• Ulardan foydalanishni yanada samarali tashkil etish uchun quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borish muhim sanaladi
  • Issiqlik yig‘ish tizimlariga quyosh energiyasidan foydalanish vositalarini joylashtish va boshqalar.
  • yilning aprel oyining boshida Buxoroda MDH da yagona bo‘lgan 1,2 mVt quvvatiga ega ko‘chma, avtonom quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi[11]




    Download 13,88 Kb.
    bet3/4
    Sana29.11.2023
    Hajmi13,88 Kb.
    #107609
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Ahmadxonov AnasxonYashil iqtisodiyot

    2016 yilning aprel oyining boshida Buxoroda MDH da yagona bo‘lgan 1,2 mVt quvvatiga ega ko‘chma, avtonom quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi[11];
    Samarkand viloyatida quvvati 100 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda[12];
    O‘zbekistonda 2030 yilgacha issiqlik-energiya balansining konsepsiyasini shakllantirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, unga ko‘ra, mamlakatning umumiy energiya balansida tiklanuvchan energiya resurslari, xususan gidroenergentika, quyosh va shamol generatsiyasining ulushini 10 foizdan 20 foizgacha, ko‘mir hissasini esa, 5 dan 15 foizgacha oshirish, shu bilan birga gaz generatsiyasi ulushini 85 dan 65 foizga pasaytirish nazarda tutilgan[13]
    Ulardan foydalanishni yanada samarali tashkil etish uchun quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borish muhim sanaladi:


    Qishloq joylarida fotoelektrik qayta ishlovchi vositalarni o‘rnatishni kengaytirish;
    Energetika sohasida yirik fotoelektrik stansiyalarni barpo etish;
    Issiqlik yig‘ish tizimlariga quyosh energiyasidan foydalanish vositalarini joylashtish va boshqalar.
    Natijada esa, qayta tiklanuvchi energiya sohasida yashillashtirish jarayonini olib borish 2050 yilga kelib umumiy energiya ishlab chiqarish hajmida uglevedorodlar hajmini 50 foizgacha qisqartirish imkonini yaratishi mumkin.


    Transport sohasida yashillashtirishning yo‘qligi sababli bugungi kunda ushbu sohada $722,9 mln. Yo‘qotilmoqda[14]. SHu sababli ham, O‘zbekistonda transport vositalarining ekologik xavfsizligini oshirish masalasi ham iqtisodiyotni innovatsion modernizatsiya qilishning muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar qatoriga transport vositalari tomonidan ishlatiladigan yoqilg‘ining energetik samarasini oshirish, yoqilg‘ining “yashil” alternativ turlaridan foydalanish, “yashil” elektrodvigitellardan foydalanishni kiritishimiz mumkin. Quyosh batareyalari orqali harakatlanuvchi transport vositalarining keng joriy qilinishi atrof muhitga chiqarilayotgan turli xildagi chiqindilar hajmining kamayishi, shaharlar ekotizimining yaxshilanishiga olib keladi.


    Yashil iqtisodiyotning keng joriy qilinishi uy-kommunal xo‘jaligi tizimining modernizatsiya qilinishini talab etadi. Buning uchun passiv-quyosh isitish texnologiyasini joriy qilish, binolarda qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan foydalanish, issitish tizimini isloh qilish kabi vazifalar amalga oshirilishi kerak. Ushbu yo‘nalishda olib boriladigan islohotlar yurtimizda 2020 yilga kelib 15 ming, 2050 yilda esa 120 ming yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beradi[15].


    Rivojlangan mamlakatlarda xo‘jalik chiqindilarini qayta ishlash sanoati keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, buning natijasida qattiq xo‘jalik chiqindilarining hajmi, atrof-muhitga zarari kamaytiriladi. O‘zbekistonda bugungi kunga kelib, mavjud poligonlarda 370 mln.m3 dan ortiq chiqindi to‘plangan. Ularni qayta ishlashga jalb etilmaganligi sababli, chiqindilarni saqlash va utilizatsiya qilish uchun sarf etilayotgan mablag‘lar iqtisodiyotga $611,6 mln.ga teg bo‘lgan umumiy zarar keltirmoqda[16]. Bu muammoni hal etishning usuli chiqindilarni qayta ishlashga moslashgan zavodlarni qurish, aholining chiqindi mahsulotlarini tashlash madaniyatini rivojlantirish (chiqindilarni turiga qarab ajratish), zarasizlantirishning imkoni yo‘q bo‘lgan turli xildagi chiqindilarni qabul qiluvchi shaxobchalarni joriy etish, oziq-ovqat va xo‘jalik mahsulotlari iste’molida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik lozim.


    Xulosa qilib aytganda, yashil iqtisodiyot mavjud resurslardan tejamkorona foydalangan holda har tomonlama zararsiz ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yish hamda ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan tizimdir. YAshil iqtisodiyot nazariyasining bugungi kunda bu qadar keng quloch ochishining asosiy sababi, bu mavjud ekologik muammolarning global ahamiyat kasb etayotgani hamda yashil iqtisodiyot taklif etayotgan tovar va xizmatlarning aholi ehtiyojini qondirish bilan bir qatorda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilganligida deyish mumkin. O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni keng joriy etish mamlakat tabiiy resurslaridan yanada oqilona foydalanish, turli xil ekologik muammolarni bartaraf etish, aholining eko-savodxonligini oshirgan holda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga sharoit yaratadi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning bu yunalishni shakllantirish va rivojlantirish uchun yurtimizda barcha imkoniyat va sharoitlar mavjuddir. Bu yo‘nalishda esa quyidagilarga alohida etibor qaratish lozim:



    Download 13,88 Kb.
    1   2   3   4




    Download 13,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    yilning aprel oyining boshida Buxoroda MDH da yagona bo‘lgan 1,2 mVt quvvatiga ega ko‘chma, avtonom quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi[11]

    Download 13,88 Kb.