Havo ishlatilgan gazlar




Download 4.79 Mb.
bet6/6
Sana06.06.2022
Hajmi4.79 Mb.
#23039
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dvigatellarning ta
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
op =1/2 t10 %
Siqish darajasi ortganda, yurgizib yuborish qurilmasi ishlatilganda, elektron o`t oldirish sistemasi qo`llanilganda, tirsakli valning aylanish tezligi oshirilganda, elektron dvigatelni yurgizib yuborish temperaturasi pasayadi. Lekin havo issiq kezlarda benzinning past temperaturada qaynay boshlashi juda xavfli xisoblanadi, yong`in chiqish xavfi ortadi, benzinning bug`lanib isrof bo`ladi. Benzin trubasida, benzin nasosida yengil fraktsiyalar qaynay boshlaydi. Natijada bug`dan iborat to`siq xosil bo`ladi. Karbyuratorga benzin o`taolmay qoladi. Ta`minlash sistemasining normal ishlashiga xar qanday xalaqit beradigan temperatura ikki xil omil: birinchisi-benzin to`yingan bug`larning o`rtacha bosimi va ikkinchisi-+700S da bug`lanadigan fraktsiyalar miqdoriga bog`liq bo`ladi.
Benzindagi yengil fraktsiyalarning qaynashi to`xtagan harorat oralig`i benzining ekspluatatsion xossalari uchun katta ahamiyatga ega. Bu oraliq qancha qisqa bo`lsa, dvigatelni yurgizib yuborishga shuncha kam vaqt sarflanadi va dvigatelning tirsakli vali aylanish tezligini oshirish xususiyati shuncha yuqori bo`ladi. Dvigatelning bu xususiyatlari benzinning mediona issiqlik deb ataladigan qaynash harorati bilan, ya`ni benzin tarkibidagi fraktsiyalarning 50% bug`lanadigan xarorat bilan aniqlanadi.
Nihoyat, xaydash jarayoni oxiridagi xarorat ta`sirida og`ir fraktsiyalar to`la bug`lanadi, bu tempuratura dvigatelning xizmat muddatiga katta ta`sir ko`rsatadi. Agar xaydash xarorati 2090S ga yetganda benzinda ishlovchi dvigatel qismlarining yeyilish tezligi 100% ni tashkil etadi, deb qabul qilingan 1600S da u 60% ga 2300S da 190% ga teng bo`ladi.benzin tarkibidagi fraktsiyalar uning solishtirma yonish issiqligini belgilab beradi. Aviatsiya benzinning bu ko`rsatkichi avtomobil benzinlari ko`rsatkichlaridan yuqoridur. Shu tufayli dvigatelь aviatsiya benzinida ishlatiladigan ko`proq quvvat beradi. Biroq avtomobil dvigatelning klapinlari kuyib ketishi mumkin, chunki ular yuksak xaroratda ishlashga moslanmagan.
Qishda yurgizib yuborish oson bo`lishi uchun yozgi va qishki benzinlar ishlab chiqariladi. Qishki benzinlar fraktsion tarkibini yengilligi bilan farq qiladi. Yonilg`ining tarkibida yengil fraktsiyalarning ko`p bo`lishi xam yaxshi emas, yonilg`ini tez yonib yonilg`i naychalarida bug`lar tiqilib qoladi, natijada dvigatel normal ishlamaydi (qizib ketadi). Masalan, qishni benzinlarni yozda ishlatgan shunday bo`lishi mumkin. Yonilg`ining 10% dan 95% gacha qaynab bug`lanadigan xarorat uning asosiy qismining bug`lanishini xarakterlanmaydi va ish fraktsiyasi deyiladi.
Yozgi benzinning 10% zi 700S gacha qishgisi esa 900S gacha temperaturagacha qizdirilganda 90% benzin qaynab bug`ga aylanadi. Yozgi benzinlar 196-2050S da, qishgilari esa 189-1990S temperaturada qaynab bug`ga aylanishi kerak. 90% qaynash nuqtasidan to qaynab bug`lanishning oxirigacha og`ir uglevodorodlar batoman bug`lanib ketmaydi. Ular suyuq tomchi holatida qolib porshen xalqalari orasiga kirib qoladi.
Benzinning dvigatel quvvatiga va yonilg`ining sarf miqdoriga ta`sir qiluvchi xossalaridan biri uning oktan soni bo`lib, oktan soni-yonilg`ining detonatsiyaga turg`unligi (Bardoshlarini) bildiradi. Detonatsiya, bu dvigatelning noto`g`ri ishlashi yoki boshqacha qilib aytganda, yonish jarayoni me`yorida borganda yonilg`i xavo bilan aralashib, yonuvchi aralashma xosil qilganda so`ng, tsilindrdan uchqun orqali alangalanadi va alanganing sekin asta tarqalishi natijasida yonib tugallanadi. Alanganing tarqalishi tezligi 15-30 m/s bo`lganda dvigatelning yetarli darajada bo`ladi, yonilg`i tejamli sarf bo`ladi.
Yonilg`ining oktan soni deb, izooktan va gektandan sun`iy tayyorlangan, detonatsiyaga turg`unligi sinalayotgan yonilg`iga teng bo`lgan aralashmadagi protsentda beriladin (xajm bo`yicha) izooktan miqdoriga aytiladi.
Namuna yonilg`i sifatida ikkita uglevodorod aralashmasi olinadi.
1) Izooktan – S8 N8 izomer tuzilishiga ega bo`lgan porofinqatordagi uglevodorod bo`lib, detonatsiyaga bardoshligi 100 deb qabul qilingan.
2) Normal gektan – S7 N6 parafin qatoridagi uglevodorod bo`lib, zanjirsimon normal tuzilishiga ega uning struktura formulasi SN3-SN2-SN2-SN2-SN2-SN2-SN2-SN3 geptan kuchli detonatsiyalanadi, uning detonatsiyaga bardoshligi 0 ga teng.
Oktan sonining ikki yo`l bilan oshirish mumkin.

  1. Prisadkalar ya`ni tarkibidagi uglevodorodlarni o`zgartirish yuqori oktan soni uglevodorod quyilsh yo`li bilan (izoparafinlar, aromatik uglevodorodlar).

  2. Detonatsiyaga qarshi birikmalar-etil suyuqligi tarkibida (S2N4)4 R6 qo`rg`oshin bo`lib, bu suyuqlik zaxarli bo`ladi. Etil suyuqligi qo`shilgan benzin etillangan deyiladi va ranglanadi.

Hozirgi avtomobil dvigatellarida ishlatiladigan va oktan soni katta bo`lgan benzinlar kremning va kattalik reforlining yo`li bilan olingan benzinlarga oktan soni katta bo`lgan qo`shimchalarni va etilin suyuqliklari ajratilib olinadi. Etilenda suyuqlik tarkibida tetroetilqo`rg`oshin bilan etil bromit aralashmasi va boshqa moddalar bor,biroq ular juda zaxarli bo`lgani tufayli bundey oktideponantorli benzinning ishlatilishini cheklashga majbur etadi. Benzinga tetroetilen qo`rg`oshin o`rniga izopetan va alkobenzin qaynash xarorati jihatidan avtomoyuil yaqin bo`lganligi uning miqdorini cheklamasa ham bo`ladi. Biroq u ancha qimmat turadi. SHunday qilib yuqori sifatli etilsiz AI 93-95 marka yonilg`i olish uchun uning tarkibiy qismlari qatorida yangi va murakkab tepologin jarayonlar natijasida hosil bo`lgan benzin kiritilishi va yonilg`iga olinib benzin bilan izotepan qo`shilishi zarur.
Tetraetel qo`rg`oshin odamni zaxarlashi bilan birga dvigatelga xam zararli ta`sir ko`rsatadi. Etillangan benzin qurumining 60-70% ni qo`rg`oshin brikmalari tashkil etadi. Detallarning bunday qurumdan tozalash juda qiyin. Qurum boshini natijasida yonish kamerasining xajmi kuchayishi termuizolyattsiya xodisalari va yonish maxsulining xaroratini talab qiladigan oktan sonining 98 birlikka ortishiga sabab bo`lishi mumkin. Buning ustiga qo`rg`oshin o`t oldirishi svechalari elektrotlariga xam tarqalib ullarning o`rtacha yo`l bosimini resursini 80 ming mk dan 25-30 ming kmga kamaytiradi. Benzinga aralashgan oltingugurt dvigatel ustilarini yeyilishini tezlashtiradi. Masalan benzin tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,003 dan 0,1 % ga Stga detallarning yeyilishi 2-7 barobar ortadi. SHuningdek ularni qurum bosishi xam zo`rayadi. Bu esa benzinda emalli moddalar bo`lishiga bog`liq.
Davlat sifat belgisi tayinlangan AI 98-markali benzinda oltingugurt va solali moddalar miqdori 0,05ni A66 markali benzinda oltingugurt miqdori 0,15 ni A72-markali benzinda esa 0,12% takshkil etadi.
Boshqa benzinlarning xammasida oltingugurt 0,1% dan oshmaydi. Avtomobil benzin tarkibida oksidlanishga moyil bo`lgan to`yinmagan uglevodorodlar xam bor. Shu sababli, benzib saqlab qo`yilgandan va ishlayotganida smolali maxsulot xosil bo`lib, karbyuratorning ichki yuzasini va klapanlari qora qurum bosadi. Benzin tarkibidagi haqiqiy smola miqdori 0,1 dan 1,0 g/l ga yetsa, o`t oldirish svechalari qisqa tutashish porshen xalqalarining qurum bosish, klapanlar (agar profilaktika tadbirlari qurilmagan bo`lsa) “salqib” qolish mumkin. Oqibutda dvigatelning foydali ishi kamayadi.
To`yingan bug` bosimi. Bu bosim benzin tarkibida oson bug`lanadigan fraktsiyalar borligini bildiradi va uni yurgizib yuborish xususiyatini xarakterlaydi. Benzinning to`yinmagan bug` bosimi yozgi benzinalar uchun 667 pa dan katta bo`lmasligi va qishgi benzinlar uchun esa 667-933 pa atrofida bo`lishi lozim. Bosim pastlashsa, sovuq dvigatelni yurgizib yuborish qiyin bo`ladi, bosim belgilangandan yuqori bo`lsa, ta`minlash sistemasida yozda bug` tiqini xosil bo`lishi mumkin. Bundan tashqari benzinni saqlash va tashish vaqtida uning ko`p qismi bug`lanib isrof bo`ladi.
Benzin tarkibida mexanik aralashmalar jiklyorlarning tez yeyilishiga va filьtrlar xizmat muddatining kamayishiga sabab bo`ladi. Qishda suv muzlab, muz tiqini xosil bo`lsa, buning oqibatida karbyuratorda uzluksiz benzin kelishi mumkin.
Benzinlar detonatsion xossalariga ko`ra markalarga ajratiladi. Avtomobil benzinlarning markasida motor usulida aniqlangan oktan soni (Ai-93, Ai-98) ko`rsatilgan bo`ladi. Aviatsiya benzinlarning markasi (B-70 benzini bundan mustasno) kasr soni bilan ko`rsatiladi. Kasrning suratida motor usulida aniqlangan oktan soni, maxrajida esa navi ko`rsatilgan bo`ladi (6-91 115, 6-95 1130, 6-100 1130). Dvigatelning siqish darajasi qancha yuqori bo`lsa va tsilindr ish xajmi qancha katta bo`lsa unda ishlatiladigan benzinning oktan soni shuncha katta bo`lishi zarur.
So`ngi yillarda boyitgichdan tashqari ba`zi karbyurator nusxalarida qo`shimcha boyitgich deb ataluvchi maxsus quyuqlashtiruvchi tuzilma ishlatilmoqda. Qo`shimcha boyitgich dvigatel to`la yuklanishda ishlab xavo sarfi juda kattalashgan paytda yonuvchi aralashmani suyuqlanishdan saqlab uni me`yorida quyuqlashtirish uchun xizmat qiladi. Qo`shimcha boyitgich ishlash jarayonida yonilg`ini bevosita qalkovichli bo`linmasidan maxsus jiklyor tuynuk va tuzatgich orqali diffuzorning yuqori qismida joylashgan xavo kiritish quvuriga yo`naltiradi.
Tezlatish nasosi avtomobilni ishlatish sharoitida (qiyalikka ko`tarilish yoki jadallik bilan uzib ketish xollarda) dvigatel tirsakli valining aylanishlar sonini yoki yuklanishni tezlik bilan ortishiga to`g`ri keladi. Bu hollarda yonuvchi aralashma keskin suyuqlashadi, natijada dvigatel o`chib qolish mumkin. Tezlatish nasosi drosselь-zaslonka tez ochilgan yonuvchi aralashmasi ortiqcha suyuqlanmasligi uchun qo`shimcha miqdorda yonilg`i yuborish vazifasini o`taydi. Tezlatish nasosida mexanik xavo yoki diafrogma turidagi yuritmalar qo`llanishi mumkin. Bunday yuritmalar boyitgich yuritmasiga moslashtirib yoki ayrim holatda o`rnatilish mumkin. Yuk avtomobillarida dvigatelning eng katta quvvati maxsus cheklagich yordamida chegaralanadi. Aylanishlar sonini cheklash maqsadidia karbyuratorga xavo yoki boshqa turdagi yuritmaga ega bo`lgan cheklagich moslamasi o`rnatiladi.
Avtomobil dvigatellariga o`rnatiladigan karbyuratorlarning konstruktiv xususiyati quyidagilarga turlarga bo`linadi:

  1. Xavo oqimining yo`nalishiga qarab, oqimi yuqoridan pastga yo`nalgan, oqimi yotiq yo`nalgan:

  2. Aralashma bo`linmasining soniga qarab bir bo`linmali, ikki bo`linmali:

  3. Aralashtirgich bo`linmadagi diffuzor soniga qarab, bir diffuzorli ikki diffuzorli va ko`p diffuzorli karbyuratorlar.

Yonilg`i baki yonilg`ini saqlash uchun mo`ljallangan bo`lib unda avtomobilning 400-900 km yo`l bosimiga yetadigan yonilg`i saqlanadi. Yengil avtomobillarda yonilg`i baki ko`pincha kuzovning orqa qismida joylashadi, yuk avtomobillarida esa yon tomonidan ramaga o`rnatiladi.
Yonilg`i nasosi karbyuratorli dvigatellarda diafrogma turidagi yonilg`i nasosi ishlatiladi. Nasos xarakatini taqsimlash valining ekstsentritetidan orlib, yonilg`ini bokdan karbyuratorning qalkalovchi bo`linmasiga kichik bosim ostida 120-130 kNa (1,3 kg m/sm3) uzatib turadi. Nasos uchta ajraluvchi qismidan: korpus, kaloni va qopqoqchadan iborat, ular bir biri bilan qistirma orqali vint bilan jips maxkamlanadi.
Yonilg`i filtrlari va tindirgichlar. Yonilg`ini karbyuratorga kiritishdan oldin mexanik aralashmalar va suvdan tozalash zarur. Chunki yonilg`i yaxshi tozalanmasligi oqibatida karbyuratorning qil teshiklari va tuynukchalari ifloslanib uning aniq ishlashi yomonlashadi. Shuning uchun ta`minlash tarmog`idan o`tayotgan yonilg`i bir necha bor tozalanadi.
Simto`rli filtrlar yonilg`i bakining quyish quvuriga yonilg`i nasosi korpusining qopqog`iga va karbyuratorning qolkovichli bo`linmasi shtutseriga o`rnatiladi filtr tindirgich yonilg`i nasosiga yoki o`zi aloxida o`rnatilishi mumkin.
Yuk avtomobillarida karbyuratorga yuborilayotgan yonilg`i baki va nasos oralig`ida joylashgan filtr tindirgich xamda nasos bilan karbyurator o`rtasida o`rnatilgan moyin filtrdan ketma-ket o`tadi.
Xavo filtri xavo tarkibini va undagi chang tsilindrlarga kirishi natijasida dvigatelь detallari tez yeyiladi. Shuning uchun ta`minlash tarmog`iga xavo filtri o`rnatiladi. U dvigatelь tsilindrlarga kiradigan xavoni changdan tozalash uchun xizmat qiladi.
Kiritish quvrlari va yonuvchi aralashmani isitish. Kiritish quvrlari karbyuratorni aralashtirgich bo`linmasining kiritish klapili tuyninlar bilan tutashtirib yonuvchi aralashmani karbyurotordan dvigatel tsilindrlarini yuborish uchun xizmat qiladi. Ko`pchilik hollarda kiritish quvrlari alyuminni qotishmasidan, ba`zan cho`yandan quyib tayyorlanadi.
Gaz chiqarish tarmog`i. Avtomobil dvigatelining gaz chiqarish tarmog`i chiqarish quvur va so`ndirgich (glushitel)dan iborat. Chiqarish quviri asosan cho`yandan quyib tayyorlanadi va metal asbest qistirma orqali blokka
gaykalar bilan mahkamlanadi. Chiqarish quvurining bir tomoni chiqarish klapinlarining kanallari, ikkinchi tomondan esa qabul quvuri orqali so`ndirgich bilan birlashgan.
V-simon dvigatellarda ikkita chiqarish quvuri bo`lib ular qabul qilgich quvurlari orqali bitta so`ndirgich yoki ikkita so`ndirgich bilan birlashgan yonuvchi aralashma va ishlatiladigan gazlar kichik qarshiliklar bilan xarakatlanish maqsadida kiritish va chiqarish quvurlarining kanallari mumkin qadar kalta egilgan joylari va loyiq bo`lishi lozim.
Kiritish quvurining flanetsida karbyurator o`rnatilgan bo`lib chiqarish quvurining flanetsiga qabul qilgich quvurining so`ndirgich tutashgan. Chiqarish quvurlari bir-biri bilan o`rta qismida birlashtirgich bo`lib, undan o`tayotgan ishlatilgan gazlar kiritish quvuridan o`tayotgan yonilg`i aralashmasini qizdirishga yordam beradi. Aralashmani yil mavsumlari sharoitiga qarab rostlash uchun zaslonka mo`ljallangan.
Ta`minlash tarmog`i yonilg`i baki yonilg`ini saqlash uchun mo`ljallangan bo`lib unda avtomobilning 400-900 km yo`l bosishiga stadidan yonilg`i saqlanadi. Yengil avtomobillarda yoqilg`i baki ko`pincha kuzovni orqa qismida joylashadi, yuk avtomobillarida esa yon tomonidan ramaga o`rnatiladi. Bakning idishi po`lat tunikadan shtamplash usuli bilan oval yoki to`g`ri burchak shaklida bo`ladi.
Bakning mahkamligini oshirish va kuchli chayqalashni kamaytirish maqsadida uni ichki bo`shlig`iga muvoziy ravishda to`siqlar qo`yilgan. Bakka yonilg`i uning yuqori qismida joylashgan quyish quvuri orqali yuboriladi. Ko`pincha so`riladigan naychani quyi qismiga to`r filtr o`rnatilgan. Quyish quvurining bo`g`zi esa bug` xavo klapani qopqog`i bilan jips qilib berkitiladi. Bu klapnlarning ishlash uslubi radiyatorning bug` xavo klapiniga o`xshash bo`lib, benzin bug`larining bakdan tashqi muhitga ko`tarilishiga yo`l qo`ymaydi xamda bakdagi yonilg`i bosimini belgilangan holatda ushlab turadi. Bakdagi bosim tashqi muhit bosimidan 1,0-3,0, KPa (0,01...0,03 kg/sm3) kam bo`lganda kiritish klapini ochilib bakka xavo o`tkaziladi. Bakdagi bosim tashqi muhit bosimidan 10-20 KPa (0,10-0,20 kg/sm3) ortgich chiqarish klapni ochiladi va tashqi muhitga yonilg`i bug`lari chiqarib yuboriladi.
Yonilg`i bakidagi datchikli ko`rsatkich bilan nazorat qilinadi. Yonilg`i bakdan nasosga nasosdan karbyuratordan po`lat naycha orqali oqib keladi. Naychaning uchlari yo`g`onroq qilinib, shtutserga nikelli gaykalar yordamida mahkamlanadi. Yonilg`i nasosi karbyuratorli dvigatellarda diofragramma turidagi yoqilg`i nasosi ishlatiladi (3-rasm).


3.3-rasm. Diofragramma turidagi yoqilg`i nasosi


Nasos xarakatini xarakat valining ekstsentrigidan olib yoqilg`i bakidan karbyuratorning kolkovichli bo`linmasiga kichik bosim ostida 120-1300 KPa (1,3 kgk/sm3) uzatib turadi.


Nasos uchta ajraluvchi qismdan korpus kallak va qopqoqdan iborat, ular bir-biri bilan tsistirma orqali vint bilan jips mahkamlanadi.
Nasos ko`pincha dvigatelь blok karteryaning yon devoriga bolt bilan mahkamlanib koramislo 2 ning tashqi uchi taqsimlash valining ekstsentrigi 1 ga tiraladi. Taqsimlash vali aylanganda uning ekstsentrigi ta`sirida koramislo o`z o`qi 4 atrofida buraladi. Shu paytda karamislaning ichki yelkasi pastga xarakatlanib tirgak 9 va unga tutashgan diofragma tepasidagi bo`shliqda siyraklanishi xosil bo`lib, to`r filьtr 10 va kiritish klapani 12 orqali kiritish bo`linmasi P dan yoqilg`i kiradi. Bu vaqtda xaydash klapini 8 yopiq bo`ladi. Lekin ekstsentrik 1 ning dung qismi karamislo 2 ning tashqi uchidan uzoqlashgan sari diofragma 7 prujina 6 ta`sirida yuqoriga ko`tariladi. Shu sababli diofragma tepasidagi xaydash bo`linmasi 9 ga o`tib naycha orqali karbyuratorning kolkovichli kamerasiga boradi.
Kalkovichli bo`linmaga yonilg`i to`lishi bilan unga o`tayotgan yonilg`ining siquvchi karbyuratorning Ninasimon klapanini majburan ochishga kuchi yetmaydi va kalkovichli bo`linmaga yoqilg`i o`tish vaqtincha to`xtaydi. Bu xolda nasosning purjinasi 6 yoqilg`ining siquv kuchini yenga olmaydi neatijada diaframa 7 ko`tarilmaydi va ikki yelkali karamislo 2 qaytaruvchi prujina 3 va eksentrik 1 ta`sirida sal tebratib turadi. Dvigatelь ishlamaganda karbyuratorining kalkovichli bo`linmasi yonilg`i nasosini qo`l bilan xarakatlanuvchi richagi 13 vositasida yoqilg`i bilan to`ldiriladi. Bir qatorli dvigatellarda esa yonilg`i nasosi blokning kallak qismiga joylashib, eksentrikdan xarakatlanuvchi oraliq shlitsa vositasida yoki xarakatni taqsimlash validan oluvchi qo`shimcha valdagi eksentrik yordamida xarakatga keltiradi.
Yonilg`i filtrlari va tindirgichlar. Yonilg`ini karbyuratorga kiritishdan oldin mexanik aralashmalar va suvdan tozalash zarur. Chunki yonilg`i yaxshi tozalanmasligi oqibatida karbyuratorning qil teshiklari va tuynukchalari ifloslanib uning aniq ishlashi yomonlashadi. Shuning uchun ta`minlash tarmog`idan o`tayotgan yonilg`i bir necha bor tozalanadi.
Simto`rli filtrlar yonilg`i bakining quyish quvuriga yonilg`i nasosi korpusning qopqog`iga va karbyuratorning kolkovichli bo`linmasi shtutseriga o`rnatiladi. Filtr tindirgich yonilg`i nasosiga yoki o`zi alohida o`rnatilishi mumkin.
Yuk avtomobillarida karbyuratorga yuborilayotgan yonilg`i baki va nasos oralig`ida joylashgan filtr-tindirgich xamda nasos bilan karbyurator o`rtasida o`rnatilgan moylik filьtrdan ketma-ket o`tadi.
Filtr tindirgich cho`yan korpusidan iborat (4-rasm). Korpus qismiga ustunlar 7 ga kiydirilgan tozalovchi qismlar o`zak yordamida o`rnatilib qopqoqning ustida sterjinning uchidagi rezьbasiga buraluvchi bolt bilan mahkamlanadi.
Filtr qismlari bo`rtiqli (bo`rtiq, balandligi 0,05 mm) va teshikli qilib shtampovkalangan tez plastinkalaridan yig`iladi. Plastinkalar bo`rtiqli bo`lgani uchun ular bir-birini ustiga quyilganda orasida 0,05 mm tirqish qoladi.
Yonilg`i nasosi ishlashi tufayli bakdagi yonilg`i filtri tindirgichdagi naycha orqali uning ichki qismiga o`tadi. Bunda yonilg`ining xarakatlanishi susayadi. Natijada yonilg`i tarkibidagi mexanik aralashmalar va suv korpus tubiga cho`kadi, cho`kmagan mexanik zarrachalar tozalovchi qismi 6 ning tirqishlaridan o`tib plastinka 11 sirtlariga shoshib qoladi va yonilg`i yana tozalanadi.
Filtr tindirgichda xosil bo`lgan cho`kma rezbali tiqin 9 bilan berkitilgan teshikdan chiqarib turiladi.
Mayin filtr rux qotishmasidan quyib tayyorlangan korpus, tindirgich, stakan, prujina va mahkamlagichdan iborat. Stakan ichida tozolovchi tarkibiy qismi joylashgan tozalovchi qismlar patronga qavatma-qavat qilib o`ralgan to`r simdan yoki sopoldan yasaladi.

Yonilg`i filtiri-filtr

4-rasm. Yonilg`i filtri


1 va 4-naychalar, 2-9 qistirma, 3-bolt, 6-tozalovchi qism, 7-ustun, 8-korpus, 9-tiqin, 10-o`zak, 11-plastinka, 12-plastinka teshikchalari, 13-bo`rtiq, 14-qopqoq.

Yoqilg`i bu tozalovchi tarkibiy qismlaridan o`tganda uning juda mayda mexanik qismlari, zarrachalarini ushlab qoladi. Natijada yoqilg`i yaxshi tozalanadi. Ba`zi moyli filtrlarga yoqilg`idagi metal zarrachalarini ushlab qolish uchun magnit quyiladi. Mayin filtrning stakan qismini vaqti-vaqti bilan korpusdan ajratib tozalovchi tarkibiy qismlaridan bo`shatilgan holda suv va kuykalardan tozalanadi. T`minlash tarmog`ining ko`pchilik asbob-uskunalari mis tez yoki po`latdan tayyorlangan yoqilg`i naychalari yordamida bir-biri bilan birlashadi. Agar bu naychalar po`latdan tayyorlansa ularning sirtiga yemirilishiga chidamli qatlam qoplanadi. Hozirgi kunga kelib moyin tozalash filtrlari ajralmaydigan plastik materiallaridan ishlab chiqarila boshladi.


Ilm fan sohasida erishilayotgan yutuqlar evaziga sanoat maxsulotlarining xizmat muddati ortishi va tannarxi pasayishiga erishilmoqda. Ajralmaydigan moyin filьtrlar quyidagi ko`rinishga ega (5-rasm):
Bunday filtrlarga quyidagi texnik talablar qo`yiladi.

  1. Uzoq muddat ishlaganda o`zida imkon qadar ko`p axlatni saqlash uchun yetarli bo`lgan bo`shliq xajmga ega bo`lish kerak. Bu xossasi uning ishlash muddatining xam belgilaydi.

  2. Ushlab qolish kerak bo`lgan zarrachalarning aniq o`lchamiga ega bo`lishi kerak. Bu uning ish sifatini belgilaydi. Karbyuratorli dvigatellar uchun 45 mkm, injektorli tizim uchun esa 10 mkm, dizelь dvigatelь tizimi uchun 15 mkm dan ko`p bo`lmasligi kerak.

  3. Gidravlik qarshiligi me`yorlash qiymatga ega bo`lishi kerak. Chunki ish jarayonida uning tozalash elementlari to`la boshlaydi. Agar u qirlanganda so`ng katta gidravlik qarshilik ko`rsatmasa tizim ishida buzilishi xosil bo`ladi.

  4. Yuqori germetikli va puxtalikka ega bo`lishi o`art. Chunki minimal miqdordagi yonilg`ining sizib chiqishi motor bo`lishida yong`inga olib kelishi mumkin.

Zamonaviy qismlarga ajralmaydigan moyin tozalash filtrlari ichiga sintetik moto yoki qog`oz materiallaridan yasalgan tozalash elementi joylashtirilgan tiniq ishlangan germetik korpusdan iborat. Tozalash elementi yonilg`ining o`tish yuzasi kattalashishi uchun ko`pburchakli yulduzcha shaklida joylashgan bo`ladi.
Tiniqlashtirilgan polimer korpus vizual nazorat bilan filtrning xizmat muddatining kamayganligi yoki tugaganligini va holatini baxolash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari tiniq bo`lmagan korpuslardan ishlagan moyin tozalash filьtrlari xam ishlab chiqariladi. Quyidagi 6-rasmda 1-injektorli ta`minlash tizimi uchun va 2-dizelь tizimi uchun ishlangan moyin tozalash filьtrlarining tuzilishi aks etdirilgan.
Injektorli ta`minlash tizimi va dizel tizimi uchun ishlangan mayin tozalash filtrlarining tuzilishi o`ziga xosdir. Bu albatta ularning yuqori bosimga chidamliligida ko`riladi. Injektor va dizel tizimida yoqilg`ining uzatish bosimi karbyuratorli tizimidagiga qaraganda ancha yuqori bo`lganligi uchun plastik va tiniq ishlangan korpuslar deyarli mavjud emas. Bunday filtrlar faqat aniq va puxta ishlangan temir korpuslar va katta xizmat muddatiga mo`ljallangan keng xajmli tozalash elementlariga ega.
Hozirgi kunda katta samaradorlik bilan tuzilishi va tinimsiz uzoq muddat ishlovchi va katta ish bajaruvchi transport vositalari, texnik vositalarining dvigateli ta`minlash tizimida yuqorida ko`rsatilgan filtrlarni ishlatish samaradorligini past xisoblanadi va iqtisodiy jihatdan qimmatga tushadi.
Shuning uchun ilg`or firmalar alohida sharoitlarda va tinimsiz ishlovchi texnikalarning dvigatelь ta`minlash tizimida maxsus moyin filtrlar qo`llanishi taklif etilmoqda.
Bunday filtrlarning barcha parametrlari oddiylarinikiga qaraganda bir necha o`n-yuz barobar ortiqdir.


5-rasm. Ajralmaydigan moyin filtr


6-rasm. Moyin tozalash filtrlari


1-injektorli ta`minlash tizimi uchun 2-dizel tizimi

Bizga ma`lumki Damas avtomobili juda ko`p shaxarlarda yo`nalishdagi taksi vazifasini o`tamoqda va uning ish vaqti xam 20-24 soatga cho`zilishi xollari xam mavjud.


Faqatgina shunday ish sharoitlardagina ishlatish uchun maxsus rivojlantrilgan super filьtrlarni ishlatishni taklif etamiz.
“Damas” avtomobilining dvigateli va korbyuratorining buzilmay ishlash davrini va resursini oshirish, yonilg`i uzatish kanalidagi yonilg`i tozalash filtrini boshqa zamonaviy va samaradorligi katta bo`lgan filtrga almashtirish maqsadida ushbu ma`lumotlarni yig`dim va tahlillar natijasida quyidagi turdagi filtrni joriy etishga qaror qildik.
Bu fikrga kelgunga qadar internet bazasidan bir necha turdagi filtrlar va tizimlar bilan tanishib chiqildi, ammo SEPAR filtrlarini alohida e`tibor bilan o`rganishga kirishdik.
Bu turdagi filtrlarni jahon miqyosdagi kataloglar manbalardan izlab quyidagilarni tahlil etdik.
Rossiyaning “MASKOM” firmasi taklif etayotgan “SEPAR” turkumidagi super filьtrlari raqobatchilar ichida yuqori reytinga ega ekan. Shu sababli bu turkumdagi filtrlarning paramertlari mosini Damas avtomobiliga joriy etish masalasini ko`rib chiqdik. Avvalambor “SEPAR” turkumidagi filtrlarni to`la katalogini izlab topdik va bizning talablarimizga to`g`ri keladigan modelni izlab topdik. Quyida keltirilgan katalogda barcha modellar va ularning parametrlari keltirilgan.


Download 4.79 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 4.79 Mb.