• SALT ISHLASH TIZIMI
  • Karbyurator qurilmalarining sxemalari va ishlash pring`iplari




    Download 4.79 Mb.
    bet3/6
    Sana06.06.2022
    Hajmi4.79 Mb.
    #23039
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Dvigatellarning ta
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
    Karbyurator qurilmalarining sxemalari va ishlash pring`iplari.

    ISHGA TUSHIRISH QURILMASI sovuq dvigatelni ishonchli o`t olishini va qizishini ta`minlaydi. O`t oldirishni qiyinligi tirsakli valni sekin aylanishi tufayli (50100 min-1) yonilg`ining yaxshi sachramasligi va havo bilan aralashishini yomonlashuvidadir.
    Karbyuratorlarda ishga tushirish qurilmasi sifatida havo zaslonkasi 1 qo`llaniladi (3-rasm). Havo zaslonkasi karbyuratorning havo patrubkasiga uning o`qiga nisbatan eksg`entrik holatida o`rnatilib, haydovchi kabinasida joylashgan knopka bilan ulangan tros yordamida harakatga keltiriladi.
    Agar g`ilindrning birortasiga yetarli miqdorda yonilg`i bug`i kirsa, birinchi alangalanish sodir bo`lib, so`ng dvigatel mustaqil ishga tushib ketadi. Dvigatel o`t olganda diffuzorda siyraklanish oshadi va bunda havo zaslonkasi yopiq holatda qolaversa aralashmani boyishi natijasida dvigatel o`chib qolishi mumkin. Bu holat ro`y bermasligini oldini olish maqsadida zaslonkani keng (katta) yarim qismida avtomatik klapan 5 o`rnatilgan. Klapan prujina yordamida yopiq holatda ushlanadi. Birinchi alangalanishdan so`ng klapan atmosfera bosimi ta`sirida darhol ochiladi va aralashtirgich kameradagi siyraklanishni kamaytirib, yonuvchi aralashmani boyib ketishiga yo`l qo`ymaydi.
    Dvigatel qiziy boshlagan sari havo zaslonkasini ochilishini kattalashtira borish lozim, chunki avtomatik klapan kerakli havoni kirishini ta`minlay olmaydi va nihoyat sovutish tizimidagi suyuqlik harorati taxminan 50 S bo`lganda zaslonkani to`la ochish kerak.
    SALT ISHLASH TIZIMI dvigatelning salt ish rejimida kerakli tarkibda yonuvchi aralashma tayyorlaydi va tirsakli valning berilgan (o`rnatilgan) aylanishlar chastotasida yuklanishsiz barqaror ishlashini ta`minlaydi.
    Dvigatelning salt ishlashida drossel zaslonka yopiq holatda turadi (4a-rasm). Karbyuratorning diffuzor qismida siyraklanish haddan tashqari kam bo`lganligi sababli bosh dozalovchi qurilma ishlashdan to`xtaydi. Ayni bir vaqtda drossel zaslonkasi ostidagi siyraklanish avjiga chiqadi va ushbu siyraklanishdan salt ishlash tizimi orqali yonilg`i uzatishda foydalaniladi. Yonilg`ini yetarli darajada nafis purkalishi havoning katta tezligi tufayli drossel zaslonkasining qirrasida (chekkasida) sodir bo`ladi.


    2.3-rasm. Salt ishlash tizimi
    1-drossel zaslonkasi; 2-rostlanuvchi chiqarish teshigi; 3- rostlovchi vint; 4- rostlanmaydigan o`tish teshigi; 5-kanal; 6-salt ishlash tizimining havo jikleri; 7-kanal; 8-salt ishlash tizimining yonilg`i jikleri; 9-bosh dozalovchi qurilmaning yonilg`i jikleri; 10-dvigatel valining aylanishlar chastotasini rostlovchi vint; 11-qalqovichli kamera.

    Download 4.79 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 4.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Karbyurator qurilmalarining sxemalari va ishlash pring`iplari

    Download 4.79 Mb.