Inson borlig’i
Insonning sub’ektiv borlig‘ida muhim kichik struktura – o‘zlikni anglash ham bor. Bu insonning o‘zini shaxs sifatida anglab etish, o‘zining mustaqil qarorlar qabul qilish va shu asosda odamlar va tabiat bilan ongli munosabatlarga kirishish, qabul qilingan qarorlar va harakatlar uchun javobgar bo‘lish qobiliyatini tushunish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, o‘zlikni anglash – bu o‘z-o‘ziga, o‘zining ma’naviy qiyofasiga, o‘z bilimlari, fikrlari, qiziqishlari, ideallari, xulq-atvor mo‘ljallari, harakatlari va shu kabilarga yaxlit baho berishdir. O‘zlikni anglash yordamida inson o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini ro‘yobga chiqaradi, o‘z-o‘ziga his qilishga qodir bo‘lgan fikrlovchi mavjudot sifatida baho berishni amalga oshiradi. Bu holda sub’ekt o‘z-o‘zini va o‘zining ongini bilish ob’ektiga aylantiradi. Shu tariqa inson o‘z-o‘ziga baho beradigan, shusiz hayotda o‘z o‘rnini belgilash va topishga qodir bo‘lmagan mavjudot sifatida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy borliq
Ijtimoiy ong borlig‘i. Ijtimoiy borliqning o‘ziga xos xususiyatlariga nazar tashlasak, u borliqning boshqa barcha shakllaridan butunlay farq qiladi. Yaxlit holda olingan ijtimoiy «organizm» hayvonlar podasidan butunlay farq qiladi. Jamiyatning bu o‘ziga xos, betakror xususiyati falsafada «ijtimoiy ong», «jamoa aqli», «ob’ektivlashgan ma’naviyat» va hokazolar deb ataladi. U har xil shakllarda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy ongning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, u, individual ongdan farqli o‘laroq, o‘z «tanasi»ni «tark eta» olmaydi, xuddi shuningdek u o‘z «tanasi»dan, ya’ni jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘lishi ham mumkin emas. Shu sababli ijtimoiy ong asrlar mobaynida abadiy mavjud bo‘lgan, yo‘q qilib bo‘lmaydigan narsa sifatida qaralgan, uning borlig‘i esa butun insoniyat borlig‘i yo‘q bo‘lishi bilan barham topishi mumkin, deb hisoblangan.
Ma’naviy borliq
-ma'naviy borliq (individuallashgan va ob'ektivlashgan ma'naviyborliq);
|