|
Guruh: ict001 (411-21) Fan: Axborot va kodlash nazariyasi
|
bet | 3/3 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 354,8 Kb. | | #144396 |
Bog'liq Axborot va kodlash mustaqil ish 2Shennon - Fano kodi paydo bo'lguncha aloqa kanallari orqali uzatilayotgan axborotlardagi belgilar uzunligi bir xil bo'lgan bitlar yordamida kodlashtirilar edi.Shennon - Fano kodi paydo bo'lgandan so'ng uzatilayotgan axborotdagi har bir belgining paydo bo'lish
ehtimolligiga qarab turib, uzunligi har xil bo'lgan bitlar yordamida kodlash imkoniyati paydo bo'ldi.Axborotda biror bir belgining paydo bo'lish ehtimolligi kattaroq bo'lsa, uni ikkilik sanoq tizimidagi kodining uzunligi “kichikroq bit” bo'ladi.
Agar axborotda biror bir belgining paydo bo'lish ehtimolligi kichikroq
bo'lsa, uni ikkilik sanoq tizimidagi kodining uzunligi “kattaroq bit” bo'ladi. Samarali kodlash algoritmlarining kamchiliklari;
- tashqi shovqinlarga ta'sirchanligi - shovqin ta'sirida bitta elementda
sodir bo'lgan xato bir kod kombinasiyasini vaqt birligi bo'yicha boshqa qiymatga ega ikkinchisiga o'tib ketishiga sabab bo'lishi mumkin;
- bir kod simvoli boshqa vaqt birligidagi simvolga aylanishi mumkin,
buning oqibatida joriy va keyingi simvollar noto'g'ri dekodlanadi va birlamchi ma'lumot boshqa ma'lumotga o'zgarib ketadi; - keyingi kamchilik bu texnikaviy jihatdan ularni yaratish murakkabligi
hisoblanadi: - qurilma bufer va simvollarni yig'ish uskunalariga ega bo'lishi kerak.
Chunki aloqa kanallari bir xil uzunlikdagi kod kombinasiyalarini uzatishda samarali ishlaydi, yuqoridagi algoritmlardagi kod kombinasiyalarining uzunligi har xil, ularni yig'ib bir tugallangan ma'lumot shakliga keltirish uchun oldin qabul qilingan simvollarni saqlash kerak bo'ladi.
Xaffmen kodi asosan faksimil tizimlarda ishlatiladi. Xaffmen kodlarining shartlari quyidagilardan iborat:
- eng ko'p uchraydigan simvollarni birinchi uzatish;
- simvollar extimolligini aniqlash;
- extimolligiga qarab joylashtirish (katta kichikligiga qarab);
- entropiya hisoblanadi;
- entropiya xisoblangandan keyin daraxt xoliga keltiriladi va
kodlashtiriladi.
Uzatilayotgan axborotlarni kodlash usullaridan biri bu o’ralgan kodlar
yordamida kodlab uzatishdir.O’ralgan kodlar bushunday kodlarki ular yordamida xatoliklarni to’g’irlash mumkin bo’lib,ular axborotlarni uzluksizyoki ketma-ket tarzda qisqa fragmentlar (bloklar) yordamida qayta ishlashga asoslangandir.
Xulosa
Uzatilayotgan axborotlarni kodlash usullaridan biri bu o’ralgan kodlar yordamida kodlab uzatishdir.O’ralgan kodlar bushunday kodlarki ular yordamida xatoliklarni to’g’irlash mumkin bo’lib,ular axborotlarni uzluksizyoki ketma-ket tarzda qisqa fragmentlar (bloklar) yordamida qayta ishlashga asoslangandir.
Shovqinbardosh kod deb – xato qabul qilingan razryadlarni aniqlaydigan
va to’g’rilaydigan kodga aytiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Блейхут Р. Теория и практика кодов, контролирующих ошибки. М.: Мир,1986.
2. Варгаузин В. Помехоустойчивое кодирование в пакетных сетях.- «Телемултимедиа»,2005г,№4стр.3.
3. Вернер М. Основы кодирования – ТЕХНОСФЕРА – Москва, 2006, с.127 – 129, 200 – 201.
4. Золотарев В. В., Овечкин Г. В. Помехоустойчивое кодирование. Методы и алгоритмы. М.: Горячая линия-Телеком,2004.
5. Кларк Дж., Кейн Дж. Кодирование с исправлением ошибок в системах цифровой связи. М: Радио и связь, 1987.
6. Veyd, Grem (1994). Signalni kodlash va qayta ishlash (2 nashr). Kembrij universiteti matbuoti. p. 34. ISBN 978-0-521-42336-6. Olingan 2011-12-22. Manbalarni kodlashning keng maqsadi - "samarasiz" ortiqchalikni ishlatish yoki olib tashlash PCM manbai va shu bilan umumiy manba tezligi R ning pasayishiga erishiladi.
7. Mahdi, O.A .; Muhammad, M.A .; Mohamed, A.J. (2012 yil noyabr). "Gibrid texnikasi yordamida matnni kodlashga audio kompressiyani konvertatsiya qilishning yangi yondashuvini amalga oshirish" (PDF). Xalqaro kompyuter fanlari jurnali. 9 (6, № 3): 53-59. Olingan 6 mart 2013.
8. Pujar, J.X .; Kadlaskar, LM (may, 2010). "Huffman kodlash usullaridan foydalangan holda tasvirni siqish va dekompressiyani yo'qotishning yangi usuli" (PDF). Nazariy va amaliy axborot texnologiyalari jurnali. 15 (1): 18–23.
9.Salomon, Devid (2008). Ma'lumotlarni siqishga qisqacha kirish. Berlin: Springer. ISBN 9781848000728.
10.S. Mittal; J. Vetter (2015), "Kesh va asosiy xotira tizimlarida ma'lumotlarni siqish uchun me'moriy yondashuvlarni o'rganish", Parallel va taqsimlangan tizimlarda IEEE operatsiyalari, IEEE, 27 (5): 1524–1536, doi:10.1109 / TPDS.2015.2435788, S2CID 11706516
|
| |