Har bir raxbar, xalq bilan muloqot qilishi va xar birini rozi qilishi kerak




Download 3,91 Mb.
bet3/6
Sana13.06.2024
Hajmi3,91 Mb.
#263253
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Diplom ishi Sherzod

Moylash tizimining vazifasi. Dvigatel detallarining katta yuklanishlarda ishqalanib ishlashi ularning yeyilishiga va qizishiga olib keladi. Shuning uchun dvigatelning ishqalanuvchi detal yuzalariga uzluksiz ravishda moy yuborib turish zarur. Bu vazifani dvigatellarda moylash tizimi bajaradi.
Moylash tizimi dvigatel ishlayotganda uning ishqalanuvchi yuzalariga kerakli miqdorda moy yetkazib beradi, natijada ishqalanuvchi sirtlari qisman soviydi, ishqalanishi va yeyilishi kamayadi hamda detallarning yeyilishiga sababchi moyga yopishgan yeyilgan zarrachalar moy bilan birga karter tubiga tushadi va bu moy keyin qayta tozalanadi.
Dvigatelning detallarini moylash uchun, asosan, neftdan olinadigan moylar ishlatiladi. Ishlatiladigan moyning turi dvigatelning turi va uning ishlash sharoitiga bogʻliq. Moy dvigatel detallariga sachratilib, bosim ostida yoki aralash usulda yuborilishi mumkin. Shunga koʻra sachratib, bosim ostida majburiy, aralash usulda moylash tizimlari qoʻllaniladi.
Sachratib moylash tizimi dvigatelning ishqalanuvchi detallariga yetarli miqdorda moyni yetkazib bera olmaydi. Bosim ostida majburiy moylash turi esa tarmoqni murakkablashtirib yuboradi. Shuning uchun zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan aralash moylash tizimi qoʻllaniladi. Bu turdagi moylash tizimida zo‘riqib ishlaydigan detal yuzalariga moy bosim ostida majburiy, qolganlariga esa moy sachratib va purkash usuli bilan yuboriladi. Aralash moylash tizimi quyidagi mexanizm, asbob va tuzilmalarni oʻz ichiga oladi: moy saqlagich, moy qabul qilgich, zo‘riqib ishlaydigan ishqalanuvchi detallar oralig‘iga moy yuboruvchi nasos, moyni tozalovchi filtrlar, moy sovituvchi radiator, moy yo‘llari va quvurlari, moyning satxi, bosimi va haroratini ko‘rsatuvchi asbob-uskunalar.
1-rasmda shu turdagi moylash tizimining soddalashtirilgan chizmasi keltirilgan. Moy quvur orqali moy karter 12 tubiga tushadi. Karter tubidagi moy 176 satxi satx ulchagich dastagi bilan o‘lchanadi. Karter tubiga, ishlatilgan moyni chiqarib tashlash uchun tiqin kirgizilgan. Odatda karter tubining eng pastki qismida moy nasosi 2 ning moy qabul qilgichi 11 joylashadi. Moy nasos yordamida filtr 5 dan o‘tib, magistral moy kanallari 8-10 ga boradi.



Download 3,91 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 3,91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Har bir raxbar, xalq bilan muloqot qilishi va xar birini rozi qilishi kerak

Download 3,91 Mb.