Har bir raxbar, xalq bilan muloqot qilishi va xar birini rozi qilishi kerak




Download 3,91 Mb.
bet2/6
Sana13.06.2024
Hajmi3,91 Mb.
#263253
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Diplom ishi Sherzod

I. KONSTRUKTORLIK QISMI



    1. Dvigatel va tizim vazifasi, texnik xarakteristikasi

Ichki yonuv dvigatellari issiqlik mashinalari turkumiga kiradi. Issiqlik mashinalarining vazifasi - issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirishdir. Dunyoda ishlab chiqarilayotgan birlamchi energiyaning 90 foizdan ortiqrog‘ini issiqlik mashinalari ishlab chiqaradi (qolgani gidroelektr stantsiyalari; atom elektr stantsiyalari; quyosh, shamol, suv energiyasidan foydalanadigan va h.k. mashinalar hisobiga to‘g‘ri keladi). Bugungi kungacha issiqlik mashinalarining to‘rt turi maium: bug‘ mashinalari; ichki yonuv dvigatellari, bug1 turbinalari va gaz turbinalari. Bug1 mashinalari o‘z vazifasini bajarib boidi. Ichki yonuv dvigatellariga o‘matilgan quvvat bugungi kunda dunyoda ishlab chiqarilayotgan birlamchi energiyaning 70 foiziga to‘g‘ri keladi. Ichki yonuv dvigatellarida dastlab yonish jarayonida yonilgining ichki kimyoviy energiyasi issiqlik energiyasiga, so‘ngra kengayish jarayonida issiqlik energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. 1867 va 1878-yillar oralig‘ida bir necha ichki yonuv dvigatellar paydo boidi: Bishop (Bishop) va Gilel (Gillel) dvigatellari - biroz o‘zgartirilgan atmosfera mashinalari; venalik Gik dvigateli - o‘z dvigatelida kerosinni ishlatib ko‘rdi, bundan tashqari u sekin-asta yonishni kiritdi, shu bois bu dvigatelni Dizelning oimish-doshlaridan biri deb qarash mumkin. Lekin bu dvigatellaming birortasi salohiyatga ega boimadi va to il taktli Otto dvigateli paydo boigandan keyin e’tibordan chetda qolishdi.
Avtomobil dvigatellari modellari va modifikatsiyalarining soni yildan-yilga ortib boraioqda. ular tasniflanishining yagona tizimi shu paytgacha ishlab chiqilmagan. Buning sababi shundaki, hamma av totraktor dvigatellari kuch qurilmalari bo‘lib, ular istalgan transport vositasining harakatini ta’minlashi hamda ulaming harakati va ish rejimlari doim o‘zgarib turadigan sharoitda turli transport vositalari qo‘yadigan har xil talablami qondirishi kerak. Bundan tashqari, yetarli darajadagi murakkab agrégat sifatida istalgan dvigatel kimyo va fizika, gidravlika va gazdinamikasi, issiqlik texnikasi va elektronika, materialshunoslik va materiallar qarshiligi, matematika va hisoblash texnikasi va h.k. kabi fanlaming doim rivojlanib borayotgan yo‘nalishlari va tarmoqlarining ko‘p yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirish kerak.



Download 3,91 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 3,91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Har bir raxbar, xalq bilan muloqot qilishi va xar birini rozi qilishi kerak

Download 3,91 Mb.