|
Atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi
|
bet | 5/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 460,44 Kb. | | #247024 |
Bog'liq Atmosferani ifloslanishi keltirib chiqaruvchi asosiy manbalar3. Atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi
Atmosferada ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishiga meteorologik omillarnmg taʹsiri: Tutun quvurlari, oʹchoq yoki avtomobillarning chiqaruv quvurlaridan ajralayotgan gazlar atmosfera havosiga aralashib ketadi. Uning darajasi faqatgina masofaga emas, balki shamol va ob-havo sharoitlariga ham bogʹliqdir.
Sanoat korxonasini joylashtirish uchun hudud tanlashda chiqindi manbayi bilan aholi punkti orasidagi masofani yoʹqolib ketishi yoki kamayishi xavfini hisobga olish kerak.
Aholi zich joylashgan mavze yaqinida, ishlab chiqarish jarayoni muqarrar ravishda Atmosfera havosini nihoyatda qoʹlansa hidli moddalar bilan ifloslantirishi bilan bogʹliq boʹlgan sanoat korxonasi joylashtirilsa, texnikaning ilgʹor, zamonaviy rivojlanish darajasini hisobga olinganda ham, insonlar uchun albaita turli noqulayliklarni tugʹdirishi miqarrardir.
Koʹpincha chiqindi gazlar manbayigacha boʹlgan masofani uzoqlashtirish uchun maʹlum yuqorilikdagi tutun quvurlari oʹrnatiladi, ular chiqindi gazlarning qoʹshimcha shimilishini va ularni quvur orqali atmosfera havosi bilan aralashib ketishini taʹminlaydi.
Alohida qiyinchiliklarni inver siyalar tugʹdiradi. Odatda havo harorati yuqoriga koʹtarilgan sari pasayadi, buning natijasida yer yuzasi qavatidagi havo bilan uning ustida joylashgan sovuqroq va ogʹirroq havo oʹrtasida vertikal havo almashinishi yuz beradi. Bunga teskari vaziyat, yer yuzasidagi sovuq havo qatlami ustida issiqroq havo joylashib, sovuq havoning koʹtarilishiga toʹsqinlik qilsa, bu jarayon - inversiya deb ataladi. Koʹpchilik hollarda inversiya yilning sovuq mavsumida va barqaror yuqori atmosfera bosimda kotlovanlarda va daryo oldi pastliklarida kuzatiladi va u zich, hamda, barqaror tuman hosil boʹlishi bilan kechadi.Bunday hollarda yer yaizasi qatlamida toʹplanayotgan chiqindilar yetarlicha siyraklashmaydilar ayniqsa, tutun gazlaridagi oltingugurt gazi va kuyindilarning kumulativ taʹsiri oqibatida, sogʹliq uchun jiddiy xavf tugʹdirishi mumkin.
Har doim ham tutun, quvurlarining balandligi, chiqindi gazlarning inversion qavatidan chiqish jarayonida zararlilik darajasini pasayishini va shu tariqa xatarli zonadan chiqib kctishini taʹminlamaydi.
Yomgʹir va qor havoni tozalashga anchagina samarali taʹsir koʹrsatadi. Shuning uchun yogʹingarchilik pavtida yoki, yomgʹirlar mavsumida, havo tarkibini tekshirish toʹgʹri natijalar bermaydi.
Meteosharoitlarga (havo namligi, quyosh radiatsiyasi) bogʹliq ravishda atmosferada havoni ifloslantiruvchi moddalar oʹrtasida turlicha reaksiyalar sodir boʹlib turadi. Shu tariqa koʹpgina zaharli moddalar atmosfera havosidan qisman ajralib chiqadi (masalan chang, SOi? NO?) ammo bunda zaharli mahsulotlar ham hosil boʹlishi mumkin.
Xulosa
Atmosfera havosini toza saqlashda sanoat ob’ektlarini geografik sharoitga qarab joylashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda sanoat ob’ektlari va yirik kommunal korxonalari alohida sanoat zonasida uy-joy massivlaridan tashqarida bo‘lishi kerak. Shuningdek, shamolning yo‘nalishi uy-joy zonasidan sanoat zonasi tomon esadigan bo‘lishiga rioya qilish lozim. Aks holda sanoatdan chiqqan chang, qurum va gazlar uy-joy zonasi tomon shamol orqali kelib, havoni ifloslaydi. Uy-joy zonasi bilan sanoat zonasi orasida kengligi 100 m dan bir necha kilometr keladigan yashil o‘simliklardan iborat sanitariya-himoya zonasi bo‘lishi yaxshi natija beradi.
Atmosfera havosining ifloslanganlik darajasi va uni O‘zbekiston respublikasi hududlari bo‘yicha o‘ziga xosligi bu sohada aniq tadbirlarni ishlab chiqishni talab etadi. Ana shunga ko‘ra havoni muhofaza qilish borasidagi aniq yo‘nalishlar quyidagicha bo‘lishi kerak: havoning ifloslanishi yo‘l qo‘yiladigan darajadan oshib ketgan shahar va aholi punktlarida me’yoriy darajalarga tushirish; tezlik bilan respublikaning barcha shaharlarida, aholi punktlarida va sanoat markazlarida havo sifatini sanitariya me’yorlari darajasida yaxshilash; havoni muhofaza qilishda iqtisodiy dasturlardan foydalanishni kengaytirish.
|
| |