|
-rasm. Bu yerda biz kitoblarni skaner qildik
|
bet | 9/10 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 9,35 Mb. | | #263772 |
Bog'liq iroda66-rasm. Bu yerda biz kitoblarni skaner qildik.
14-iyun kuni biz Maktablarga amaliy uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘limi uslubchisi Kazakova Dilafruz Xusanovna bilan oxirgi amalyot ishimizni birgalikda bajardik.
Bu bo’limda biz maktablarga amaliy yordam ko’rsatish usullarini o’rgandik. Tegishli topshiriqlarni hamda faoliyatga doir me’yoriy hujjatlarning ijrosini hududiy maktab kutubxonalari tomonidan o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish, har chorakda tizimdagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish chorasini ko‘risho’rgandim.
“Maktab kutubxonasi” xodimlarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish rejasining bajarilishi monitoringini olib borish, “Maktab kutubxonasi” faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijalari yuzasidan reja asosida uslubiy kengashga tahliliy materiallar tayyorlash, har oy davomida“Maktab kutubxonasi”ning ish rejasi asosida amalga oshirilgan ishlar yakunini tahlil qilish, kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash yuzasidan tahliliy ma’lumot tayyorlash, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va yong‘indan himoyalanish qoidalarga rioya qilishlarni o’rgandim.
7-rasm. Ro’yxatga olish jarayonidan lavha.
15-iyun bugun biz unversitetimizga qaytdik.
Bugun biz unversitetimizga qaytib amaliyot rahbarimiz Pardayev Sherzod ustozga o’z hisobot va kundaliklarimizni topshirdik. Hisobotlarimizda Har kungi qilgan ishlarimizni vazifalarimizni to’liq va mazmunli ravishda yozib rahbarimizga taqdim etdik va ular bizning olgan bilimlarimiz yuzasida hisobotlarimizni tekshirib o; baholarini bizga qo’ydilar.
Kitoblarni jamlash va katalog yaratish bo‘limidan qabul qilib oladi va yordamchi fondlarga beradi. Kutubxonaning barcha fondiga indikator yuritadi. Adabiyotlarni saqlash shu’basi fondida Jizzax viloyat bolalar kutubxonasi nashrlarini, yangi nashrlarni, bolalar o‘qishi, rahbarlar uchun kitoblarni maktab dasturi bo‘yicha adabiyotlarni va davriy nashrlarni yig‘adi va saqlaydi.
Adabiyotlarni saqlash shu’basi fondini yuritilishi hisobini olib boradi.Jamg‘armaning xisobi, saqlanishi va undan foydalanish ustidan nazorat qiladi, sanitariya-gigiyena, muqovalash va ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi.Kutubxona fondlarini saqlash uchun zarur shart-sharoit yaratish bilan fondni butligini va ulardan foydalanishni nazorat qiladi.Eskirgan, tuzigan adabiyotlarni aniqlaydi, uni hisobdan chiqarilishini rasmiylashtiradi.Dublet va kupayib ketgan adabiyotlarni tanlab oladi. Ularni kutubxonaning almashuv fondiga berib yuboradi. Fonddan foydalanishni taxlil qiladi. Adabiyotlarni saqlash shu’basi fondidan adabiyotlarni berilishini amalga oshiradi. Bo‘limlar so‘rovlariga ko‘ra adabiyotlarni tanlaydi va beradi, ularni o‘z muddatida qaytarilishini kuzatib boradi.
|
| |