Chegaralangan tabiiy muhitda iqtisodiy ta’sir doirasini va taraqqiyotini chegarasiz ravishda kengaytirib hamda ta’minlab bo‘lmaydi




Download 13,88 Kb.
bet2/4
Sana29.11.2023
Hajmi13,88 Kb.
#107609
1   2   3   4
Bog'liq
Ahmadxonov AnasxonYashil iqtisodiyot

Chegaralangan tabiiy muhitda iqtisodiy ta’sir doirasini va taraqqiyotini chegarasiz ravishda kengaytirib hamda ta’minlab bo‘lmaydi;
Resurslar chegaralangan bir sharoitda doimiy o‘sib boruvchi cheksiz ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi;
Yerdagi barcha holat va tizimlar (shu o‘rinda tabiiy va iqtisodiy muhit) o‘zaro bog‘liq.
Yashil iqtisodiyot nazariyasining bugungi kunga kelib keng yoyilishining asosiy sababi, bu mavjud ekologik muammolarning global ahamiyat kasb etayotgani hamda yashil iqtisodiyot taklif etayotgan tovar va xizmatlarning aholi ehtiyojlarini qondirish bilan bir qatorda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilganligidadir. UNEP ning yashil iqtisodiyot to‘g‘risidagi ma’ruzasida, jahon YAIM hajmining 2 foizi iqtisodiyotni yashillashtirishga sarflansa, 2011-2050 yillarda doimiy iqtisodiy o‘sish kabi uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin va eng asosiysi, bir vaqtning o‘zida iqlim sharoiti, suv tanqisligi bilan bog‘liq muammolarni qisman hal etish hamda ekotizimlar yo‘q bo‘lib ketishining oldini olish mumkinligi ta’kidlanadi[3].


1992-yil Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan konferensiya yashil iqtisodiyot yo‘nalishining xalqaro hamda milliy iqtisodiy tizimlar orasida keng yoyilishiga olib keldi. Ushbu konferensiyada ko‘tarilgan bosh mavzu “O‘sib borayotgan iqtisodiy taraqqiyot sharoitida atrof-muhitga ko‘rsatilayotgan zararni minimallashtirish masalasi” edi. 2012-yil aynan ushbu shaharda o‘tkazilgan “Biz istagan kelajak” shiori ostida navbatdagi konferensiyada milliy iqtisodiy tizimlarni barqaror taraqqiyot asosida modernizatsiya qilish majburiyatini yuklovchi hujjat imzoland[4]i. Ammo, shuni alohida ta’kidlash lozimki, dunyo iqtisodiy gigantlari biri bo`lgan AQSH Iqlim o‘zgarishlari haqidagi Parij konvensiyasidan chiqib ketdi.


So‘nggi yillarda milliy iqtisodiyotlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yashil iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish uchun ko‘plab mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Misol uchun, yashil iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan bio energetika sohasiga yo‘naltirilgan jami mablag‘lar miqdori 2005-2009 yillar oralig‘ida 230 foizga o‘sdi (o‘rta hisobda 50 foiz) va 2013-yilda 320 mlrd. AQSH dollarga teng bo‘ldi[5]. 2009-yildan hozirgi kunga qadar “Umumjahon iqtisodiy forumi” mintaqaviy iqtisodiy tizimlarni yashil iqtisodiyotga o‘tkazish uchun 750 mlrd AQSH dollari yo‘naltirdi hamda bu mablag‘larning asosiy qismi Osiyo mamlakatlariga sarmoya sifatida kiritildi. Natijada, bugungi kunga kelib, xalqaro “yashil” tovar va xizmatlar (cleantech va greentech) bozori yillik tovar aylanmasi 546 mlrd AQSH dollarini tashkil etmoqda[6].


Biznes muhitida yashil iqtisodiyot tushunchasiga juda katta e’tibor berilmoqda va moliyaviy fondlar, yirik kapital egalari, rivojlangan davlatlar hukumatlari, biznesmenlar va ko‘pgina mamlakatlarda oddiy fuqarolar (misol uchun Skandinaviya mamlakatlarida) yashil iqtisodiyotning targ‘ibotchilariga aylandilar. Misol tariqasida, Fransiya parlamenti tomonidan 2013-yilda qabul qilingan ekologik dasturga ko‘ra, barqaror rivojlanish yo‘lini tanlagan tashkilotlardan olinuvchi foyda solig‘i besh yil davomida 30 foizga kamaytirilishi belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, Norvegiyada alternativ energiya manbalaridan biri quyosh energiyasidan olinuvchi elektr manbaini qo‘shni mamlakatlarga eksport qilishdan oladigan yillik foyda umumiy elektr energiyasi eksportidan keladigan foydaning 20 foizini tashkil etadi[7]. Bu borada uzoq sharq mamlakatlari, YAponiya va Janubiy Koreya ham ancha ilgarilab ketmoqda. YAponiyada yashil iqtisodiyot tamoyillari muhandislik sohasida ham keng qo‘llanilib kelmoqda. Unchalik ham quyoshga boy bo‘lmagan o‘lkada kunduzgi vaqtda elektr energiyasi va issiqlikni tejash imkonini beruvchi binolar va iqtisodiy obektlar soni yildan-yilga ortib bormoqda.


Bir qarashda oddiy iqtisodiyotdan yashil iqtisodiyotga o‘tish ancha ko‘p mablag‘ talab etadigan qiyin jarayondek tuyuladi, ammo, yashil iqtisodiyot tamoyillariga amal qilish orqali resurlarni tejash, ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish, uzoq muddatga xizmat qiluvchi va to‘liq yangilangan ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratiladi. “Worldwatch Institute” taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rta hajmdagi iqtisodiy tizimga ega mamlakatlar uchun yashil iqtisodiyotga o‘tish oddiy ishlab chiqarish natijasida yuzaga keluvchi muammolarni echishga qaraganda kamroq mablag‘ talab etadi[8].


SHuni ham alohida ta’kidlash kerakki, har bir mamlakat o‘z iqtisodiy, tabiiy va inson resurslari potensiali, yutuq va kamchiliklaridan kelib chiqgan holda, o‘z yashil iqtisodiyotini yaratadi chunki, hozirda universal yashil iqtisodiy tizim modeli mavjud emas.


O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida yashil iqtisodiyotning o‘rnini yuqori baholash mumkin. Chunki, mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni shakllantirish masalasining muhim ekanligi tabiiy resurs potensialini saqlash, atrof-muhitga zarar keltirmaydigan ishlab chiqarishni tashkil etish va shu bilan bir qatorda yuqori o‘sish sur’atlariga erishish lozimligi bilan xarakterlanadi. O‘zbekistonning yuqori tabiiy resurs va inson kapitaliga ega ekanligini unda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi.


O‘zbekistonda yoqilg‘i-energetika resurslarining hozirgi hajmda iste’mol qilinishi davom etsa, ular mamlakatning yoqilg‘i-energetikaga bo‘lgan ehtiyojini 20-30 yil davomida ta’minlab berishi bashorat qilingan. Shu sababli ham iqtisodiyotni yashillashtirish jarayonini ushbu sohaga keng targ‘ib etish, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi, alternativ energiya manbalaridan foydalanish darajasini oshirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. SHuningdek, BMT “Atrof muhit muhofazasi va taraqqiyot xalqaro komissiyasi” ning hisobotida “Kelajak rivojlanishi, ravnaqi shunday energiyalardan foydalanish formasi, ya’ni, atrof muhit holatiga zarar etkazmaydigan, xavfsiz, tiklanadigan, kafolatlangan, doimiy o‘sib, tiklanib boruvchi va foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan energiyalarga bog‘liq bo‘lib qoladi”, deya qayd etilganligini e’tirof etish joiz. O‘zbekistonning quyosh energiyasi bo‘yicha yalpi salohiyati 50973 mln. tonna neft ekvivalentiga (mln.t.n.e.) teng bo‘lsa, shamol energiyasining yalpi salohiyati 2,2 mln.t.n.e. deb baholanadi. Bu sohada yurtimizda bir qancha islohotlar amalga oshirilgan bo‘lib, ularga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:


O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona ilmiy-eksperimental markaz — Fanlar akademiyasining «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilingan bo‘lib, uning tadqiqotlari natijalari jahon miqyosida e’tirof etildi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi “2013-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida “Eko-energiya” ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi Kasbi, Kitob va SHahrisabz tumanlarining chekka qishloqlari – Komilon, YUqori Maymanoq, Varganzadagi qishloq ta’lim va tibbiyot muassasalariga quyosh batareyalari o‘rnatildi[9];
2014 yilda “O‘zbekenergo” kompaniyasi tomonidan Janubiy Koreya fotoelektr sanoati uyushmasi bilan hamkorlikda Namangan viloyatining Pop tumanida sinov tariqasida quvvati 130 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushdi[10];

Download 13,88 Kb.
1   2   3   4




Download 13,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chegaralangan tabiiy muhitda iqtisodiy ta’sir doirasini va taraqqiyotini chegarasiz ravishda kengaytirib hamda ta’minlab bo‘lmaydi

Download 13,88 Kb.