Energiya va energiya resurslari narxining tuzilishi. Yoqilg’I – energetika resurslarini me’yorlashtirish. Reja




Download 281,46 Kb.
bet1/9
Sana08.01.2024
Hajmi281,46 Kb.
#132337
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ENERGIYA VA ENERGIYA RESURSLARI NARXINING TUZILISHI


ENERGIYA VA ENERGIYA RESURSLARI NARXINING TUZILISHI. YOQILG’I – ENERGETIKA RESURSLARINI ME’YORLASHTIRISH.


REJA:
1. Issiqlik va elektr energiyasiga tariflar
2. YOER me`yorlash bo’yicha energo iqtisodiy ko’rsatkichlar

Issiqlik va elektr energiyasining iste`molchilari va etkazuvchilari orasidagi iqtisodiy o’zaro munosabatlar preyskurantlar-tariflar bilan aniqlanadi, ular:



  • issiqlik va elektr energiyasini ishlab-chiqarish, uzatish va taqsimlash bilan bog’liq barcha xarajat turlarini, hamda rejalashtirilayotgan chegirma va jamg’armalarni aks ettirishi;

  • energiyani ishlab-chiqarish va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan hal q xo’jaligi xarajatlarini pasaytirishga yordam berish;

  • issiqlik va elektr energiyasining sifatini hisobga olish;

  • imkoniyati boricha energiyani o’lchashning va iste`molchilar bilan hisob-kitobning soddaligini ta`minlashidir.

O’zbekiston Respublikasi hududida issiqlik energiyasi hokimiyatlar tomonidan rostlanadigan tariflar bo’yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq beriladi, uning maqsadi quyidagi masalalarni aniq echishga qaratilagan:

  • yuridik shaxslar va aholini issiqlik energetikasi bilan ustuvor ta`minlash;

  • issiqlik energiya iste`mollarini energiya ta`minlovchi tashkilotlarning tabiiy monopoliyasidan himoya qilish;

  • energiya tejamlovchi tashkilotlarni ishlashi uchun normal iqtisodiy sharoitlar yaratish.

Bug’ va issiq suvdan iborat issiqlik energiyasining narxi qozonlarning pasport ko’rsatkichlari yoki IEM kollektoridan turbina olayotgan joydagi 1Gkal uchun bo’lgan tarif bilan aniqlanadi. Bunda iste`molchilarga kelib tushayotgan bug’dagi issiqlik energiya soni, shartnomada ko’rsatilgan bug’ning o’rnatilgan parametrlari bo’yicha bug’ning og’irlik sonini uning issiqlik qiymatiga ko’paytirish bilan aniqlanadi va energiya ta`minlovchi tashkilot va iste`molchilarni bo’lib turgan issiqlik tarmog’i chegarasida hisobga olinadi. Bo’lish chegarasi issiqlik tarmoqlarining balans belgilari bo’yicha aniqlanadi.
Issiqlik energiyasiga tariflar kondensatorning ko’paytirishini hisobga olgan holda o’rnatiladi. Qaytarilmagan kondensat uchun iste`molchi qo’shimcha (10-20%ga ko’p) to’lashi kerak.
Kondensatni qaytarganligi uchun iste`molchilarni rag’batlantirish energiya tejash masalasini echishning yana bir yo’llaridan hisoblanadi.
Iste`molchilar tomonidan issiqlik energiyasi uchun to’lov (aholidan tashqari) tasdiqlangan tariflarni indeksatsiya kilish mexanizimini qo’llagan holda qo’yidagi formula bo’yicha aniqlanadi.


,

Bu erda Tm – indeksatsiya mexanizmini qo’llash bilan aniqlangan tarif; Tb - amaldagi qonunchilikka muvofiq o’rnatilgan asosiy tarif; Vn – issiqlik energiyasiga tarifning indeksatsiya qilinmagan ulushi, u ularning AQSH dollariga nisbatan qiymati (yoki issiqlik energiyasining iste`molchilarini to’lov hujjatlarini rasmiylashtirish); Kd- tariflarni dollar ekvivalentiga o’tkazish koeffitsienti, bu koeffitsient ularni o’rnaltilgan vaqtida aniqlanadi (Kd – 1/ Kb , bu erda Kb – amaldagi tarif o’rnaltilgan kunida o’zbek so’mining AQSH dollariga nisbatan kursi qiymati).


O’zbek so’mining AQSH dollariga nisbatan kursining o’zgarishiga bog’liq bo’lgan bazaviy (asosiy) tarifning tashkil etuvchilariga quyidagilar kiradi:
A) tannarhi:

  • yoqilg’iga (gaz, mazut, dizel, yoqilg’i va h.k.);

  • sotib olinadigan energiyadan bo’lgan xarajatlar;

  • respublikada ishlab-chiqarilmaydigan, ta`minlash-foydalanishdagi xizmatlar uchun ketgan qo’shimcha mablag’lar;

  • innovatsion fondga chegirma;

  • ­rezident bo’lmaganlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab-chiqarish harakteriga ega bo’lgan xizmatlar.

B) foydalar:

  • asosiy qo’yilmalarga foyda.

Bazaviy tariflarni hisoblaganda, qolgan xarajatlarni tashkil etuvchilari (ish haki, amortizatsion chegirma, boshqa pul sarflari va h.k.) bilan birga, tariflarning indeksatsiya qilinmaydigan ulushini aniqlaydigan, o’zbek so’mining AQSH dollariga nisbatan bo’lgan kursini o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan, bu esa tashkil etuvchilarning rejaviy ulushini aniqlaydilar.
Elektr energiyaga bo’lgan tariflar tizimining asosiy ko’rinishlari qo’yidagilardir:

  • elektr energiya hisoblashi bo’yicha bir stavkali tarif;

  • tirkalgan elektr qabul qiluvchilar quvvati uchun asosiy stavka bilan ikki stavkali tarif;

  • maksimal yuklanishni to’laydigan ikki stavkali tarif;

  • energiya tizimining maksimumda ishtirok etadigan iste`molchining quvvatiga asosiy stavka bilan ikki stavkali tarif;

  • kecha – kunduz, hafta kunlari, yil fasllari vaqti bo’yicha differentsiallangan, bir stavkali tarif.

Elektr energiya hisoblagichi bo’yicha bir stavkali tarif, faqat hisoblagich tomonidan hisobga olingan kilovatt-soatlarda elektr energiya uchun to’lovni ko’zda tutadi. Tarifning bu turi aholi va boshqa sanoat bo’lmagan ob`ektlari bilan hisob – kitob qilishda keng qo’llaniladi. Ko’rilayotgan hisobot davrida energiyani ishlatmagan iste`molchi, vaqtning har qanday momentida elektr energiyani berishni ta`minlaydigan energiya ta`minlovchi tashkilotning to’xtovlari bilan bog’liq sarflarni to’lamaydi.
Bu tarif bo’yicha 1 kVt.s uchun narx harqanday iste`mol qilingan energiya miqdori uchun doimiy bo’ladi. Lekin energiyani ishlab-chiqarish (iste`mol qilish) ortganda 1 kVt.s ga bo’lgan xarajatlar kamayadi va natijada, iste`mol qilinayotgan kilovatt soatga tarif stavka kamayishi kerak. Bu hisoblagich bo’yicha pog’onali tarif kiritish bilan hisobga olinadi.
Elektr energiyaga bir stavkali tarif bo’yicha berilgan elektr energiya miqdoriga to’lash bilan, iste`molchidan elektr energiya tizimi uchun (EET) birmuncha o’rtacha narx bo’yicha hisoblagichda hisobga olinib, iste`mol qilingan elektr energiya uchun to’lov olinadi. Elektr energiyani kelajak yillik iste`moli etarli darajada aniq bashorat qilingani uchun, elektr energiyadan foydalanganligi uchun barcha to’lovlar, EET barcha sarflarni yopadi va rejali tushumlarni ta`minlaydi.
Bir stavkali tarif, iste`molchini elektr energiyani ishlab-chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan narxlarga sarfini qisqartirishni, elektr qabul qiluvchilarni ishlash rejimini va elektr ta`minotini ratsional tizimini yaratishni rag’batlantiradi, chunki ushbu korxona xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi. Lekin elektr energiya narxini kecha – kunduz vaqti bo’yicha differentsiallashning bo’lmaganligi, iste`molchini maksimum soatlarda yuklamani tushirish va kechasida pasayish soatlarida yuklamani ko’tarishni rag’batlantirmaydi, ya`ni EET yuklama grafigini tekislashga ta`sir qilmaydi, va natijada elektr energiya ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatni pasaytirmaydi.
Tirkalgan elektr qabul qiluvchi quvvatiga asosiy stavka bilan ikki stavkali tarif, tirkalgan elektr energiya qabul qiluvchilarning ja`mi quvvati uchun (Rt) to’lovni (T) va hisoblagich hisobga olgan iste`mol etilgan elektr energiya (W), kVt.s uchun to’lovni ko’zda tutadi, ya`ni


.

Bu erda a – tirkalgan quvvatning 1 kVt (yoki KVA) uchun to’lov – 1 kVt.s iste`mol etilgan elektr energiya uchun to’lov.


Bunday tarifni amal qilishining zarurligi, zamonaviy yirik sanoat korxonalarining o’rnalgan quvvati yuz va ming megavolt – amperni tashkil etganligi bilan bog’liq, qator hollarda elektr jihozlar va elektr ta`minotiga bo’lgan xarajatlar korxona narxining 50% ni tashkil etadi. Elektr ta`minoti tizimini qurish uchun katta miqdordagi kabel mahsuloti va qurilmalar sarf bo’ladi.
Sanoat sohalaridagi elektr jihozlarning o’rnalgan quvvati elektr stantsiyalarining o’rnalgan quvvatidan ortiq va yildan-yilga o’sib bormoqda. Bu texnologik jarayonlarni keng elektrlashtirish, shaxsiy elektr yuritmalardan foydalanish bilan aniqlanadi. Elektr ta`minoti tizimini ratsionalizatsiya qilish va ularni energiya sarfini pasaytirish uchun ularda bevosita elektr qabul qiluvchilar oldida energiyani ishchi kuchlanishga aylantirish va uzatishni amalga oshiradigan ta`minot liniyalarining chuqur kirishlarini qo’llab amalga oshiradigan elektr energiyani taqsimlash, transformatsiyalashni o’zgartirish va kommutatsiyalashni markazlashtirmas-lik qabul qilingan. Bunda transformatsiyalash zinalari qisqartiriladi. Nimstantsiyalarni yiriklashtirmaslik toklarni kamaytiradi, bu o’z navbatida, elektr yo’qotishlarni pasaytirishga olib keladi. Lekin transformatsiyani markazlashtirmaslik, odatda markazlashgan trnsformatsiyadagi zarur bo’lgan transformator quvvatiga nisbatan chuqur qirishli nimstantsiyalarda o’rnatilgan trasformatorlarning ja`mi quvvatini ortishiga olib keladi.
Elektr energiya taqsimlashning markazlashgan va markazlashmagan elektr ta`minoti variantini qabul qilishning maqsadga muvofiqligi keltirilgan xarakterlarning farqi bilan aniqlanadi:
.
Bu erda rnorm – sarflangan mablag’ samaradorligining me`yoriy koeffitsienti; I – elektr energiya xarajatlarini hisobga olmagan hollardagi yillik chiqimlar; S - elektr energiya uchun yillik to’lov; “ts”, “d” indekslari markazlashgan “ts” va markazlashmagan “d” elektr ta`minoti variantlariga mos keladi.
Maksimal yuklanishni to’lash bilan ikki stavkali tarif hisoblagichda hisobga olingan ham iste`molchilarning maksimal yuklamaga (Rmax, kVt) (W, kVt.s) to’lovlarni ko’zda tutadi, ya`ni:
.
Bu erda a – 1kVt maksimal quvvat uchun to’lov, b – 1kVt.s elektr energiya uchun to’lov.
Iste`molchilarning energiya tizimining maksimumdagi quvvati uchun asosiy stavka bilan ikki stavkali tarif, umuman maksimal quvvatni emas, balki EET maksimumda ishtirok etuvchi – Rmax, bir ondagi so’ralgan quvvatini hisobga oladi.
Ko’rib chiqilgan tarif EET minimal yuklamalar soatida (odatda grafikning tungi pasayish soatlarida) iste`mol qilingan energiya uchun pasaytirilgan stavka bilan differentsiallangan qo’shimcha to’lovni ko’zda tutadi. Bu holda elektr energiya uchun to’lov:
.
Be erda W – energiyaning umumiy iste`moli; Wmin – EETda minimal yuklama soatlari bo’lganda istemol qilingan energiya; b2  b1 – kecha-kunduzning boshqa soatlarida energiya uchun qo’shimcha to’lov.
Bunday tarifda iste`molchi korxona elektr ta`minotining eng ratsional sxemasini tanlash xuquqiga ega bo’ladi, EET maksimumida ishtirok etuvchi quvvatni pasaytirishga manfaatdor (chunki shunga mos ravishda uning xarajatlari kamayadi) va elektr energiyani noishlab-chiqarishga sarfini qisqartirishga harakat qiladi. YUklama maksimumining kamaytirish va iste`mol grafigining boshqa tomonga surish, grafikni tekislaydi va natijada ishlab-chiqarilayotgan elektr energiya sarfini pasaytiradi.
Kecha kunduz, hafta kunlari, yillik fasl vaqti bo’yicha differentsiallangan bir stavkali tarif, vaqt hisoblagichlar hisobiga olgan, lekin turli differentsiallangan stavkalarda energiya uchun bo’lgan stavkani ko’zda tutadi, ertalabki va kechqurungi maksimum soatlardagi (b3) yuklamaning yarim chuqqi soatlaridagi (b2) va yuklamaning tungi pasayish soatlaridagi (b1) stavkalar, bu erda b3 b2 b1.
Tariflarning bu turini qo’llaganda elektr energiya uchun to’lov:



Bu erda W1 – EET yuklama grafigining tungi pasayish soatlaridan iste`mol etilgan energiya; W2 – yuklamaning yarim cho’qqi soatlarida iste`mol etilgan energiya; W3 – EET maksimum soatlarda iste`mol etilgan energiya; W = W1 + W2 + W3 – umumiy iste`mol etilgan energiya.
YOER lardan ratsional foydalanish tabiiy gazga mavsumiy narxlarni va issiqlik hamda elektr energiyalarga mavsumiy tariflarni o’rnatish bilan rag’batlantiriladi.
Qishloq va shahar aholisi uchun elektr energiyaga differentsiyalangan tarmoqlar mavjud. Elektr plitalar bilan jihozlangan uylarda yashovchi shahar aholisi uchun elektr energiyaga bo’lgan tariflar, boshqa hamma shahar aholisi uchun bo’lgan tariflardan pastdir.
Gaz hisoblagichi mavjud bo’lgan yashash uylarida 1m3 iste`mol etilayotgan gaz uchun tarif o’rnatilgan bo’lib, isitish mavsumida bu tarif past (agar gaz bilan isitish mavjud bo’lsa) va yozgi davrda yuqori bo’ladi. Agar gaz bilan isitish mavjud bo’lmasa tarif barcha vaqtda bir xil bo’ladi. Gaz hisoblagich bo’lmagan uylarda to’lov har oyga kishi boshiga tarif o’rnatiladi. Bunda bu tarif xonada gaz plitalari mavjudligiga bog’liq holda differentsatsiya qilinadi va:

  • markaziy issiq suv ta`minotida;

  • gazli suv isitgich (markazlashgan issiq suv ta`minoti mavjud bo’lmaganda);

  • markazlashgan issiq suv ta`minoti va gaz suv isitgichi bo’lmaganda;

aholining yashamaydigan xonalarini teplitsa (issiqxona), texnikani ta`mirlaydigan ustaxona, sport mashg’ulotlarini o’tkazish xonalari va h.k.) isitish uchun gaz berish sanoat iste`molchilari uchun o’rnatilgan narxlar bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda bu imoratlarda gaz hisoblagichi bo’lsa to’lov hisoblagichni ko’rsatkichi bo’yicha hisob-kitob qilinadi, agar gaz hisoblagich bo’lmasa isitilayotgan xonaning 1 kv.m ga gaz ketishining tasdiqlangan normasi bo’yicha amalga oshiriladi.
Maishiy talablar uchun suyultirilgan gaz og’irligi 21 kg (50 l) li ballonlarda o’rnatilgan yuklamalardan yuqori narxlardan beriladi. Bu narxlar gaz xo’jaligi korxonalarida narx tashkil etish bo’yicha amaldagi me`yoriy hujjatlarga muvofiq foydaga ustamasiz shakllanadi.

Download 281,46 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 281,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Energiya va energiya resurslari narxining tuzilishi. Yoqilg’I – energetika resurslarini me’yorlashtirish. Reja

Download 281,46 Kb.