|
Guruh: map001 Bajardi: Ahmadjonov Furqatbek
|
bet | 3/4 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #237417 |
Bog'liq Ahmadjonov Furqat boshqaruv tamoyillari 3- mustaqil ishO‘z epoxasining odami
Shu kunlarda Li Gon Xi vafoti munosabati bilan uning yaxshi sifatlari, muvaffaqiyatlari tez-tez eslanmoqda. Ammo xolislik uchun uning biografiyasida unchalik yorqin bo‘lmagan sahifalar ham borligini ta'kidlash lozim.
Koreyada Lining tanqidchilari yetarlicha; Samsung'ning ma'naviy obro‘si borasida ham turlicha fikrlar bor. Xususan, korporatsiya uzoq vaqt o‘z ishchilarining kasaba uyushmasiga birlashishiga to‘siq bo‘lgani, xodimlarni o‘ta qattiq talablar asosida ishlatgani aytiladi. Aytishlaricha, Samsung ishchilarni «limondek siqib, so‘ng bir martalik stakan kabi uloqtiradi», chunki xodimlarga hatto shunday munosabat ham bo‘shagan ish o‘rnini egallash istagida bo‘lganlar sonini kamaytirmaydi.
Shu bilan birga, kompaniyaning ichki sirlarini bilishga uringan yoki bu sirlarni oshkor qilgan xodimlarga nisbatan mutlaqo toqatsiz ekanini ham qayd etishadi.
Samsung-taun, Seul
Li Seul markazidagi uyidan ko‘p ham tashqariga chiqavermagani, Samsung shtab-kvartirasida unchalik ham tez-tez ko‘rinish beravermasligi va jurnalistlar bilan suhbatlarni rad etishi tufayli unga Koreyada «tarki dunyochi qirol» degan sifat ham berishadi.
Ta'kidlash joiz, Janubiy Koreyada nafaqat ko‘plab prezidentlar, balki yirik konsernlar rahbarlari ham ozodlikdan mahrum etib turiladi. Li Gon Xi ham ikki marta jinoiy ish doirasida tergov qilingan: 1995 yilda prezident Ro Txe Uga pora berishda, 2008 yilda esa soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangan. Har ikki safar ham oqlangan bo‘lsa-da, ikkinchi gal u shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilib, 2 yilga Samsung rahbariyatidan ketishga majbur bo‘lgandi.
Samsung Electronics vitse-prezidenti Li Dje Yon
Lining o‘g‘li – kompaniya vitse-prezidenti, amalda olti yildan buyon konsernni boshqarib kelayotgan Li Dje Yon ustidan ham jinoiy ish ochilgan. U 2014 yilda, otasi xastalikka chalingan vaqtdan buyon amalda birinchi rahbar bo‘lib qolmoqda, ammo koreys an'analariga binoan, ota vafot etmagunga qadar o‘g‘il kompaniyaning eng yuqori lavozimini rasman egallay olmaydi.
52 yoshli Li Dje Yon va Samsung'ning yana 4 nafar top-menejyeri ustidan 2017 yilda jinoyat ishi ochilgan. Ular sobiq prezident Pak Kin Xening eng yaqin dugonasiga 43,4 mlrd von (taxminan 38 mln dollar) miqdorida pora berganlikda ayblangan. Bunga qo‘shimcha ravishda Dje Yon xorijdagi aktivlarini yashirish va parlament eshituvida yolg‘on axborot berishda ham ayblangan va 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Oradan bir yil o‘tib, 2018 yil boshida sud uning apellyatsiyasini ko‘rib chiqib, jazoni 2,5 yillik shartli muddatga almashtirgan va u ozodlikdan chiqarilgandi.
Ammo bu bilan ish yopilmadi: 2019 yil avgustida Li Dje Yon ustidan tergov qayta boshlandi, u yana qamoqqa qaytishi ehtimoli yuzaga keldi. Shu boisdan Dje Yon otasining vafotidan keyin ham de-yure Samsung boshqaruvini qo‘lga ola olmasligi mumkin bo‘lib qolmoqda
|
| |