|
Energiya va energiya resurslari narxining tuzilishi. Yoqilg’I – energetika resurslarini me’yorlashtirish. Reja
|
bet | 6/9 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 281,46 Kb. | | #132337 |
Bog'liq ENERGIYA VA ENERGIYA RESURSLARI NARXINING TUZILISHIImport qilingan energiya
|
2,40 mlrd. kVt.s
|
O’rtacha yoqilg’i sarfi:
Berilgan elektr energiya
Berilgan issiqlik
|
267,0 g/kVt.s
169,67 kg/Gkal
|
Transportlarda texnologik energiya sarfi
Elektr liniyalarida
Issiqlik tizimlarida
|
10,99%
9,99%
|
Bizning davlatimiz energetika siyosatining yuqori ustunligi jamiyatning energiya ta`minotiga bo’lgan xarajatini pasaytirish uchun vosita sifatida, energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish, mamlakatning ustuvor rivojlanishini ta`minlash va ishlab chiqarish kuchlarining raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Sрuning uchun elektr energetika sohasi doimo Respublika hukumati va prezidentimizning nazoratidadir.
O’zbekiston elektr energiyasining asosiy iste`molchisi sanoat bo’lib uning ulushiga mamlakat bo’yicha elektr energiya iste`moli umumiy darajasining 50% i to’g’ri keladi.
O’zbekiston issiqlik energiyasining asosiy iste`molchisi uy-joy – kommunal xo’jaligidir. Uning ulushiga iste`mol qilinayotgan issiqlik energiyasining 57% to’g’ri keladi.
O’zbekiston energetika tizimida elektr energiyani ishlab chiqarishda asosiy yoqilg’i turi tabiiy gaz bo’lib, uning ulushi 80% ni tashkil etadi.
O’zbekiston yoqilg’i-energetika majmuasining holatini xarakterlaydigan asosiy holatni tahlil qilib, bizning respublikamizda energiya tejamlash siyosatini o’tkazish zarurligini belgilaydigan quyidagi sabablarni ajratish mumkin:
mahsulotning energiya sig’imliligini pasaytirish;
yoqilg’ining foydali ishlatish koeffitsientini oshirish;
respublika yoqilg’i balansida noan`anaviy tiklanuvchan manbalarning ulushini oshirish.
|
| |