Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi




Download 134,23 Kb.
bet20/35
Sana02.12.2023
Hajmi134,23 Kb.
#109920
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mav

O’qituvchi – o’quvchi (talaba)



An’anaviy bilimdagi suhbat ishtirokchilari



O’qituvchi – o’quvchi (talaba) (jamoa)



An'anaviy ta'limda ham tabiiy ravishda suhbat asosini axborot tashkil etadi. Ammo axborot uzatishning asosiy manbai o'qituvchining tajribasi bo'lib, bu jarayonda u yetakchilik, dominantlik qiladi, ya'ni u darsning asosiy vaqtida bilimlarni og'zaki tarzida talaba (talaba)larga yetkazib berishga intiladi. Faollik ko'rsatish o'qituvchigagina xos bo'lib, talaba (talaba)lar bu vaziyatda sust tinglovchi bo'lib qoladi. Ularning asosiy vazifasi o'qituvchini tinglash, zarur o'rinlarda yozish, savollar bilan murojaat qilinganida javob qaytarish, kam holatlarda ruxsat etilganidagina so'zlashdan iboratdir.


An'anaviy ta'limdagi bir tomonlamalik oliy ta'lim tizimidagi faqat ma'ruza mashg'ulotlarida emas, seminar, amaliy darslarida ham ustuvorlik qiladi. Unga ko'ra, "yetkazib beruvchi" rolida endi o'qituvchi emas, balki talaba (talaba) namoyon bo'ladi. Talaba (talaba), asosan, o'zi o'zlashtirgan bilimlarni namoyish etadi, o'qituvchi esa uning fikrlarini tinglaydi, zarur o'rinlarda savollar bilan murojaat qiladi. Talaba (talaba)lar guruhi (jamoasi) bu vaziyatda butunlay sust ishtirokchi, tinglovchi bo'lib qoladi. Bir qarashda talaba (talaba) yoki o'qituvchi tomonidan uzatilayotgan axborotlarning qabul qilinishi talabalar guruhi (jamoasi) uchun bilimlarni o'zlashtirish imkoniyatini yaratayotgandyek taassurot uyg'otadi. Biroq, psixologik tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, shu tarzda qabul qilingan bilim (ma'lumot)lar juda tez unutiladi. Xususan, amerikalik psixolog olimlar R.Karnikau va F.Makelrouning o'rganishlariga ko'ra shaxsning tabiiy fiziologik-psixologik imkoniyatlari muayyan shakllarda o'zlashtirilgan bilimlarni turli darajada saqlab qolish imkonini beradi. Ya'ni shaxs: manbani o'zi o'qiganida 10%; ma'lumotni eshitganida 20%; sodir bo'lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko'rganida 30%; sodir bo'lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko'rib, ular to'g'risidagi ma'lumotlarni eshitganida 50%; ma'lumot (axborot)larni o'zi uzatganida (so'zlaganida, bilimlarini namoyish etganida) 80%; o'zlashtirilgan bilim (ma'lumot, axborot)larni o'z faoliyatiga tatbiq etganida 90 % hajmdagi ma'lumotlami yodda saqlash imkoniyatiga ega.
Shunga ko'ra interfaol o'qitish "ta'lim jarayonining asosiy ishtirokchilari - o'qituvchi, talaba va talabalar guruhi o'rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg'in bahs-munozalar, o'zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, o'quv materiallarini o'zlashtirishda talabalarning o'zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, "o'qituvchi - talaba -talabalar guruhi"ning o'zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo'llab-quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo'lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi".
Zamonaviy ta'lim, shu jumladan, uning tobora ommalashib borayotgan shakli -interfaol o'qitishda esa shaxslar o'rtasidagi suhbat (dialog) quyidagi shaxslar o'rtasida tashkil etiladi:






Download 134,23 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Download 134,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi

Download 134,23 Kb.