|
Materiali va bajarilish asosida intikator elektrodlar 4 ga bo‘linadi
|
bet | 4/4 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 106,59 Kb. | | #106332 |
Bog'liq 14-22-guruh Xurramova ZMateriali va bajarilish asosida intikator elektrodlar 4 ga bo‘linadi: - Materiali va bajarilish asosida intikator elektrodlar 4 ga bo‘linadi:
- Shisha membranali elektrod-vodorod elektrod.
- Vodorod ionlarining konsentratsiyasi har xil bo‘lgan ikkita eritmani bir- biridan ajratib turadigan yupqa shisha membrananing yuzasida hosil bo‘ladigan potensialni o‘lchash yo‘li bilan istalgan suvli eritmaning pH ini aniqlash mumkin. Bunday shisha membrana yuzasida hosil bo‘ladigan potensial faqat H+ ionlarining konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa ionlar konsentratsiyasining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuning uchun bunday elektrodlar ionselektiv elektrodlar deyiladi.
1,Kumishm sim;
2,Bufer eritma (KCl + HCl) [N+] = const
3-yupqa shisha plastinka-membrana
Shisha elektrodning potensiali ham Nernst tenglamasi yordamida aniqlanadi : - Shisha elektrodning potensiali ham Nernst tenglamasi yordamida aniqlanadi :
- E = A + 0,059 lg[H3O+]
- Shisha elektrod yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri vodorod ionlarining konsentratsiyasini eritmada aniqlash mumkin.
- Suyuq membranali indikator elektrod.
-
- Bu elektrodlarning ishlash prinsipi quyidagiga asoslangan: Aniqlanayotgan eritma va undagi aniqlanishi kerak bo‘lgan ion bilan o‘zaro selektiv ta’sir etuvchi aralashmaydigan qavat (aniqlanayotgan eritma bilan aralashmaydi ) orasida hosil bo‘ladigan potensiallar ayirmasini o‘lchashga asoslangan. Bu elektrod yordamida ko‘p zaryadli kationlar va ayrim anionlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri potensiometrik metod yordamida aniqlash mumkin. Suyuq membranali elektrodlarning farqi shundan iboratki , konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan eritma aniqlanayotgan eritmadan suv bilan aralashmaydigan yupqa suyuqlik qavati bilan ajralgan holda bo‘ladi. Ana shu yupqa qavat membrana rolini o‘ynaydi. Bu membrana yordamida Ca2+, Cl-, NO3-, SO4- va boshqalarni aniqlash mumkin.
- Qattiq yoki geterogen membranali indikator elektrodlar.
Bunda membranalar sifatida siqilgan (presslangan) kumushning galogenidlari ishlatiladi, ular organik polimerlardan tayyorlanadi. Ion almashtirgich smolalar va ularga to‘g‘ri keladigan inert massalar (polietilen, polistirol va boshqalar) dan ham yasash mumkin.
- Gaz sezuvchan membranali elektrodlar.
Bunday turdagi membranalar gidrofob plastikalardan yasaladi. Hozirgi vaqtlarda sanoatda NO2, NH3, SO2 ga selektiv bo‘lgan membranali elektrodlar ishlab chiqarilmoqda.
Ko’rib o‘tilgan membranali indikator elektrodlari o‘zlarining selektivligi, tez aniqlash darajasi, sezgirligi va metodning oddiyligi bilan ajralib turadi . Shuning uchun elektrokimyoning bu sohasi amaliyotda keng qo‘llanilayotgan va tez rivojlanayotgan isti qbolli sohalardan biri hisoblanadi E’tiboringiz uchun raxmat!!!
|
| |