish
imkoniyati yaratiladi.
Simsiz tarmoqning afzalliklari va kamchiliklari
Har qanday holatda simsiz texnologiyalarni qo`llashda
har qanday sharoitda
ham kamchilik va afzalliklari mavjud.
Simsiz tarmoq asosiy afzalliklari ko'rib chiqaylik.
Simsiz texnologiyani yaratishda va uni qayta qurish qulay, chunki simsiz
texnologiyani qurishda ortiqcha kuch sarflanmaydi va eng muhimi samarali va tezkor
tarmoqni yaratishda ortiqcha xarajat ketmaydi. Hatto oddiy tarmoq qurganda ham bir
yoki bir nechta kirish nuqtalari bilan siz mahalliy tarmoqqa
alohida binolarni yoki
bir-biridan uzoq masofada joylashgan kompyuterlarni ulashingz mumkin
bo`ladi.Bundan tashqari, simli texnologiyani yaratishdan ko`ra
simsiz texnologiya
yaratish samarali va qulaydir. Bunga misol qilib aytsak bo`ladi turli konferensiyalar,
ko`rgazmalar, seminarlar va h.k.Bundan tashqari simli texnologiyalarni qurishda turli
xil qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin masalan kabellarning joylashishi,
binolarning arxitekturalik tuzilmasi buzilishi mumkin va yana simli texnologiyalarga
bunga turli xil kabellar bunga optik kabellar, utp kabellar va koaksial kabellar kiradi.
Va ushbu kabellar ni qurishda turli xil qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Simsiz
texnologiyani siz qayta va qayta qurish imkoniyatiga egasiz chunki,
ushbu
texnologiyalarni qurishda siz eng avvalo kompyuterdan foydalangan holda maxsus
dasturlari orqali qayerida nasozliklar borligini ko`rishingz mumkin bo`ladi.
Mobillik.
Bizning dunyomizdagi eng yaxshi texnologiyalar, agar ular ko'p
qirrali bo'lsa, eng yaxshisi bo'lib qoladi.Bugungi kunda
universallikning asosiy
ko'rsatkichi-bu har qanday sharoitda, qayerda bo'lishidan qat'i nazar, o'z ishini
bajarishga imkon beruvchi harakat.
Mobil telefonlar, shaxsiy yordamchilar,
kommunikatorlar, portativ kompyuterlar – bu zamonaviy texnologiya vakillaribo`lib
hisoblanadi. Simsiz texnologiyalar va tegishli kompyuter texnologiyalarning paydo
bo`lishi yanada kengroq ahamiyatga ega bo`ldi. Chunki hayotimiz juda boy bo`lgan
har qanday aloqa qurilmalarini bir- biriga ulash imkoniyatini berdi. Bunday qurilma
bilan siz shahar atrofida xavfsiz harakat qilishingiz
va har doim aloqada
bo'lishingizga ishonch hosil qilishingiz va eng so'nggi ma'lumotlarni olishingiz
mumkin.