|
Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar
|
bet | 2/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 460,44 Kb. | | #247024 |
Bog'liq Atmosferani ifloslanishi keltirib chiqaruvchi asosiy manbalarAtmosferani ifloslantiruvchi manbalar
Atmosfera -deb Yerni ultrabinafsha nurlardan va haroratni keskin oʹzgarishlaridan saqlab turuvchi gazsimon qobiqqa aytiladi. Tashqi va ichki faktorlar taʹsiri ostida atmosferada doimo gidrodinamik, issiqlik, elektromagnit, kimiyoviy, fotokimyoviy va boshqa jarayonlar sodir boʹlib turadi va ularga atmosfera havosining bosimi, harorati, oqimlarning yoʹnalish tezligi va x.k. bogʹliqdir.
Atmosfera massasi - 5300000 million (5,3·10-15 t) boʹlib, u planetamiz massasining 1/10 qismini tashkil qiladi.
Atmosferani quyidagi shartli 5 qatlamga ajratiladi (3.1.1-rasm):
1. Troposfera – eng Yerga yaqin joylashgan atmosfera qavati boʹlib uning qalinligi ekvator tepasida 16-18 km.ni, qutb tepasida esa, 7-9 km.ni tashkil yetadi. Bu qavatda atmosfera havosining 80% joylashgan boʹlib, asosiy ob-havo oʹzgarishlari shu yerda hosil boʹladi. Havoning harorati - 70°C gacha yetadi. Bu qatlamda 8% namlik bordir.
2. Stratosfera – 50-60 km.gacha masofada joylashgan boʹlib, bu yerda 5% atmosfera havosi bordir. Bu qatlamda havoning tezligi 100 km (soat) harorat esa xar 1 km.da 1-2°C ga oshib boradi. Bu qatlamda qalinligi 3-4 mm.ga teng boʹlgan ozon qatlami joylashgandir.
3. Mezosfera –80 km.gacha masofani egallaydi. Bu yerda Yerdan uzoq lasha borgan sari harorat kamaya borib - 76°C ga yetadi.
4. Termosfera – bu qatlamda doimo harorat ortib boradi, havoning tozaligi esa, juda past boʹladi va 800 km.gacha masofani yegallaydi.
5. Ekzosfera – atmosferaning yeng yuqori qatlami boʹlib, 800 km. dan yuqori masofalarni egallaydi.
1-rasm. Atmosferaning vertikal tuzilishi sxemasi.
1-Konvektsiya va patsimon bulutlar; 2-Sadafsimon bulutlar; 3- Quyi ionosferadagi qutb yogʹdulari; 4-Yuqori ionosferadagi qutb yogʹdulari; 5-Ozon miqdori eng koʹp qatlam.
Gaz zarrachalari tezligi 12 km/sek.ga teng boʹlib ionlashgan holatda boʹladi. Harorat esa 2000°c ga teng boʹladi.
Baʹzi hollarda Termosfera va Ekzosferalarni yuqori ionlashgan holda boʹlganliklari uchun ionosfera – deb ham ataladi.
Atmosferadagi toza havoning tarkibi quyidagichadir:
|
| |