Guruh: 043-20 sirtqi




Download 460,44 Kb.
bet1/6
Sana21.05.2024
Hajmi460,44 Kb.
#247024
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Atmosferani ifloslanishi keltirib chiqaruvchi asosiy manbalar





MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



ТАШКЕНТСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ИМЕНИ АЛ-ХОРАЗМИ


TELEKOMMUNIKATSIYALAR FAKULTETI
______________________ fanidan




MUSTAQIL ISH




Mavzu: Atmosferani ifloslanishi keltirib chiqaruvchi asosiy manbalar

Guruh: 043-20 sirtqi


Bajardi: Sattorov O
Tekshiridi: ___________


Toshkent – 2024
Reja:
Kirish
1. Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar;
2. Atmosferani ifloslanishining salbiy oqibatlari (Issiqhona effekti, kislotali yomg‘irlar, ozon qatlamining yemirilishi);
3. Atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Atmosfera yer shari bo‘yicha tekis taqsimlangan.Yorug‘likni, namlikni, issiqlikni, elektromagnit to‘lqinlarini taqsimlaydigan va qayta taqsimlaydigan asosiy omil hisoblanadi. U kosmosdan keladigan zararli nurlar, meteroitlarni zararsizlantirib o‘tkazadi.Atmosferaning bu xususiyatlari yerda hayotning barqarorligini ta’minlaydi. Sayyoramizning issiqlik balansi ham atmosferaga bog‘liq. Atmosfera doimo biosfera, gidrosfera va litosfera bilan o‘zaro aloqadadir. U tirik organizmlar uchun kerak bo‘lgan kislorod, is gazi, azotning manbai hamdir. Ular biologik modda aylanishida faol ishtirok etadi. Atmosfera tufayli suv tabiatda aylanib yuradi. Bundan tashqari moddalarning geologik aylanishi, tog‘ jinslarining yemirilishi, harakati va boshqa jarayonlarda ham faol ishtirok etadi.
Atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarning 50% dan ortig‘ini uglerod oksidi, 14% ini oltinguturt angidridi va shunga o‘xshash zararli moddalar, 8%ini - uglevodorodlar, 5% ini - qattiq moddalar, 4% ini - azot oksidi tashkil etadi. Ma’lumki, inson salomatligi eng avvalo uning turmush tarziga, nasliga, tibbiyot xizmatining saviyasiga va yashash muhitining ekologik holatiga bog‘liq sistemik muhitning ekologik holatini buzilishi uning turli kasalliklarga chalinishiga asosiy sababchi bo‘lmoqda. Inson tabiatning ajralmas bir bo‘lagi sifatida uning musaffoligidan, go‘zalligidan, tabiiy boyliklaridan bahramand bo‘lib kelgan. Ayni kunga kelib toza havo, toza suv, tushunchasi nisbiy tushunchalarga aylandi.
Hozirgi fan va texnikaning rivoji insonni yashash muhitini o‘zgarishiga, ekologik muvozanatning buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Buning natijasida ijtimoiy ekologik muhit o‘zgarmoqda. Ijtimoiy ekologik muhitdagi kishining kayfiyatiga, ruxiga, salomatligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri. Shu muhitning tozaligi, go‘zalligidir. Kishilar yashaydigan, mehnat qiladigan, dam oladigan joylar gigienik jihatdan toza va ozoda, estetika talablariga javob beradigan bo‘lishi kerak. Bu esa kishilarning kayfiyatini ko‘taradi, ruhini tetik qiladi, muhit holati bilan bog‘liq bo‘lgan turli kasalliklarni kamayishiga olib keladi. Tadqiqodchilarning fikricha atrof muhit holatining ifloslanishi hozirgi kunda inson salomatligini o‘rtacha 10%ga qisqartirgan. Ayniqsa sanoatlashgan, aholi zich yashaydigan yirik shaharlar hududi va ulardagi urbanizatsiya jarayonlari sanitar-gigienik holatlarni buzilishiga, natijada ayrim xavfli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi hududida ham tabiiy muhit buzilishining eng og‘ir holatlaridan biri kishilar o‘rtasida kasaliklarning ko‘payib borishdir. Keyingi yillarda respublikamizda yuqori nafas yo‘llari, kasalligi, allergik kasaliklar, kam qonlik, asab kasalliklari, ichki bo’qoq, gepatit kabi kasalliklarni aholi o‘rtasida ko‘payishi kuzatilmoqda.




  1. Download 460,44 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 460,44 Kb.