|
-rasm. Bu yerda biz elektron darsliklar bilan ham tanishib chiqdik
|
bet | 5/10 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 9,35 Mb. | | #263772 |
Bog'liq iroda65-rasm. Bu yerda biz elektron darsliklar bilan ham tanishib chiqdik.
8-iyun kuni Kutubxonada mavjud kitoblar haqida ma’limot o’rgandik.
Biz kelgan Jizzax viloyati bolalar kutubxonasida o‘qishga yo‘naltirilgan bir nechta kitoblar bilan tanishib chiqdik. Bu kutubxonalarda oddiy tarzda hikoyalar, romanlar, ilmiy va o‘quv qo‘llanmalar, o‘rgatuvchi asarlar, tadbir-kitoblar va boshqa turlardagi bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar mavjudekan ular bilan birma-bir tanishib chiqdim.
Aynan qaysi kitoblar mavjudligi va ularning nomlari o‘zaro farqlilik ko‘rsatishi mumkin, chunki har bir kutubxona o‘z zimmasida turli yosh guruhlariga yo‘naltirilgan kitoblar olib borishi mumkin ekanligini o’rganib chiqdim.
Ushbu ma’lumotlar asosida, Jizzax viloyati bolalar kutubxonasida sizga qiziqarli bo‘lishi mumkin bo‘lgan kitoblarning to‘liq ro‘yxatini taqdim etishim mumkin emas. Shuning uchun, o‘quv markazlaringizda, mahalliy kutubxonalarda yoki onlayn ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan kataloglardan yoki kutubxonalar bilan bog‘lanib to‘liq ro‘yxatni olishingizga maslahat beraman.
Ishlardan bo’sh vaqtimizda ham kutubxonadagi qiziqarli kitoblarni sevib o’qib hordiq chiqardik.
9-iyun kuni Kitoblarni jamlash va katolog yaratish bo‘limi mudiri Imomova Shaxnoza Sunnat qizi ishlarini o’rganib chiqdik.
Bu bo’lim mudiri Shahnoza opa bizga kitoblarni jamlash va katalog yaratishni o’rgatdilar. Biz ham o’zimiz shu ishlarni bajarib ko’rdik. Elektron resurslarini to‘plash, yig‘ib borish, avto-matlashtirilgan ishlov berish, saqlash va ulardan foydalanishni o’rgandik. Xujjatlar va bosma nashrlarni amalda me’yoriy-xukukiy xujjatlarga muvofik kutubxona fondiga chiqaradik, sohaga oid bo‘lmagan, dublet, ortiqcha uxshash adabiyotlarni rahbariyat bilan kelishilgan holda qayta taqsimlashni amalga oshiradik va belgilangan tartibda aholiga kitob yarmarkalarini tashkil qiladi. Jamg‘armadagi mavjud adabiyotlarning elektron nusxasini yaratadi.
Bo‘limga kelgan 1240 nafar kitobxon foydalanuvchilari ro‘yxatga olinib, ularga tez va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, kompyuter xotirasidagi ZiyoNet, lex.uz, uzedu.uz txt.uz, book.uz, referet.uz, dtm.uz saytlaridan talabalar va foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan ma’ruza matnlari taqdim etildi. Arnasoy, Paxtakor, Yangiobod, Zaforobod, Jizzax shahri, Do‘stlik va Baxmal tuman kutubxonachilariga kitobning elektron variantlari, mavzuiy referat, fan mavzulariga oid dars ishlanmalar xamda uslubiy qo‘llanmalar fleshka variantida tarqatildi.
Markazdan foydalanuvchilarga ma’lumotnoma bibliografik xizmati ko‘rsatib borish maqsadida bo‘lim xodimlari tomonidan ma’lumotnoma-bibliografik jamg‘armasi ajratildi va jamg‘arma yordamida kitobxonlarning turli so‘rovlari to‘la va o‘z vaqtida qondirilib borildi. Hisobot davrida kitobxonlarning 1035 ta shunday so‘rovlari bajarildi. Bular ijtimoiy-380 ta, tabiiy ilmiy-165 ta, texnikaga oid-198 ta, 292 ta adabiyotshunoslikga oid va boshqalar.
Ushbu bibliografik so‘rovlar bajarilish turi bo‘yicha quyidagilardan iborat;
Mavzuli-363;
Manzilli bibliografik-160;
Aniqlik kirituvchi-165;
Faktografik-347
Bajarilgan barcha yozma 502 ta va 533 ta og‘zaki ravishdagi bibliografik so‘rovlar, har oyning oxirgi kuni miqdori va bajarilish sifati bo‘yicha tahlil qilib borildi. Barcha bajarilgan bibliografik so‘rovlar “Bibliografik so‘rovlar”ni qayd qilish daftariga ro‘yxatga olindi.
|
| |