|
Energiya tejamlash siyosatining umumiy yo’nalishlari va ustunliklari
|
bet | 7/9 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 281,46 Kb. | | #132337 |
Bog'liq ENERGIYA VA ENERGIYA RESURSLARI NARXINING TUZILISHIEnergiya tejamlash siyosatining umumiy yo’nalishlari va ustunliklari
Chiqarilayotgan mahsulotning energiya sig’imdorligini pasaytirish maqsadida Respublikada energiya tejamlash doirasida davlat siyosatini o’tkazish uchun asos hisoblangan energiya tejamlashning ustuvor yo’nalishlari ishlab chiqilmoqda.
Ustuvor texnik yo’nalishlar, Respublika ahamiyatiga ega bo’lgan energiya tejamlash bo’yicha tadbirlar ro’yxati va energiya tejamlashning hududiy dasturi, sohalar doirasidagi energo samaradorlik loyihalarini investitsiya qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Energiya tejamlash sohasida ustuvor yo’nalishlarga quyidagilar kiradi:
Tashkiliy – iqtisodiy yo’nalishlar:
Noan`anaviy va tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to’g’risidagi qonunni ishlab-chiqish va qabul qilish;
YOqilg’i-energetika resurslarini ishlab chiqish va foydalanish doirasida me`yoriy huquqiy bazani takomillashtirish;
Davlat sektorida energiya tejamlashni moliyalashning yangi bozor mexanizimlarini rivojlantirish;
Energiya tejamlashning respublika, soha va ratsional dasturlarini ishlab – chiqish va bajarish mexanizmining samaradorligini oshirish;
Soha iqtisodiyoti va loyihaviy rivojlantirishning energetik samaradorligini, davlat ekspertizasini takomillashtirish;
Energetik ko’ruvdan o’tkazish natijalari bo’yicha rejalashtirilgan tadbirlarni o’z vaqtida bajarish ustida nazoratni ta`minlash. YOER sarfining rivojlanish - me`yorlash tizimini rivojlantirish.
Mahsulotni energo sig’imdorligi va energiya iste`moli bo’yicha sertifikatlash;
Qaytarish asosida innovatsion fond mablag’idan energiya tejamlash tadbirlarini moliyalashtirish ulushini ko’paytirish;
Energiya samarador innovatsion loyihalarni tatbiq etish uchun bank kreditlaridan foydalanishning kengaytirish sharoitlarini yaratish;
Ilmiy texnik dasturi ko’lamida ishlab-chiqarilgan yangi energiya samarador texnologiyalar, jihoz va materiallarini faol tatbiq etish;
Hamma joylardagi tashkilotlarda energiya tejamlashning maxsus rag’batlantirish. Bu rag’batlantirish davlat xo’jalik hisobidagi tashkilotlari va byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi;
Noan`anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, keng masshtabda tatbiq etish uchun, ularning xarajatini qoplash muddatini pasaytirish maqsadida iqtisodiy va institutsional sharoitlarni yaratish;
Energiya tejamlash doirasi uchun kadrlar bilimi va tayyorgarligi sifatini oshirish, hamda O’zbekistonda energiya tejamlash faoliyatining axborot ta`minotini oshirish.
|
| |