Katta ma'lumotlarni qayta ishlash




Download 251,5 Kb.
bet2/7
Sana23.12.2023
Hajmi251,5 Kb.
#127479
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
zafar
optik tolali uzatish tizimlari, Mavzu Jamoani shakllantirishning istiqbol rejalari-fayllar.org, a, MUSIQAVIY BADIIY DIDNING DARAJASI, dilshod aka, Coursera Muhammedova, Shakarov Abbos falsafa axloqshunoslik, NKSHT 4MT (2), dilnoza, UMIRBEK, 1 Mînîpîliya nima , 1, 452-22 YN, TKT 1-2-3 MODULE KEY words new
Katta ma'lumotlarni qayta ishlash.
Big data(katta ma'lumotlar) - juda katta hajmdagi bir jinsli bo'lmagan va tez tushadigan raqamli ma'lumotlar bo'lib, ularni odatiy usullar bilan qayta ishlab bo'lmaydi. Ba'zi hollarda, katta ma'lumotlar tushunchasi bilan birga shu ma'lumotlarni qayta ishlash ham tushuniladi. Asosan, analiz obyekti katta ma'lumotlar deb ataladi.Big data atamasi 2008-yilda dunyoga kelgan. Nature jurnali muharriri Klifford Linch dunyo ma'lumotlar hajmining juda tez sur'atda o'sishiga bag'ishlangan maxsus sonida big data atamasini qo'llagan. Biroq, katta ma'lumotlar avval ham bo'lgan. Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gb dan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga big data deb aytilar ekan.Katta ma'lumotlarni analiz qilish, inson his etish imkoniyatidan tashqarida bo'lgan qonuniylatlarni aniqlashda yordam beradi. Bu esa kundalik hayotimizdagi barcha sohalar, hukumatni boshqarish, tibbiyot, telekommunikatsiya, moliya, transport, ishlab chiqarish va boshqa sohalarni yanada yaxshilash, ularning imkoniyatlarini oshirish, muommolarga muqobil yechimlar izlab topish imkonini yaratadi.Zamonaviy axborot tizimlarida foydalaniladigan axborot (ayniqsa video, audio multimediali ma’lumotlar) hajmini jadal o‘sishi oldimizga ushbu axborotni ma’lumotlar bazasida saqlash va ularni boshqarishning yangi murakkab masalalarni qo‘yadi. Quyida katta hajmdagi multimedia ma’lumotlarni tashkil qilishga, shuningdek ular bilan ishlash vositalari tahlil qilib chiqamiz. Katta hajmli multimedia ma’lumotlar to‘rtta asosiy xarakteristikaga ega bo‘ladi: hajm, xilma-xillik, tezlik, narhi.1. Hajm. Insonlar va mashinalar tomonidan xosil qilinayotgan ma’lumotlarning o‘sib borayotgan soni, axborot texnologiyalari infrastrukturalariga ma’lumotlarni saqlash, ishlov berish va taqdim etishida yangi talablarni qo‘yadi.2. Xilma-xillik. Turli strukturalarda taqdim etilgan ma’lumotlar xilma-xil bo‘ladi. Bular kredit kartalar bo‘yicha operatsiyalar bo‘ladimi, ilmiy tadqiqot natijalari bo‘ladimi, fotografik suratlar bo‘ladimi, video va audio ma’lumotlar bo‘ladimi barchasi o‘ziga xos ishlov va saqlash shart sharoitlarini talab etadi.3. Tezlik. Tezlik deganda nafaqat ma’lumotlarning ma’lumotlar bazasiga kelib tushish tezligi, balki bu ma’lumotlar bazasidan olinadigan ma’lumotlarni chiqarib lish tezligi ham anglanadi.4. Narhi. Katta hajmdagi ma’lumotlar – qimmat resurs hisoblanadi.



Download 251,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 251,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Katta ma'lumotlarni qayta ishlash

Download 251,5 Kb.