• Moylash tizimining tuzilishi va ishlash prinsipi
  • -rasm. Moylash tizimining sodda sxemasi




    Download 3,91 Mb.
    bet4/6
    Sana13.06.2024
    Hajmi3,91 Mb.
    #263253
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Diplom ishi Sherzod

    1-rasm. Moylash tizimining sodda sxemasi:
    1-moy bosimi klapani (reduktsion klapan); 2-moy nasosi; 3-tirsakli val podshipniki; 4-moy forsunkasi; 5-moy filtri; 6-moy datchigi; 7-taqsimlash vali podshipnigi; 9-moy sovituvchi; 8-10- magistral moy quvurlari, 11-moy qabul qiluvchi; 12-moy poddoni

    Dvigatel sovuqligida yoki uning tirsakli vali juda katta aylanishlarda ishlaganda, tizimdagi moy bosimi juda ko‘tarilib, moylash tarmog‘i quvurlarini yorib yuborishi mumkin. Buning oldini olish va tizimga moy belgilangan bosim ostida ishlashini ta’minlash uchun nasosning pastki qismiga qaytarish (reduktsion) 177 klapan 1 oʻrnatilgan, u tarmoqda oshiqcha o‘tayotgan moyning bir qismini karter tubiga qaytarib, moy bosimini bir me’yorda ushlab turadi. Filtr 5 ning ifloslanishi natijasida uning moy o‘tishiga bo‘lgan qarshiligi oshib ketadi yoki moyni butunlay magistral moy kanallariga oʻtkazmay qoʻyadi. Bu paytda moy o‘tkazish klapani orqali magistral moy yo‘liga o‘tadi. Ba’zi hollarda filtrga saqlagich klapan oʻrnatilishi mumkin. Moy asosiy moy yo‘li orqali blokdagi moy teshiklaridan chiqib, tirsakli valning o‘zak bo‘yinlari 3 va taqsimlash valining podshipniklari 7 ga o‘tadi. Shatun podshipnigiga moy o‘zak bo‘ynidan tutashtiruvchi moy yo‘li orqali bosim ostida o‘tadi. Ba’zi dvigatellarda porshen barmogiga moy shatun o‘zagidagi moy yo‘li orqali bosim ostida yuboriladi.


    Tirsakli val aylanganda markazdan qochma kuch ta’sirida karter tubidagi moy sachrab, karter devorlariga urilib, mayda zarrachalarga bo‘linadi va moy tumani hosil bo‘ladi. Moy tumani silindr devorlariga utirib, porshen, porshen halqalari va barmogi, taqsimlash valining harakat uzatuvchi ayrim qismlarini va boshqa detallarini moylaydi. Taqsimlash shesternyalari va gaz taqsimlash mexanizmining ba’zi yo‘naltiruvchi dstalari oqizish yo‘li bilan moylanadi. Tizimdagi qizigan moy sovituvchida 9 da sovitiladi, unga moy nasosi 2 orqalli yuboriladi.
    Moylash tizimining tuzilishi va ishlash prinsipi
    Moy nasosi. Moy moylash tizimiga shesternyali nasos bilan yuboriladi. Shesternyali nasoslar bir yoki ikki xonali bo’lib, yengil, oddiy va ixcham tuzilgan hamda puxta ishlaydi. 7.2-rasmda bir xonali moy nasosining turlari keltirilgan. Nasos korpusi 1 da yetakchi va yetaklanuvchi shesternyalar 3 va 4 joylashgan, yetakchi shesternya yuritma 4 orqali harakatga keltiriladi, yetaklanuvchi shesternya esa oʻqda erkin aylanadi.
    Nasos shesternyalarining aylanishi natijasida moy karter tubidan qabul qilgich orqali nasosning moyning kiritish kanali 5 ga o‘tadi va moy shesternya tishlariga ilashib, moyning chiqish kanali 6 ga o‘tadi. Benzinli dvigatellar tizimidagi moyning bosimi 0,3...O, 5 MPa, dizellarda esa 0,5...0,7 MPa bo‘ladi. 178 Nasosga reduktsion klapan 7 o‘rnatilgan bo‘lib, bu klapan tarmoqdagi moy bosimi belgilangan miqdordan oshib ketsa, moyni karter tubiga yoki moy nasosining chiqarish tuynugidan kiritish tuynugiga o‘tkazib yuboradi. Moy qabul qilgich moy tarkibidagi yirik ifloslangan zarrachalarni ushlab qoluvchi birlamchi filtr vazifasini o‘taydi va qoʻzgalmas holda karter tubining eng pastki
    qismiga o‘rnatiladi. Shu sababli avtomobil qiya turganda ham moy qabul qilgich karter tubidagi moyga tegib turadi va tarmoqqa havo ketishiga yo‘l qoʻymaydi.



    Download 3,91 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 3,91 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Moylash tizimining sodda sxemasi

    Download 3,91 Mb.