|
-iyun kuni Madaniy –ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish bo‘limi mudiri
|
bet | 6/10 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 9,35 Mb. | | #263772 |
Bog'liq iroda610-iyun kuni Madaniy –ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish bo‘limi mudiri Nurmatova Zuxra Raimqulovna ishlarini o’rganib chiqdik.
Bu bolimda turli xil bayram va tadbirlar tashkillashtirilar ekan. Bizga bayramlarni qandey qilib qiziqarli tarizda o’tqazishni tushuntirib bredilar. Madaniy-ommaviy tadbirlar (ko‘rik-tanlovlar, ommaviy va ko‘ngil ochar o‘yinlar, dam olish kechalari, turli muhim sanalarga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan bayramlar, musobaqalar, tomoshalar va boshqa tadbirlar)ni tashkillashtiradi.
O‘quvchi - yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda ish shakli va usulini tanlash, turli tadbirlarni o‘tkazish, dastur va ssenariylarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshiradi. O‘quvchilarning qiziqishlariga ko‘ra klublar, uyushmalarnn tashkil etishda ishtirok etib, ularni ijodiy faoliyatga jalb etish, madaniy - ommaviy ishlarni tashkil etish shakllarini takomillashtirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazadi. Madaniy-ommaviy ishlar, o‘yinlarni, chiqishlar, va badiiy xavaskorlik ko‘riklariga rejissyorlik qiladi va o‘tkazadi. O‘quvchilarning ta’til kunlari bo‘sh vaqti va dam olishlarini samarali o‘tkazish maqsadida ekskursiyalar uyushtiradi. O‘quvchilarni vatanga muxabbat, milliy ananalar va halqimizning urf-odatlariga, buyuk olimlar, san’at, madaniyat va sport ustalariga hurmat, sodiqlik va faxrlanish tuyg‘usida tarbiyalashga ko‘maklashadi. Kutubxona xodimlari bilan birgalikda g‘oyaviy tarbiyaviy ishlarni, sport ommaviy va madaniy tadbirlarni o‘tkazishda faol ishtirok etadi. Madaniy-ommaviy, tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy materiallarni ishlab chiqish, tadbirlarga mos adabiy va musiqa repertuarlarini tanlash, sahna ko‘rinishiga jihozlarni tayyorlash ishlarini amalga oshiradi. Metodik kengash ishlarida sog‘lomlashtirish, tarbiyaviy va o‘quv dasturida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni o‘tkazish ishlarida ishtirok etadi. Ta’lim muassasalari, tegishli manfaatdor tashkilot, idoralar bilan hamkorlikda shaxsni kamol toptirishga qaratilgan o‘quv-tarbiyaviy yo‘nalishdagi turli tadbirlarni tashkil qiladi. O‘zining nazariy bilim darajasini va kasb malakasini uzluksiz ravishda oshirib boradi.Kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in havfsizligi qoidalari talablariga rioya qiladi.
|
| |