|
Teng taqsimlangan kodlar ikki turga bo’linadi
|
bet | 2/3 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 354,8 Kb. | | #144396 |
Bog'liq Axborot va kodlash mustaqil ish 2Teng taqsimlangan kodlar ikki turga bo’linadi:
1) Blokli;
2) Uzluksiz.
Blokli kodlar uzatilayotgan infonmatsion ketma-ketlik alohida kodli
kombinatsiyalarga bo’linadi va ular bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda
kodlanadi va dekoderlanadi. Bu xolat uzatilayotgan xabarga n ta elementlardan tashkil topgan blok yoki har xil elementlardan iborat bo’lgan blok mos keladi.
Uzluksiz kodlar esa informatsion razryadlarning uzluksiz ketma-ketligidan iborat va ularni bo’laklarga bo’lib bo’lmaydi. Bunday kodlarda information razryadlar orasiga ortiqcha razryadlar ma’lum tartibda joylashtiriladi.
Agar kodlash uchun k asosli raqamli koddan foydalanilgan bo'lsa (kod
simvollari elementlari alfavitining hajmi k ga teng) va bunda kod simvollari elementlarining entropiyasi simvol elementlarining paydo bo'lish ehtimolligi bir xil va ular o'zaro mustaqil bo'lish sharti bajarilganida quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Shovqinsiz aloqa kanallari orqali uzatiladigan ma'lumotlarni samarali
kodlashtirish Shennon teoremasiga asoslanadi:
Agar ma'lumot manbaining entropiyasi N [bit/simvol] ga va aloqa
kanalining uzatish qobiliyati S [bit/sek] ga (aloqa kanalining uzatish qobiliyati deganda, uning eng maksimal ma'lumot uzatish tezligini ta'minlashi tushuniladi) teng bo'lsa, har doim shunday kodlash usulini topish mumkinki, kanalda ma'lumot uzatish tezligining o'rtacha qiymati ushbu formula negizida hisoblangan tezlikga teng bo'ladi:
H –ma’lumot manbaning entropiyasi;
C - aloqa kanalining uzatish qobiliyati.
E'tiborni teoremaning isbotiga qaratmasdan, uning imkoniyatiga
to'xtalamiz: ushbu teorema kod simvollarining bir xil ehtimol va bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda kelib tushishini ta'minlaydi, har bir simvol yordamida bir nuqtadan ikkinchisiga uzatilayotgan axborot hajmi log2 k (bit/element) ga teng bo'ladi.
Lekin teorema qanday usul asosida samarali kodlash mumkinligi to'g'risida hech qanday ko'rsatma bermaydi.
Keltirilgan xususiyatlarga asoslanib, ma'lumotlarning o'zaro bog'liq va
o'zaro bog'liq bo'lmagan simvollarini samarali kodlash bo'yicha bir qator
algoritmlar ishlab chiqilgan, ular bugunda ham samarali kodlash jarayonlarida qo'llaniladi.
Algoritmlar ma'lumot manbaida ko'p qaytariladigan simvollarni eng kichik uzunlikdagi kod kombinasiyalari bilan kodlashga asoslanadi.
Axborotni kamroq bitlarni sarflab uzatish axborotni kodlashtirishning
samarali usullarining maqsad va vazifasi hisoblanadi. Axborotni
kodlashtirishning samarali usullaridan foydalanilganda kanalning
o'tkazuvchanlik qobiliyatidan samarali foydalanish mumkin.
|
| |